Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan sheerlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin.
Test metodi. Test – inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mintalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi.
Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o’spirin, balog’atga etgan va kabilar) ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhim hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’chishi, favqulotda holatdan chiqarish, muomala vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi.
O’z navbatida tabiiy, laboratoriya metodlariga ajratiladi.
Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamolari a’zolarining, ilmiy muassasalari xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari mutaxasislikka yaroqligi muommolarini hal qilish nazarda tutiladi.
Laboratoriya metodi. Ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanadigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud.
Biografiya (tarjimai xol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi.
E’tiboringiz uchun
rahmat !
Dostları ilə paylaş: |