Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy VIII asr oxirida Xorazmda tugʻilgan, Bagʻdodda vafot etgan. Xorazmiyning nisbati lotincha kitoblarda Algoritmus, Algorysmus, Alxoarismus, Alkauresmus va hokazo shakllarda yozilib yangi arifmetika -algoritm (algorizm) nomini yaratdi. Bu nomlar aslida Xorazmiy ekanligini sharqshunos olim J.Reyno 1849-yilda aniqlab bergan. Xorazmiyning asarlarida hind algebrasi bilan grek geometriyasi birlashtirilgan edi, bu esa hozirgi matematika fanining asosiy manbaidir.
Xorazmiy faqat matematika emas, geografiya faniga ham katta hissa qoʻshgan. VIII asr oxiri IX asrlarda obod boʻlgan Bagʻdod shahrida fan yuksak darajaga erishdi. Xalifa Xorun ar-Rashid ogʻli al-Maʻmun (813-833- yillarda hokim boʻlgan) davrida “Donishmandlar uyi” (“Bayt ul-Hikma”) akademiyasi barpo etildi, unga butun dunyodan olimlar jalb qilindi. Bular orasida Oʻrta Osiyolik olimlar Muhammad Xorazmiy, ahmad al-Fargʻoniy, Abbos bin Sayd Javhariy va Ahmad bin Abdullo Marvaziy ham bor edi. Arab halifaligi kuchaygan IX asrda Bagʻdod olimlari Yer meridianini oʻlchashga kirishdilar. Ayni shu paytda halifa Maʻmun osmon va jahonning batafsil xaritasi tuzilsin degan Farmoni oliy beradi. “Jahon xaritasi” ni tuzishda 70 dan ortiq olimlar ishladi, ularga M.Xorazmiy boshchilik qildi. Shu munosabat bilan Xorazmiy “Surat ul-arz” xaritalar kitobini yozadi va bu asar “Xorazmiy geografiyasi” degan mashhur taʻlimot asosi boʻlib xizmat qildi. Italyan sharqshunosi Q.Nallino aytishicha: “Yevropada hech bir xalq Xorazmiy erishgan yutuqda erishishga va bunday asar yaratishga qodir emas edi”.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Qodir al-Fargʻoniy
Bagʻdod observatoriyasi xodimlaridan biri, Xorazmiyning zamondoshi edi. Fargʻoniy geodeziyaga doir kitoblar, jumladan “Usturlob togʻrisida mukammal maʻlumot” (“Al Komil fil usturlob”), “Usturlob sanʻati toʻgʻrisida” (“Fi sanoat ul-usturlob”), “Yetti iqlim” va astronomiyaga doir kattagina (“Javomi ilm al-nujum val harakat as-samoviya” degan) kitob yozgan. Fargʻoniyning xizmatlaridan biri shuki, u 861-yili al-Mutavakkilning buyrugʻi bilan Nil daryosidagi suv sathini oʻlchovchi moslama oʻrnatish uchun Qohira shahriga borgan va bu asbobdan hozirgacha foydalanib kelishlari bizni hayratga qoldiradi.
Dostları ilə paylaş: |