O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi termiz davlat unversiteti fizika matematika fakuteti matematika yo’nalishi



Yüklə 247,64 Kb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü247,64 Kb.
#108173
  1   2   3
BEKKAMOV UCHQUNNING 401- guruh

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI

FIZIKA MATEMATIKA FAKUTETI MATEMATIKA YO’NALISHI

4-BOSQICH(KECHKI) 401-GURUX TALABASI

BEKKAMOV UCHQUNNING

YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA FANIDAN TAYYORLAGAN

SLAYDI

MAVZU:QON VA QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI.

REJA.

1. QONNING AHAMYATI.

2. QONNING TARKIBI, VAZIFALARI VA YOSH XUSUSIYATLARI.

3. QON AYLANISH SISTEMASINING AHAMIYATI.

4. YURAKNING FUNKTSIYALARI VA YOSH XUSUSIYATLARI.

5. PULS VA QON BOSIMI, ULARNING YOSH XUSUSIYATLARI.

6.XULOSA.

7.FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.

Qonning ahamiyati. Qon odam organizmda muhim ahamiyatga ega bo`lib quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Qonning ahamiyati. Qon odam organizmda muhim ahamiyatga ega bo`lib quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  • 1. Qonning nafas olish funksiyasi. Qon o'pkadan kislorodni qabul qilib, hujayra va to'qimalarga olib boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazini nafas olish organlariga yetkazadi.
  • 2. Qonning transport (tashuvchanlik) funksiyasi. Me`daichaklarda hazm bo'lgan oziq moddalar qon va limfatomirlariga so'rilib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq (zaharli) moddalarni ayirish organlariga yetkazib beradi.
  • 3. Qon barcha to'qima va organlar funksiyasining gumorol yo'l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Endokrin bezlarda sintez qilingan moddalar qonga o'tib, u orqali to'qima va organlarga yetkaziladi.
  • 4. Qonning himoya funksiyasi. Organizmga kirgan zaharli moddalar va mikroblar qon tarkibidagi leykositlar tomonidan yutib, parchalab, eritib yuboriladi. Bundan tashqari qon zardobtda oqsil zarrachalar (antitelalar) bo'lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuboradi.

5. Qon tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan issiqlik energiyasi tananing barcha qismlariga tarqalib, ulardagi harorat doimiyligini ta'minaydi.

