7- seminar mashg’ulot: XVIII-XIX asrlarda o’zbek xonliklari davri madaniyati va san’ati Ajratilgan vaqt – 6 s Asosiy savollar: XVIII-XIX asrlardagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning madaniy hayotga ta’siri.
Buxoro amirligida madaniyat va san’atning o’ziga xos xususiyatlari
Buxoro amirligida me’morchilik taraqqiyoti
Xiva xonligida madaniyat va san’at.
Xiva xonligida me’morchilik taraqqiyoti
Qo’qon xonligida madaniyat va san’at.
Qo’qon xonligida me’morchilik taraqqiyoti
O’rta Osiyo xonliklari davrida hattotlik va kitobot san’atining rivojlanishi.
Mеtodik tavsiyalar: Talabalar O’rta Osiyoda xonliklar davridagi madaniyat va san’at taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlariga baho berishi, madaniy taraqqiyotga salbiy ta’sirini tahlil qilishlari lozim. Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonligi san’atining o’ziga xox jihatlarini farqlay bilishlari zarur. Bu davrda yaratilgan me’morchilik inshootlari haqida kengroq ma’lumot berish talab etiladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxati: Абдуллаев Н. Санъат тарихи. 1-жилд.- Т.: Ўқитувчи, 1987.
Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусства Узбекистана. –М.,1985.
Seminarda qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU TEXNOLOGIYASI
(F) – Fikringizni bayon eting
(S) – Fikringiz bayoniga biror sabab ko’rsating
(M) – Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring
(U) – Fikringizni umumlashtiring
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o’tkazashda yoki o’quv-seminari yakunida qo’llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilashga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda talabalarni o’quv jarayonida egalagan bilimlarini tahlil qilish, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.