Xulosa qilib aytish mumkinki Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani 1970 yildan boshlab pedagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rejasiga kiritildi. Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi. Yosh fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir.shularni o’rgatadi va meni mavzuyim Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Qonning yoshga xos xususiyatlari. Qon yopiq holda qon tomirlarda harakatlanadi. Homiladorlikning uchunchi haftasidan boshlab, embrion tanasida dastlabki yurak va qon tomirlari shakllana boshlaydi. Embrionning uchunchi oyiga kelib asosiy qon hosil qiluvchi organlar jigar va taloq ishlay boshlaydi. Bola 4 oylik bo`lganda suyaklardan ya'ni naysimon, yassi, qovurg`alar, to`sh hamda umurtqa suyaklarining ko`mik qismidan qon ishlab chiqarila boshlaydi. shularni o’rgatadi bu fan bizuchun juda muhum.
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” Thieme Stuttgart· New York http: //www. bestmedbook. com/2004.
Aripova S.X. “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”. T.: “Fan va texnologiya”. 2010 y.
Almatov K. “Ulg’ayish fiziologiyasi”. T.:M.Ulug’bek nomidagi bosmaxonasi. 2004 y.
Sodiqov Q., Aripova S.X., Shaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”. T.:Yangi asr avlodi. 2009 y.