  • 5. Qon tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan issiqlik energiyasi tananing barcha qismlariga tarqalib, ulardagi harorat doimiyligini ta'minaydi.
  • Qonning yoshga xos xususiyatlari. Qon yopiq holda qon tomirlarda harakatlanadi. Homiladorlikning uchunchi haftasidan boshlab, embrion tanasida dastlabki yurak va qon tomirlari shakllana boshlaydi.
  • Embrionning uchunchi oyiga kelib asosiy qon hosil qiluvchi organlar jigar va taloq ishlay boshlaydi. Bola 4 oylik bo`lganda suyaklardan ya'ni naysimon, yassi, qovurg`alar, to`sh hamda umurtqa suyaklarining ko`mik qismidan qon ishlab chiqarila boshlaydi.
  • Qon odamning yoshiga qarab o'zgarib turadi, ayniqsa 1 yoshgacha qon o'z xususiyatiga ko'ra katta odmnikidan farq qiladi.
  • Moddalar almashinuvi, qon yaratuvchi organlarning tuzilishi va funksiyasi, qon aylanishi yoshga xos xususiyatlarga bog'liq bo'ladi. Bola qancha yosh bo'lsa, moddalar almashinuvi shuncha kuchli bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolaning har kilogramm vazniga 150 sm3 , go'dak bolada 110 sm3 , 7 yoshdan 12 yoshgacha 70 sm3 , 15 yoshdan boshlab esa 65 sm3, qon to'g'ri keladi. Yangi tug'ilgan bolada qon tana umuiy vaznining 15% ni, 1 yoshda 11%ni, 6 yoshdan 14 yoshgacha 9 % ni, katta odamda esa 7 % ni tashkil etadi. O'g'il bolada va katta yoshli kishida qon miqdori qizlar va ayollardagiga nisbatan ko'proq bo'ladi.
  • Yangi tug'ilgan bolada qonning solishtirma og'irligi 1,060 dan 1,080 gacha, 2 yoshli bolada 1,050, yosh ortishi bilan bir oz ko'tarilib, 1,055-1,060 ga yetadi va doimo shu xilda birdek turadi.
  • Yangi tug'ilgan bolada eritrositlar ko'p bo'lganidan qonning yopishqoqligi 10-11 bo'lib, 2 yoshdan 6 gacha tushadi, kattalarda 4 bo'ladi.
  • Eritrotsitlarning cho`kish tezligi chaqaloqlarda soatiga 1-2 mm, 3 yoshli bolalarda 2-17 mm, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda 12 mm ga teng. EChR ni aniqlash bilan kasal bolalarga tashxis qo`yish qulay bo`ladi.
  • tuberkulyoz) yoki yallig`lanish kasalliklariga chalingan bolalarda eritrotsitlarning cho`kish tezligi soatiga 26 mm gacha yetishi mumkin.
  • Qonning tarkibi. Qon ikki qismdan iborat: qon plazmasi va shaklli elementlardan iborat.
  • Qon plazmasi yangi tug`ilgan bolalarda qon umumiy hajmining 50 % ni kattalarda esa 55-60 % ni tashkil qiladi. U qonning suyuq qismi bo'lib, murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog`'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, garmonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar bo'ladi. Bola tug`ilganida qon plazmasida oqsil miqdori katta odamlarnikidan kam, ya'ni 5,5 – 6,5 %, osh tuzi va qandning miqdori ham nisbatan kam bo`lib, 6 yoshda katta odamlarniki bilan tenglashadi. Katta odamlarda qon plazma tarkibida 90-92% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuz, 0,1% glyukoza, 0,8% yog`'lar bo'ladi.
  • Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar, trombositlar kiradi.
  • Eritrositlar. Qizil qon tanachalari bo`lib, ularning ko`pchilligi ya'ni 85-90 % qonga rang beruvchi gemoglabin hosil qiladi. Uning diametri 7-8 mikron, qalinligi 2,5 mikronga teng bo`lib, Yangi tug`ilgan bolalar qonida eritrotsitlar katta odamlarnikiga nisbatan ancha ko`proq ya'ni 1mm3 qonida o`rtacha 4,5-7,5 mln eritrotsit bo`ladi. Katta yoshdagi erkaklarda 1mm3 qonida 4,5-5 mln, ayollarda esa 4-4,5 mln dona eritrotsit bo`ladi. Butun organizmda 25 trilion eritrotsit bo`ladi.
  • Yangi tug'ilgan bolalarda eritrotsit tarkibidagi gemoglobin miqdori 110-114%, bo`lib 100 gr qonda 17-25 g gemoglabin bo'ladi. Bola katta bo'lgan sari gemoglobin miqdori kamayib, 1-2 yoshda 80-90% bo`lib, 7-9 yashar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85%, katta odamlar qonida 100% gacha, ya'ni 100 ml. qonda 17,3 gr. gemoglabin bo`ladi. Gemoglabin 70 % gacha yoki 100 ml. qonda 14 gr. tushganda organizm kasal bo`ladi.
  • Gemoglabin ikki qismdan iborat: oqsilli qismi— globin va temirli qismi gemdan iborat, Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi.
  • Gemoglabin o`pkada havo tarkibidagi kislorod bilan birikib, oksigemoglabin hosil qiladi va to`qimalarga borib esa gemoglabinga va kislorodga ajraladi. Gemoglabin to`qima hujayralarga kislorodni berib, to`qima hujayralardan karbonat angidrid gazini biriktirib olib o`pkaga ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo`ladi.
  • Eritrotsitlar va ular tarkibidagi gemoglabinnng hosil bo`lishi va soni normal miqdolrda bo`lishi odamning sog`ligiga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishiga va boshqalarga bog`liq bo`ladi. Eritrotsitlar suyaklarning ko`mik qismida hosil bo`lib, 120 kun yashaydi. So`ngra ular jiga rva toloqda parchalanib, suyak ko`migida hosil bo`layotgan eritrotsitlar uchun oziq bo`lib sarflanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi, ular nafas organlaridan (o`pkadan) organizm to`qimalariga kislorod tashish va organizmda tuz va suv muvozanatini ushlash vazifasini bajaradi.

Bolalar va o'smirlarda kamqonlik va uning oldini olish. Kamqonlik-bu eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishidir. Kamqonlikda bolalar va o'smirlarda bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi, o'qish va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Kamqonlikda organizm holsizlanib, turli kasalliklarga tez beriluvchan bo'lib qoladi.

  • Bolalar va o'smirlarda kamqonlik va uning oldini olish. Kamqonlik-bu eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishidir. Kamqonlikda bolalar va o'smirlarda bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi, o'qish va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Kamqonlikda organizm holsizlanib, turli kasalliklarga tez beriluvchan bo'lib qoladi.
  • Kamqonlikning oldini olish uchun kun tartibiga rioya qilish, ratsional ovqatlanish, ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, darmondorilar yetarli miqdorda bo'lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, ochiq havodan nafas olish, ko'proq tabiat qo'ynida bo'lish kerak.
  • Leykotsitlar Leykotsitlar yoki oq qon tanachalari qonning yadroli qon hujayralari bo`lib diametri 4 14 mikronga teng, har 500 eritrotsitga 1 leykotsit to`g`ri keladi. Bola tug`ilgan vaqtda uning qon tarkibida leykotsitlar ko`p bo`lib, 1 mm3 qonda ularning soni 25-30 mingta bo`ladi. 10-15 kun o`tgach ular soni kamayib 12 yoshda 10 dan 12 mingacha kamayadi. Katta odamlar 1 mm3 qonida 7-8 ming dona leykotsit bo`ladi. Leykotsitlarnig soni organizmning holatiga, ovqatlanishiga, muskullar ishi va boshqalarga qarab o`zgarb turadi. Odam charchaganda ular soni kamayadi. Leykotsitlar suyak iligida, taloqda va limfa bezlarda hosil bo`lib, 2-5 kun yashaydi. Leykotsitlar 3 gruppaga bo`linadi; 1) Donador leykotsitlar; 2) Donasiz leykotsitlar va 3) Monotsitlar.
  • Donador leykotsitlar o`z navbatida 3 gruppaga bo`linadi: neytrofillar, eozanafillar va bazafillar.
  • Kichik yoshli bolalarda leykotsitlardan limfotsitlarning protsent miqdori ortiq bo`ladi.
  • Leykotsitlarning ko`rsatilgan miqdordan ortib ketishi leykotsitoz deb atalsa, miqdordan kamayib ketishi leykopeniya deyiladi. Leykotsitlarning vazifasi organizmni turli mikroblardan himoya qilish immunitet faoliyatini oshiradi. Leykotsitlarning yod moddalarni yutish xususiyatini I.I.Mechnikov fagotsitoz deb atagan.
  • Immunitet. Odam organizmining antitila va antitoksinlar ishlab chiqarish ular orqali yuqumli kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikroblarga qarshi kurashish, o`zini himoya qilish xususiyati immunitet deb ataladi. Immunitet 2 xil, ya'ni tug`ma va ortirilgan bo`ladi. Tug`ma immunitet onadan bolaga o`tadi. Lekin u doimiy bo`lmaydi va bolaning birinchi yoshidayoq o`z kuchini yo`qotadi. Odamning hayoti davomida ortirilgan, ya'ni uning o`z organizmida ishlab chiqarilgan immunitet (antitela va antitoksinlar) o`z navbatida 2 xil bo`ladi: tabiiy va suniy immunitet.
  • Tabiiy immunitet odam biror yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalishi natijasida hosil bo`ladi va bir umr saqlanadi. qizamiq, chechak, tenki, bug'ma, ko'k yo'tal va boshqalarda shunday bo'ladi. Sun'iy immunitet esa emlash natijasida hosil qilinadi. Palimiyelit, bug'ma,ko'k yo'tal, qoqshol, vabo, qora chechak va boshqalarda emlanadi. Sun'iy immunitetning faol turida bir umr kasal bo'lishi mumkin.
  • Trombotsitlar. trombotsitlar yoki qon plastinkalari qonning shaklli elementlari orasida eng maydasidir. Diametri 2-4 mikronga teng. Ular suyaklarning ko`mik qismida va taloqda hosil bo`ladi.
  • Trombotsitlar ham yoshga qarab o`zgarib boradi. Katta odamlarda 1mm3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bolalarda 160-330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-370 ming, 2-3 yoshda 150-300 ming, 3-4 yoshda 356-370 ming trombotsitlar bo`ladi. Trombotsitlar qonning ivishida muhim rol o`ynaydi. Muskullarning harakati bilan bog`liq jismoniy ish bajarilganda trombotsitlar miqdori ortadi. Bu hodisani miogen trombotsigoz deb ataladi.
  • Qon ivishi katta biologik ahamiyatga ega bo`lib, organizm jaroxatlanganda qon yo`qotishdan saqlaydi. Organizm jaroxatlanganda qon chiqqan trombotsitlar yoriladi va ulardan chiqqan maxsus modda-serotonik qon tomirlarini torayishini ta'minlaydi.
  • Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati. Qon aylanish sistemasiga yurak, arteriya, vena va kapillyar hamda limfa tomirlari kiradi.
  • Yurakning avtomik qisqarib-kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapilliyarlar orqali tananing hamma to'qima va hujayralariga tarqalib, so'ngra mayda o'rta, yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi. Qon aylanish sistemasining faoliyati tufayli barcha to'qima va hujayralarga oziq moddalar, kislorod, gormonlar, mineral tuzlar boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ayirish organlariga yetkaziladi, Shuning uchun bu sistema «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.
  • Qon aylanishining umumiy sxemasi. Qon aylansh sistemasi 2 ta, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat.
  • Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan chiquvchi eng katta arteriya qon tomiri-aortadan boshlanadi. Aortadan chiqadigan arteriya qon tomirlari o'z navbatida o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'linadi. To'qimalar va hujayralardagi moddalar almashinuvi jarayoni ana shu kapillyarlar orqali amalga oshadi, ya'ni kapillyarlardagi qon tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralardagi moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar, karbonat angidrid vena kapillyarlariga, undan kichik, o'rta, yirik vena qon tomirlari orqali yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi.
  • Kichik qon aylanish doirasi yurakning o'ng qorinchasidan chiqadigan o'pka arteriyasidan boshlanadi. O'pka arteriyasi ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. O'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari bilan gazlar almashinuvini amalga oshiradi. Vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yinib, arterial qonga aylanadi, o'pka venasi orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Yangi tug'ilgan bolada to'liq qon aylanishi 12 sek da, 3 yoshda 15 sek da, 14 yoshda 18 sek da, katta odamda 22 sek da sodir bo'ladi.
  • Limfa sistemasi. Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo'lib, ular bo'ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa tomirlari organ va to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi. Kapillyarlardan to'qimalarga o'tgan qonning suyuq qismining ortiqchasi to'qimalardan limfa tomirlariga o'tadi. Limfa tomirlari kovak venalarga birlashib, o'ng bo'lmachaga quyiladi.
  • Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlari. Yosh bolalarning yuragi o`lchami, hajmi, shakli, joylashishi bilan kattalar yuragidan farq qiladi. Bolaning birinchi yoshida yurakning bo`lmacha va qorinchalari bir tekis o`smaydi. 2 yoshdan boshlab bir tekis o`sadi, 10 yoshdan keyin yurak bo`lmachalari o`sishdan orqada qoladi. Balog`atga yetish davrida yurak yana tez o`sadi.
  • Ilgarigi vaqtda hayvonlardan odamga yoki odamdan odamga qon olib qo’yishga ko’p marta urinib ko’rilgan, lekin bu urunishlar odatda muvoffaqiyatsiz chiqqan. Buning sababi shuki, eritrotsitlar g’uj bo’lib bir biriga yopishib qolgan va gemolizlangan. Eritrotsitlarning bir biriga yopishishiga sabab nima?
  • Qon plazmasida eritrotsitlarni agglyutinatsiyalaydigan (bir biriga yopishtiradigan) ata agglyutinin bor. Eritrotsitlarda bir biriga yopishadigan ata agglyutinogen bo’ladi. Ularni grek alfavitini birinchi harflari plazmada agglyutenin alfa va ata deb belgilanadi. Eritrotsitlardagi agglyutinogenlar ham ikki xil bo’ladi. Ular lotincha A va V harflari bilan belgilanadi. Agar agglyutinin alfa bilan agglyutinogen A to’g’ri kelsa yoki agglyutinin bilan agglyutinogen V to’g’ri kelsa agglyutinatsiya xodisasi ro’y beradi.
  •  
  • 1.guruh-plazmada alfa va ata agglyutininlar bo’ladi, eritrotsitlarda esa agglyutinogenlar bo’lmaydi
  • 2.guruh-plazmada agglyutenin eritrotsitlarda esa agglyutinogen A bo’ladi (II)
  • 3.guruh-plazmada agglyutinin alfa, eritrotsitlarda esa agglyutinogen V bo’ladi , (III)
  • 4.guruh-plazmada agglyutininlar bo’lmaydi, eritrotsitlarda esa A va V agglyutinogenlar bo’ladi AV(IV). Qo’yilayotgan qondagi eritrotsitlar qon quydirayotgan kishilar qoni bilan bir biriga yopishmaslik kerak. Qon quyishda buning ahamiyati katta. Aks xolda quyilayotgan qondagi eritrotsitlar bir biriga yopishib, yirik donalarni hosil qiladi va gemolizlanadi. Hosil bo’lgan donalar tomirlar teshigini berkitib qo’yishi mumkin. Buning oqibatida qon aylanish izdan chiqadi, o’limga olib keladi.
  •  

Yüklə 247,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin