O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsusta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti


  Abdulhamid Cho„lpon falsafiy dunyoqarashi shakllanishining



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
abdulhamid cholponning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasini mujassamlashishi.

1.3. 
Abdulhamid Cho„lpon falsafiy dunyoqarashi shakllanishining 
ob‟ektiv shart-sharoitlari 
Cho„lpon tabiat go„zalligining qadriga etish, unga oqilona va odilona 
munosabatda bo„lish qanchalik zarur bo„lsa, millatlar va xalqlar o„rtasidagi 
munosabatda ham noziklik, adolat bo„lishini istaydi. Shubhasiz, uning bu fikrlari 
20-yillarda osmondan tarasha tushganday tuyulgan edi.
«Ko„gard vodiysi» maqolasida Jalolobodga chiqqan sayohat taassurotlarida 
ijtimoiy, demografik muammolarni ham o„rtaga tashlaydi. Mutafakkir ta‟biricha, 
Jalolobod qishlog„i yoki shaharchasining kun chiqish biqinida baland adirlar bor. 
O„shalarning bir chekkasidan chiqib yotgan «dardga davo» buloqlar, burungi chor 
hukumatining diqqatini yaxshigina jalb qilgan edi. Chor hukumati u joyni yaxshi 
va mukammal bir sayfiyya (kurort) ga aylantirib, shimol va g„arbning olifta boy 
bolalari uchun ham shifo manbai, ham fahsh uyasi qilmoqchi edi. Birinchi jahon 
urushi boshlanishi bilan, Cho„lpon so„zi bilan aytganda, tor millatchi o„rus 
muharrirlari sayfiyya (bop joylar) Kafkaziya, Qrim va Turkistonda ko„p ekanligini, 
ana Shu erlarni o„zlashtirib foyda olish ma‟qul ekanligini yozganlar. «O„rus 
millatchisining Shu maqolasini, – deb yozadi Cho„lpon, – 1914-1915 yillarda 
o„qigan bo„lsam ham u vaqtda uning chin ma‟nosiga uncha tuShunmagan edim. 
Oradan o„n yil qadar vaqt o„tdi. Rossiyada ulug„ o„zgarishlar bo„ldi. 
«Vatanparvarlik», «millatchilik» kabi so„zlarga boshqacha ma‟nolar berildi. Endi 
yuqoridagi maqolalarning ma‟nosi ham bizga butun ochiq va yopiq jihatlari bilan 
birga yaxshi anglanadi. Ayniqsa, «Qiz buloq» degan buloqning yonida turib 
Ko„gard vodiysiga nazar solsak, unda qator chizilib ketgan o„rus qishloqlarini 


34 
ko„rsak… maqolaning mafkumi yana ham ochiq fahmlanadir. CHor hukumatining 
muhojarat (ko„chirish) idorasi chinakam iqtidorli kishilar qo„liga topshirilgan edi. 
Bu atrofda, fikrimcha, Shu Jalolobod, Ko„gard vodiysidan unumlik tuproq 
bo„lmasa kerak. Shu joyga eng katta muhojir qishloqlari solingan, eng qora 
muhojirlar o„rnatilgan… o„sha muhojir qishloqlarning o„rtasida yarqirab ko„ringan 
haybatlik butxona qubbalari… chor hukumatining niyat va irodasini ko„rsatib 
turadi…»
1

Cho„lponning 1924 yili yozgan bu so„zlari nainki o„zining jasoratligi bilan, 
ayni choqda, bashoratligi bilan ham kishini hayratga soladi. Chor hukumatining 
chekka o„lkalarga o„ylamay-netmay xalqlarni ko„chirishi, bir tomondan, 
mustamlakachilik siyosatining yorqin ifodasi bo„lsa, ikkinchi tomondan, hozirgi 
payt millatlararo nizolarning kelib chiqishiga ham sabablardan biri sifatida 
qaralmog„i kerak. 
Cho„lpon dunyoqarashi insoniyat ilg„or tafakkuri ta‟sirida, jonajon o„lka 
tabiati va qishloqlari, turmush tarzi, hayoti va faoliyati ta‟sirida, o„z davri ijtimoiy, 
siyosiy, falsafiy falsafiy qarashlarining gumanistik va vatanparvarlik irmoqlari 
ta‟sirida shalkllandi va rivojlandi. Cho„lpon hech qachon tor va cheklangan holda 
fikr yuritmagan. U keng va ochiq tafakkurni, erkin va ozod milliy yuksalishni, 
ma‟rifat va madaniyat orqali hayotni go„zallashtirishni orzu qildi, Shu yo„lda 
tinmay faoliyat ko„rsatib, ijod qildi. Cho„lpon o„z sayohatnomasini quyidagi 
so„zlar bilan yakunlaydi: «Shu kalta sayohatning natijasida ko„p narsalarni ko„rdik. 
5-6 yillik buzg„unlik tarixini joy-joyida varaqlab, o„qib ko„rdik. Buzg„unlik 
haqiqatdan juda kuchlik. Buzg„unlikni yo„q qilib, yiqilg„onni tiklash uchun juda 
zo„r kuchlar, tuganmas g„ayratlarga ehtiyoj bor. Yurt – buzulg„on. Lokin uning 
munbat tuprog„i ko„chib ketgani yo„q, joyida. U tuproq orqali yana yurtning 
yashnatmak siz va bizning qo„limizda, hurmatli o„qug„uvchilar»
2

Shaxsga sig„inish, sinfiy kurash g„oyalari avj olgan bir davrda «Millatchi» va 
«xalq dushmani» degan siyosiy tamg„alar yopishtirilgan Cho„lponning sof va 
1
Чўлпон. Яна олдим созимни. –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1994. -103 б. 
2
Чўлпон. Вайроналар орасида. Нашрга тайѐрловчи: Жўра Худойбердиев. «Халқ сўзи» газетаси, 1991 йил 4 -
май. 


35 
beg„ubor orzulari parvoziga imkoniyat berilmadi. Lekin Cho„lponning ayrim 
maqola va ocherklari uning dunyoqarashi, falsafiy tasavvurlari va go„zallik 
haqidagi tuShunchalari xalq turmush tarzi, ona yurt nafosati va milliy-ma‟naviy 
qadriyatlar asosida shakllangani va Shu qadriyatlarni yana ko„paytirish, boyitishga 
qaratilganidan dalolat beradi. U milliy falsafiy va ma‟naviy qadriyatlarni 
umumbashariy go„zalliklar va qadriyatlar darajasiga ko„tarishni maqsad qilgan. Bu 
sohada o„zi o„rnak bo„lgan mutafakkirlardan biri edi. Uning, ayniqsa, turli xalqlar 
tili, madaniyatidan voqif bo„lishi bunga yaqqol misol bo„ladi.
Har bir ijodkor dunyoqarashining markazida uning go„zallik haqidagi 
tushunchasi va falsafiy ideali yotadi. Ana Shu go„zallik ramzi, obrazi uning barcha 
badialarida yarq etib ko„zga tashlanadi. Cho„lponning go„zallik va ilhom manbai – 
bu qadrdon o„lka tabiati, odamlari va ularning taqdiri. Uning go„zallik tuShunchasi 
ana Shu o„lkada etilgan, bu o„lka tabiati qo„ynida emin-erkin nafas olib, Shu o„lka 
odamlari yo„liga payondoz bo„lgan. 
Cho„lponning sevimli va doimiy go„zallik timsoli bo„lgan obrazlari bor: 
yulduz, oy, kun va tun, daryo, tog„ va buloqlar, maysa, dengiz, yaylovlar, yaproq, 
kapalak va qor uchqunlari. Bu obrazlarning barchasi birin-ketin yo Mutafakkir 
yuragida tug„ilgan hasrat va erkinlik armonini, yo mash‟um daqiqalardagi iztirob, 
o„ksinish yoki tug„yon charxpalagini, yo sokin, orombaxsh lazzat shavqini ifoda 
etadi. Tabiat ne‟matlari birgalikda Mutafakkirning falsafiy idealini, nafosat 
tuyg„ularini belgilaydi. Cho„lpon «Borliqning tamomi shakli»dan zavq oldi, uni 
go„zallik deb bildi. Misol tarzida uning «Barg» she‟rini eslash mumkin. 
Mutafakkirning doimo muhit iskanjasida, xayolot og„ushida bo„lgan nigohi birdan 
jonlanib, yasharib, yashnab ketadi, ko„ngli samoviy erkinlik tuyadi. Yuragi kun 
kabi charaqlab g„amni quvganday, umid uchqunlari vujudiga chirmasha boshlaydi.
Mutafakkir borlig„ini o„zgartirib, ko„ziga dunyoni keng va go„zal etgan narsa 
nima? Tabiat qo„ynida, bog„ning ichida hamma narsa ko„kargan, yashnagan, 
quyosh nurini hovuchlab tashlagan. Ariqda o„ynoqi suvlar shiviri, shohlarda 
uxlagan barglar nafasi, shamolning ipakday mayin kulishi, gul o„pib mastona 
kapalak turishi – bularning barchasi Mutafakkir qalbida go„zallik uyg„otuvchi 


