O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Ibn Sinoning kimyoga munosabati



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə21/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Ibn Sinoning kimyoga munosabati. Eramizgacha II asrda Fargʻonada shisha tayyorlash va vino texnologiyasi rivojlangan edi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Oʻrta Osiyo konlaridagi qazish ishlari, shisha, boʻyoqlar, qogʻoz ishlab chiqarish, terini oshlash kabi hunarmandchilik maʻdanshunoslik va kimyo fanining keskin yuksalishini taqozo qilar edi. Oʻsha davr olimlarning qoʻllagan usullaridan eritmalar tayyorlash, filtrlash, suyuqlantirish, qartonlash, yaʻni distillash, quruq haydash, amalgamalar olish hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Ibn Sinoning kimyo fani taraqqiyotida fanga koʻp yangiliklar kiritdi, ayniqsa oʻsha paytdagi kimyogarlarning oddiy metallarni (mis, temir) asl metallarga (oltin, kumush) aylantirish mumkin degan nazariyalarini qattiq tanqid ostiga oldi. Olim kimyogar boʻlmasa ham, oʻz tajribalarida unga katta eʻtibor bergan. “Tib qonunlari” asarining II jildida faqatgina oddiy dori-darmonlar (al-adviyat al-ʻmufrada) haqida yozilgan, V jildida murakkab dorilar (al-adviyat al-murakkaba) haqida tushuncha berilgan. Ibn Sino dorivorlar tayyorlashda juda koʻp anorganik moddalardan ham foydalangan: oltin, kumuga, mis, qalay, qoʻrgʻoshin, temir, poʻlat, isfidoj (qoʻrgʻoshin), kibrit (oltingu­gurt), zarnix (auripigment), buroq (bura va soda), magnisiya (marganes maʻdani), toʻtiyo (galmey), zaʻfaron, zanjar, zodi, natrun, novshadillar. Ibn Sino bu moddalarning xossalarini oʻrganadi, anorganik kimyoga oid muhim maʻlumotlar keltiradi. Simob xususiyatlarini tushuntirib, uni oltingugurt bilan biriktirib kinovar (sunjufr) olish va uning teskarisini amalga oshirish mumkinligini yozadi. Simob, ayniqsa uning bugʻlari zaharli ekanligini oʻsha davrdayoq olim aniqlab bergan edi. Xuddi shuningdek organik moddalardan sirka kislota va mis taʻsirida mis asetati (zanjara) olishni oʻrgatadi.19
Ibn Sino suvning ogʻirligini oʻlchash orqali uning sifatini aniqlash usulini kashf etgan va yengil suv yaxshiroq ekanligini isbotlagan. Ibn Sino suvning sifatini baʻzan maʻlum usullar bilan. baʻzan quyidagicha aniqlaydi. Massasi bir xil boʻlgan ikkita paxta yoki mato boʻlagini ikki xil suv bilan hoʻllab, keyin ularni yaxshilab quritadi va tarozida tortadi, qaysi jism yengilroq kelsa, oʻsha namuna botirib olingan suv tozaroq hisoblanadi. Shu usul bilan distillangan suv olishni ham birinchi boʻlib Ibn Sino qoʻllay boshladi. Qatronlab yuvish bilan tozalangan suvdan dori-darmonlar tayyorlash uchun erituvchi sifatida foydalanar edi. Kimyo fanini rivojlantirishda olim yozgan “Kitob ash-shifo” falsafiy asarining ahamiyati juda katta boʻlgan. Bu asar alkimyogarlarga berilgan eng katta va qaqshatqich zarba edi: “Alkimyogarlar yangi jismlar yarata olmaydilar. Ular metallarga turli ishlov berib rangini oʻzgartiradilar, ammo tarkibi oʻzgarmaydi. Bir xil metallni ikkinchisiga aylantirish menga tushunarli emas, aksincha, men buning imkoniyati yoʻq deb hisoblayman. Oddiy jism oʻzidan boshqa jismni ajratmasligi kerak”,- deb talqin etadi. Shunday qilib uning asarlarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklari paydo boʻlgandi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin