O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə80/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Birinchi davr – bu moziydan, 1920- yilgacha davom etadi. Bu davr ichida tabiiy suvlar, qazilma boyliklar, yonilgʻi materiallarni analiz qilish ishlari amalga oshirildi. N.Teyx tashabbusi bilan 1870-yilda Toshkentda kimyo laboratoriyasi ochildi. Kimyo fan sifatida gimnaziya va bilim yurtlarida oʻqitila boshlaydi.
Ikkinchi davr 1920 -yildan 1933- yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. 1920- yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti ochiladi va yuqori malakali kimyogarlar tayyorlana boshlaydi.
Uchinchi davr 1933- yildan 1941- yilgacha boʻlib kimyo sohasida anchagina ilmiy ishlar qilinib, kimyo sanoati qurilishlari boshlandi.
Toʻrtinchi davr 1941 – 1945 -yillarni oʻz ichiga oladi. Shu davrda Markaziy Osiyoga bir qancha kimyo institutlari, kimyo zavodlari koʻchib kelib ish boshladi.
Beshinchi davr 1945- yildan boshlab shu kungacha davom etmoqda. Bu davr ichida Oʻzbekiston kimyo fani uchun xizmat qilgan yirik akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov, I.P.Sukervanik, X.U.Usmonov, K.S. Axmedov, A.Sultonov, Sh.T. Tolipov va boshqa olimlar rahbarligida ilmiy tekshirish institutlari - anorganik va umumiy kimyo instituti, polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, bioorganika instituti va oʻsimliklar kimyosi institutlari ochildi, universitetlarda va oliy maktablarda kimyo fakultetlari va turli xil maxsus kafedralar tashkil qilindi.
O.S. Sodiqov 1913- yil 15 -noyabrda Toshkentda tugʻilgan. 1931- yili ToshDU kimyo kulliyotiga qabul qilindi. 1945- yilda alkaloidlar kimyosi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1947- yilda professorlik unvoni berildi. 1966 yilda Oʻz FA ning prezidenti, 1973- yilda bioorganik kimyo institutlariga rahbarlik qildi. O.S.Sodiqov 22-iyul 1987- yilda vafot etdi.
S.Yunusov 1907-yilda tugʻilgan.Oʻz FA akademigi, Leopoldin nomidagi nemis tabiatshunoslari akaemiyasi akademigi, Oʻrta Osiyo Universitetini tugatgan. Ilmiy ishlari oʻsimliklar tarkibidan alkaloidlarni ajratib olish va 4000 dan ortiq oʻsimliklarni oʻrganib, bir necha yuz alkaloidlarni ajratib olishga hissa qoʻshgan. Uning rahbarligida pestitsidlar topildi. U Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati, D.I.Mendeleyev nomidagi oltin medal sohibi.
K.S.Ahmedov 1914-yilda tugʻilgan. Oʻz FA akademigi, kolloid kimyoning yirik namoyondalaridan biri, Oʻrta Osiyo Davlat universitetini tugatgan. 1972-yilda TPI da rektor boʻlib ishlagan. U suvda eriydigan polielektrolitlar, past va yuqori molekulali birikmalar olish, gruntlar, qurilish materiallarining hossalarini maqsadga muvofiq ravishda oʻzgartirish kabi ilmiy ishlar bilan shugʻullangan. Uning «K» tipidagi suvda eruvchan preparatlari, tuproqni eroziyadan saqlashda, koʻchma qumlarni mustahkamlashda keng qoʻllanilmoqda. U Beruniy nomidagi Davlat mukofaoti sovrindori.
M.N.Nabiyev 1915 - yilda tugʻilgan . Oʻz FA akademigi,oʻgʻitlar kimyosi va tehnologiyasi sohasidagi olim. Ivanova kimyo- tehnologiyalar institutini tamomlagan. Nabiyev boshchiligida fosfatlarni nitrat kislota bilan ishlab,yangi kompleks oʻgʻitlar olishga muvaffaq boʻldi. Oddiy va ikkilamchi superfosfatlar sifati ancha yaxshilandi. Ammoniylashtirish usuli bilan qorator fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasini ishlab chiqdi. U Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.
X.U.Usmonov Oʻz FA akademigi. Oʻrta Osiyo Davlat universitetini tugatgan. Ilmiy ishlari paxta sellyulozasini, paxtachilik sanoati chiqindilarni qayta ishlash va gʻoʻzapoyadan foydalanishga bagʻishlangan. Paxta modifikatsiyasini yangi metodik usullarini ishlab chiqdi. Gʻoʻzapoya gidrolizi ustida fundamental ish olib bordi. Olim rahbarligida vinil ftorid monomeri asosida sintezlar, mikroorganizmlar taʻsir atmaydigan nur taʻsiriga chidamli materiallar olindi. X.Usmonov sellyuloza va sintetik polimerlar sohasidagi ishlari uchun Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofitiga sazovor boʻldi.