36 
xislatlardir. U shamolning ham, kapalak va qo„ng„izning ham erkin, baxtiyor 
bo„lishini istaydi. Oltin qo„ng„izni bolalar ushlab, oyog„iga ip bog„lab, uchirib 
o„ynaganlarida Mutafakkir erkinligini yo„qotgan tilla qo„ng„izga achinadi. 
Mutafakkir uchun go„zallik – o„z umri, hayoti bilan qoyaday serviqor turg„uvchi 
tabiat va insondir. Ana Shuning uchun u ko„klardan malaklar qiz bo„lib tushsa 
ham, o„t bo„lib qo„yniga kirib ketsa ham, farishta malakni o„pishdan ko„ra butoqda 
titragan bir bargni bag„riga bosishni, uni sevib o„tishni yoqtiradi. 
Cho„lpon tasavvurida go„zallik xayoliy tasavvur, tuShuncha emas, har 
damda, har yonda uning ko„zlariga zavq, ko„ngliga quvonch hadya etuvchi ona 
tabiat va uning ne‟matlaridir. 
Cho„lpon bahorga bo„lgan alohida muhabbatini yashirmaydi, aksincha, takror 
va takror qayd etadi. Lekin u romantik Mutafakkir sifatida bir qo„noq to„rida qolib 
ketmaydi, bir qo„shiq quliga aylanmaydi hech. U turlanuvchi olam bag„rida 
tovlanuvchi go„zallikni ko„ra biladi. Mutafakkirning o„zi e‟tirof etganday, u na 
kuzdan, na qishdan yuz o„girmadi, har qaysisidan ko„ngliga ovunchoq topadi. 
Mutafakkir hayotning milliy turli-tuman ko„rinishlarida go„zallik ko„rdi, 
ulardan erkin quvonch olishga intildi. Shu bilan birga Cho„lponning go„zallik 
tuShunchasini to„ldiruvchi xunuklik haqidagi tasavvurlari ham borki, bu narsa, 
avvalo insonni tushovlovchi muhit, ijtimoiy kishanlar, eski odat, ko„nikmalar 
tarzida namoyon bo„ladi. Masalan, uning «Chechak» she‟ri yana «bir kechaning 
esdaligi» deb ataladi. Unda go„yo yangigina yaproq yorib chiqqan chechakning 
besh-olti kun odamlarga tansiq bo„lishi va biron tentak tomonidan uzib uloqtirilishi 
tufayli oyoq ostida toptalib, ezilib ketishidan Mutafakkir achinayotganday 
tuyuladi. Gul besh-olti kun ko„kraklarda «Men go„zalman, chiroyliman» deb 
maqtanib yurgach, erga tushib so„ladi, sarg„ayadi, o„lim tusli rangga kiradi. 
She‟r «Bir kechaning esdaligi» deb bejiz aytilmagan. Go„zallikning bir 
kechali ermak mash‟ali xunuklikning abadiyat zulmati bilan egizak ekanligi 
ta‟kidlanadi. Mutafakkir nazdida go„zallik lahzali safo, bir kechali farog„at emas, 
axloqu 
odob, 
tanqis 
erkinlik 
tuyg„usini tuyish ifodasidir. Cho„lpon 
dunyoqarashining gumanistik, falsafiy mag„zi ana Shunda. 


37 
Bu fikr Mutafakkirning «Satang» she‟rida yanada jozibali ifodalangan. 
Cho„lpon xuddi rassom kabi o„ziga oro beradigan, bir kechalik go„zallik ramzi 
bo„lgan satang ayol portretini chizadi. «Go„zal» yuzlarida boshqa qizlardek tubsiz 
qayg„ularning izlari emas, erka tannozlarning to„lqin chehralaridagi o„ynoqi 
sho„xlik barq uradi. 
Cho„lpon satang jamolini ta‟riflab, uning go„zalligini ulug„lab, tomirlarida 
qon uvishgan yigitlarga jon ato etuvchi pari obrazini chizib kelib, she‟rni 
yakunlaydi: 
Qizil yuzlarida ikki gajakcha… 
Ayniqsa, ko„p ko„rkam bo„lgan bu kecha!... 
Bu satrlardan so„ng o„quvchi tasavvurida paydo bo„lgan go„zal siymo birdan 
hurkigan qush kabi uchib ketadi, uning ko„z oldida, tasavvurida xunuklik, tubanlik, 
benomuslik timsoli namoyon bo„ladi. Binobarin, Cho„lpon dunyoqarashi poklik, 
haqiqiy go„zallik va milliy axloq-odob sarchashmalariga borib ulanadiki, natijada 
uning axloqiy ideali tabiiy va chinakam insoniylikni, jismoniy va ma‟naviy 
kamolotni talab etadi. Demak, Cho„lponning dunyoqarashi ezilgan, xo„rlangan, 
vayronaga aylangan o„lkaning ijtimoiy muhitida o„z xalqi va o„lkasini ozod ko„rish 
istagi, mustaqillik orzulari tarzida shakllandi. 
Cho„lpon dunyoqarashida Sharq va G„arb xalqlari, mamlakatlari erishgan 
madaniy merosni birlashtiruvchi, ayni choqda, o„z xalqi ma‟naviyatini 
yuksaltirishga qaratilgan ulkan jasorat va e‟tiqod mavjud edi. U o„z xalqining 
hassos mutafakkir va jonkuyar mutafakkiri sifatida voqelikka, millat taqdiri va 
istiqboliga bo„lgan munosabatini romantik uslubdagi asarlarida ifoda etdi. O„zi 
ham romantik kayfiyatga, parvozga, ulug„vor orzularga molik san‟atkor sifatida 
hayot, tabiat, inson go„zalligidan zavq oldi. Dunyodagi eng katta baxt – inson 
erkinligi va Vatan ozodligi, deb bildi. 
Cho„lponning insonparvarlik, ma‟rifatparvarlik va erksevarlik g„oyalari bilan 
sug„orilgan dunyoqarashi uning nazariy-falsafiy qarashlarida, yangi professional 
o„zbek teatrini shakllantirish borasidagi faoliyatida, sermazmun va falsafiy yuksak 
asarlarida o„z ifodasini topdi. 


38 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin