TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
DIZAYN (MILLIY KOSTYUM) YO’NALISHI
2-KURS 121-GURUH TALABASI
HABIBULLAYEVA SEVINCHNING
DIZAYNDA AMALIY DASTURLASH FANIDAN
TAQDIMOTI
Mavzu: Algoritm turlari va uning xossallari.Dasturlash turllari
va uning imkoniyati.
Reja:
1. Algoritm tushunchasi va uning xossalari.
2.Algoritmlarni turlari.
3.Dasturlash tillari va uning turlari.
Algoritm so’zi Al -Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib
chiqqan bo’lib, biror masalani ishlash qoidasi sifatida tushinilgan.
Muxammad Muso AlXorazmiyning X asrda yaratilgan
qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik
amallarni bajarish qoidalari soddaligi tufayli yevropada ham
o’nlik sanoq sistemasi qo’llanishiga turtki bo’ldi. Bu qoidalar
tarjimasida har bir qoida “Al-Xorazmiy aytadiki” deb boshlangan
va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan.
Har qanday masala yoki muommoni hal etishda
ma‘lum bir algoritm bo’yicha harakatlanamiz.
Masalalar va ularning algoritmlari ham ma‘lum
bir turlarga bo’linadi. Har qanday murakkab
masalani ham uchta asosiy strukturaga keltirish
mumkin.Algoritmlarni umumlashtirgan holda
quyidagi turlarga ajratamiz.
- Chiziqli algoritmlar;
- Tarmoqlanuvchi algoritmlar;
- Takrorlanuvchi algoritmlar.
Algoritmni ijro etishda uning buyruqlari qanday
tartibda berilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda bajarilsa,
bunday algoritmlarni bajarish ― buyruqlar tabiiy
tartibiga bo‘ysunadi ― deyiladi. Agar
algoritmlarning buyruqlarini bajarish tabiiy
tartibga bo‘ysunsa, bunday algoritmlar chiziqli
algoritmlar deyiladi. Biz to hozirga qadar
o‘rgangan barcha algoritmlar chiziqli
algoritmlardir .
Masala yoki muommoni hal etishda ba‘zi jarayonlar bir
necha marta takrorlanish mumkin. Algoritm tarkibida
biror parametr qandaydir shartga bog‘liq ravishda oshishi
yoki kamiyish hisobiga takrorlanish jarayonlari vujudga
kelishi mumkin. Ta‘rif: Algoritmning ma‘lum bir qismi
qandaydir shartlar asosida ikki va undan ortiq
bajarilishiga takrorlanuvchi algoritmlar deyiladi.
Ma'lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish
ikki qism texnik va dasturiy ta'minotning uzviyligini talab
etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta'minotining jadal
sur'atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy
ta'minotni ham keskin sur'atlar bilan rivojlanishiga
sabab bo'ladi, va aksincha. Buning sababi ma'lum, mos
dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter
«qimmatbaho o'yinchoq» bo'lib qolaveradi.
Kompyuter tushunadigan «til» esa dasturlash tili deb
ataladi. Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch
guruhga ajratish mumkin:
Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan
keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanish tarixi
ancha olis yillarga borib taqaladi. Arxeologik
qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800
yil oldin (eramizdan avvalgi 1800 yillar) Bobilda foiz
bilan bog'liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan.
Unda aniq masala ishlangan bo'lib, agar bug'doy hosili
yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta
o'sishi uchun necha yil va oy kerak bo'lish algoritmi
tuzilgan.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu
bеlgisi bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturlash
tilining kompyuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha
tasniflash eng umumiy hisoblanadi. Yuqorida
aytilgan bеlgiga qarab, dasturlash tillari
kompyutera bog’liq va kompyuterga bog’liq
bo’lmagan tillarga bo’linadi. Kompyuterga
bog’lik tillar, o’z navbatida, kompyuter tillari va
kompyuterga mo’ljallangan tillarga ajratiladi.
Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi
darajasini tariflash uchun til darajasi
tushunchasi qo’llaniladi.
Kompyuter tili 0 daraja dеb qabul qilingan bo’lib,
sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili “eng
yuqori darajadagi til” dеb qaraladi. Kompyuterga
bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita turga bo’linadi:
birinchisi protsеduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga
- muammoga mo’ljallangan tillar. Protsеduraga
mo’ljallangan tillar turli masalalarni еchish
algoritmlarini (protsеduralarni) tavsiflashga
mo’ljallangan; shuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib
“algoritmik tillar" dеb ataladi. Ushbu tillar еchilayotgan
masalalar xususiyatlarini to’la hisobga oladi va
kompyuterning turiga dеyarli bog’liq emas. Bu xildagi
tillar tarkibi kompyuter tiliga qaraganda tabiiy tilga,
masalan, ingliz tiliga yaqinroq. Hozirgi kunda hisoblash,
muhandis-tеxnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni
taxlil qilish va boshqa masalalarni yеchish tillari
ma’lum.
FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo’lib, FORmula
TRANslator - formulalar translyatori dеgan manoni anglatadi
va ilmiy va muhandis - tеxnik masalalarni hisoblashlarda
qo’llaniladi. ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib,
ALGORITMIC Langauge -algoritmik til dеgan ma'noni
anglatadi va ilmiy-tеxnik masalalarni hisoblashlarda
qo’llaniladi. KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common
Businees Oriented Langauge - “savdo-sotiq masalalariga
mo’ljallangan til” dеgan ma'noni anglatadi. Korxona va
tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan
mahsulotini hisobga olishbilan bog’liq iqtisodiy masalalarni
еchish uchun qo’llaniladi.
PASKAL tili 1971 yilda e`lon qilingan bo’lib,
frantsuz olimi Blеz Paskal nomiga qo’yilgan.
Turli xildagi masalalar еchimini olishda
tartiblangan (strukturaviy) dasturlar
tuzishda qo’llaniladi. Ushbu til univеrsal
tillar turkumiga kiradi. Bu tilda ishlab
chiqilgan dasturlar kompyuterni yangisi
bilan almashtirilganda qaytadan tuzib
chiqilishi zarur emas.
BЕYSIK (BASIC - Beginner's All Purpose Sumbolic Instruction Code -
boshlovchilar uchun ko’p maqsadli dasturlash tili) hisoblash
algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik tildir. Bu til
1965 yilda Dartmut kollеji xodimlari Kеmini va Kurtslar tomonidan
ishlab chiqilgan. Protsеduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning
matеmatik ifodalari, algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish
bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan
kompyuterning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo’ljallangan tillar kompyuterda masala еchish
usullari va dasturlash usullari bilan tanish bo’lmagan
foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi masalani
tariflashi, boshlang’ich malumotlarni bеrishi va natijani
chiqarishning talab qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |