1.1. Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarga kimyoning faqat bugungi kundagi oʻrnini tasavvur qilish bilan chegaralanmasdan, u yoki bu yutuqlarga tasodifiy ravishda emas, balki chuqur izlanishlar, maʻlum maqsadlarga erishish yoʻlida qilingan urinishlar, yaratilgan notoʻgʻri va toʻgʻri gipotezalarning oʻrin almashuvi tufayli erishilganligini tarixiy maʻlumotlarga tayangan holda ilmiy asoslarini oʻrgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
1.2. Fanning vazifalari shundan iboratki, avvalo kimyo soʻzining kelib chiqish tarixini aniqlab, dastlab hunar sifatida maydonga kelgan kimyoning rivojlanish bosqichlari bilan tanishtirish, alkimyo davrining asossiz ravishda 1200 yil davomiylik sabablarini tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish; kimyoning fanga aylanishiga yoʻl ochib bergan omillar va olimlar bilan tanishish; kimyo qonunlarining kashf qilinish tarixini oʻrganish va uning hozirgi zamondagi istiqbolli yoʻnalishlari va muammolarini tahlil qilishdan iboratdir. Fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, kimyoviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shaklllantirish vazifalarini bajaradi.
2. Fan modullari
2.3. Fandan oʻtiladigan mavzular va ular boʻyicha mashgʻulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti
№
|
Modullar
|
Mashgʻulot turlari boʻyicha soatlar
|
Jami
|
Maʻruza
|
Seminar
|
OʻRTMI
|
TMI
|
1.
|
Kirish. Kimyo tarixining alkimyo davri. Yunon-Misr alkimyosi
|
16
|
2
|
2
|
2
|
10
|
2.
|
Arab alkimyosi. Buyuk Sharq va Markaziy Osiyo mutafakkir va faylasuf olimlari
|
14
|
2
|
2
|
2
|
8
|
3.
|
Gʻarb alkimyosi. Texnokimyo va metallurgining rivojlanishi
|
16
|
2
|
2
|
4
|
8
|
4.
|
Kimyoning birlashish davri
|
20
|
2
|
4
|
8
|
6
|
5.
|
Miqdoriy qonunlar davri. Elementlarning sistemalashtirilishi
|
18
|
2
|
2
|
4
|
10
|
6.
|
XIX va XX asrlarda organik kimyo va kimyoviy nazariyalar taraqqiyoti
|
16
|
2
|
2
|
4
|
8
|
7.
|
Hozirgi zamon kimyosining rivojlanish bosqichlari
|
20
|
2
|
2
|
6
|
10
|
|
Oraliq baholash
|
|
|
|
|
|
|
Yakuniy baholash
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
120
|
14
|
16
|
30
|
60
|
2. ASOSIY QISM:
2.1. Maʻruza mavzulari va koriladigan masalalar
1-modul.
1.1. Kirish. Kimyo tarixining alkimyo davri.
Yunon-Misr alkimyosi.
Kimyo tarixini oʻrganishga boʻlgan urinishlar. Insoniyat rivojlanishi tarixini tosh, yangi tosh (neolit), mis, bronza, temir davrlariga boʻlinishi. Yunon atomistikasi. Atom tushunchasining paydo boʻlishi. Amaliy kimyoning vujudga kelishi. Kimyo tarixini oʻrganish bosqichlari. Kimyo tarixining davr va davrlargacha ajratilishi.
Kimyo va sivilizatsiya. Kimyoning predmeti. Metallar, pista koʻmiri va olov - mehnatning universal vositasi sifatida. Kulolchilik, shisha pishirish va unga kerak boʻlgan xom-ashyolar. Moddalarni issiqlik taʻsirisiz oʻzgartirish.
Ellinizm davrida kimyo. Kimyo hunar va moʻjiza yaratuvchi soha sifatida. Alkimyoning kelib chiqishi va oʻziga xos tomonlari. Yunon-Misr alkimyosi.
1 (4-42; 51-70); 2 (4-15; 16-24); 3 (9-20; 104-116; 116-123)
1.2. Arab alkimyosi. Buyuk Sharq va Markaziy Osiyo mutafakkir va faylasuf olimlari
Arab alkimyosi. Sharq alkimyosi va uning eng mashhur namoyondalari. Buyuk Sharq va Markaziy Osiyoda mutafakkir va faylasuf olimlarning namoyondalari va ularning kimyo sohasidagi ishlari (Jobir ibn Xayyom, Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abdul-Abbos Fargʻoniy).
1 (51-70; 85-110); 2 (16-24); 3 (104-116; 116-123)
1.3. Gʻarb alkimyosi. Texnokimyo va metallurgining rivojlanishi
Gʻarb alkimyosi va u erishgan natijalar hamda yutuqlar. Metallar transmutatsiyasi. Texnik kimyoning XVI va XVII asrlardagi boshlangʻich qadamlari. Metallurgiya, texnik kimyo namoyondalari va yutuqlari. Texnokimyo va metallurgining rivojlanishi. Alkimyoning tugallanishi. Sanoat revolyutsiyasigacha kimyoviy hunarmandchilikning rivojlanishi. Kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar va materiallar - shisha, chinni, keramika tuzlar, qogʻoz ishlab chiqarish, Kant, Leblan usullarida soda olish.
1 (71-84; 111-122); 2 (25-29); 3 (123-146; 157-181)
2-modul.
2.1. Kimyoning birlashish davri
Davrning oʻziga xos tomonlari. Yatrokimyo va uning erishgan natijalari. Pnevmokimyo. XVII asrda amaliy kimyo va atomistika. Boyl va uning zamondoshlari. Kimyoning vazifalari toʻgʻrisida aytilgan R.Boyl fikrlari. “Flogiston” nazariyasining alkimyoga qarshi qoʻyilishi. G.Shtal, R.Lulliy, R.Bekonlarning gʻoyalari, flogistikaning boshqa namoyondalari va tarafdorlari (Blek, Kavendish, Pristli) va boshqalar.
Tajribaviy usullarning rivojlanishi. M.V.Lomonosovning ilmiy faoliyati. A.Lavuazening antiflogistik nazariyasi. Flogiston nazariyasiga qarshi kurash. Lavuaze laboratoriyasi.
1 (122-138; 139-151; 151-167; 168-180); 2 (30-39; 40-50; 51-59; 60-67); 3 (123-188; 188-238).
|