Z.Salimov 1940- yilda tugʻilgan. Oʻz FA akademidi. Toshkent politexnika instituni kimyo – texnologiya fakultetini tugatgan. Ilmiy ishlari qattiq fazada asosiy kimyo texnologiya jarayonlarini intensifikatsiyalash nazariyasi hamda amaliyotni boyitishga bagʻishlagan. Pnevmo transport, changlarni ushlash, ekstraksiyalash, adsorbsiya, qyritish va boshqa sohalardagi ishlari diqqatga sazovordir. 45
Oʻzbekistonning kimyo sanoati 30- yillardan rivojlana borgan. 1931- yilda esa Fargʻona moy zavodi maxsulot bera boshlagan. Oʻzbekistonda - birinchi boʻlib 100 xildan ortiq turdagi oʻsimliklarning danagidan yuqori sifatli moy, qoldiq maxsulotlardan gossipol va yuqori sifatli oqsil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. 100 yildan ortiq tarixga ega boʻlgan Samarqand kimyo zavodining ham oʻrni beqiyosdir.
1935- yilda Qoʻqon oʻgʻit zavodi ishga tushirilib, u keyinchalik fosforli oʻgʻitlar zavodiga aylantirildi. 1938 yilda Quvasoy tsement zavodi, Oʻzbekistonda qora metallurgiya sohasi buyicha faoliyat koʻrsatib kelayotgan korxona Bekobod shaxridagi Oʻzbekiston metallurgiya zavodidir.Oʻzbekistonda birinchi zamonaviy metallurgiya zavodi qurilishi umumxalq hashari yoʻli bilan 1942 -yili boshlangan. 1944- yil 5- martida dastlabki metall eritmasi olingan. 1943-yilda esa Moskva viloyatidan Namanganga kimyo zavodi koʻchirilib keltirilishi bilan Namangan viloyatida kimyo sanoatining rivojlanishiga asos solindi. 1959- yilda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi, 1964 -yilda Navoiy kimyo kombinati va 1999- yilda qurilgan neftni qayta ishlash kompleksi Respublikada muxim oʻrin egallaydi. Viloyatda butun respublikada tayyorlanayotgan sement maxsulotlarining asosiy qismi, sunʻiy jun olinishi, oltin, rangli nodir metallar ishlab chiqarilmoqda.
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 1960-70- yillarda oʻz maxsulotlarini yuqori darajada bera boshladi. Oʻzbekistonning barcha qolgan viloyatlarida ham kimyo sanoati keng rivojangan boʻlib, bugungi kunda mustaqilligimiz yoʻlida xizmat qilib kelmoqda. Oʻzbekistonda plastmassa va propilen maxsulotlarini qayta ishlovchi Ohangaron ”Santexlit”, Toshkent shahrida ”Sovplastital” zavodi, Jizzax plastmassa quvurlari zavodi, Toshkent lak-boʻyoq zavodi, Chirchiqda ”Kaprolaktam” zavodi, Toshkent yogʻ-moy kombinati tarkibida sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqdalar.
Namangan viloyati kimyo zavodida dastlabki yillarda viskoza ipak ishlab chiqarilgan boʻlsa, keyinchalik bu yerda KMS ham ishlab chiqarila boshladi. KMS maxsulotlari turli sohalarda foydalanib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib Mingbuloqda yodni olish sexi ishga tushdi.
Shu narsani qayd qilish lozimki, Oʻrta Osiyoda qadimdan simob, kinovar, novshadil spirti, oltingugurt, achchiqtoshlar, tuzlar va selitra qazib olingan. Eramizgacha II asrda Fargʻonada shisha tayyorlash va vino texnologiyasi rivojlangan edi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Oʻrta Osiyodan savdo karvonlarining oʻtishi bu oʻlkani va uning ilmiy salohiyatini rivojlanishiga olib keldi. Konlardagi qazish ishlari, shisha, boʻyoqlar, qogʻoz ishlab chiqarish, terini oshlash kabi hunarmandchilik, maʻdanshunoslik va kimyo fanini keskin yuksalishini taqozo qilar edi. Oʻsha davr olimlarning qoʻllagan usullaridan eritmalar tayyorlash, filtrlash, suyuqlantirish, qatronlash yaʻni distillash, quruq haydash, amalgamalar olish hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Musulmonlarning asosiy kitoblarida ham bir necha marotaba kimyoviy elementlarning ishlatilishi haqida gapirilgan. Masalan, Qurʻoni Karim, “Xadid” surasining 25-oyatida - Yana biz temirni tushirdik - yaratdik. Unda kuch quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. Alloh gʻoybda (bandalari koʻziga koʻrinmasdan) turgan holida oʻziga va paygʻambarlariga (Alloh yoʻlida jihod qilishi bilan) yordam beradigan kishilarni bilish uchun (temirni yaratdi) deyiladi. Bunda inson uchun qurol-yarogʻga muxtojlik sezilganiga ishora qilinmoqda. Inson tanasida suv va temirning kamayishi uni kasallikka olib keladi. Qurʻoni Karimda temir bilan bir qatorda oltin, kumush( “Zuxruf” surasi), kremniy va uning birikmalaridan tashkil topgan qumtepalar (“Ahkof” surasi), tutun (“Duxon” surasi), marvaridu-marjonlar (“Saba” surasi) va bir qancha mineral boyliklar haqida yozilgan.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin