O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə129/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

36. “Yangi falsafa pechlari” asarini kim yozgan va unda nima yoritilgan?
1. Iogann Glauber; xlorid va nitrat kislota ishlab chiqarish, baʻzi asboblarning loyihasi
2. Georgiy Agrikola; metallar, minerallar va aralashmalarni aniqlashning analitik usullari yoritilgan
3. Bernar Palissi; fayans, rangli shisha, glazur ishlab chiqarish
4. Iogann Byotger; arzon oltin olish, chinni olish
37. “Issiq va sovuq sabablari haqida mulohazalar” asarini kim yozgan?
1. Mixail Lomonosov 2. Bernar Palissi 3. Iogann Glauber
4. Iogann Byotger.
38. Xantal, yogʻ, oltingugurt, kuporos va simobdan oltin olish manipulyatsiyalarini Ar-Roziy qaysi asarida yoritgan?
1. Sirlar siri 2. Al Xavi 3. Mansurga bagʻishlangan tabobat kirobi
4. Xindiston
39. Jobir ibn Xayyonning “Yetmishlar kitobi” asarida qanday nazariy xulosalar bayon qilingan?
1. Novshadil spiri va qoʻrgʻoshin birikmalari asosida oqartuvchi modda va transmutasiya toʻgʻrisida
2. Gips olish undan singan suyaklarni tuzatish, surmani birikmalardan ajratish.
3. Metallar, qotishmalar, rudalar, ularni kavlab olish va ishlov berish
4. Xantal, yogʻ, oltingugurt, kuporos va simobdan oltin olish
40. Qaysi olim oʻz ishlarida gips olish, undan singan suyaklarni tuzatish, surmani birikmalardan ajratishni bayon qilgan
1. Ar Roziy 2. Bernar Palissi 3. Iogann Glauber 4. Iogann Byotger.
41. Turkiston hududida IX-XII asrlarda mis konlari qayerda topilib ulardan metall olish yoʻlga qoʻyilgan?
1. Zarafshon, Soʻx, Oloy, Navkent, Isfara, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv
2. Qorgʻoshinkon va Oltintopgan 3. Chovoy, Haydarkon, Laylak
4. Chirchiq, Sayram, Shahrisabz
42. Turkiston hududida IX-XII asrlarda qoʻrgʻoshin, kumush konlari qayerda topilib ulardan metall olish yoʻlga qoʻyilgan?
1. Qorgʻoshinkon va Oltintopgan
2. Zarafshon, Soʻx, Oloy, Navkent, Isfara, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv
3. Chovoy, Haydarkon, Laylak 4. Chirchiq, Sayram, Shahrisabz
43. Turkiston hududida IX-XII asrlarda simob konlari qayerda topilib ulardan metall olish yoʻlga qoʻyilgan?
1. Chovoy, Haydarkon, Laylak 2. Qorgʻoshinkon va Oltintopgan
3. Zarafshon, Soʻx, Oloy, Navkent, Isfara, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv
4. Chirchiq, Sayram, Shahrisabz
44. Turkiston hududida IX-XII asrlarda temir konlari qayerda topilib ulardan metall olish yoʻlga qoʻyilgan?
1. Chirchiq, Sayram, Shahrisabz 2. Qorgʻoshinkon va Oltintopgan
3. Chovoy, Haydarkon, Laylak 4. Zarafshon, Soʻx, Oloy, Navkent, Isfara, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv
45. Kimyoning tabobat bilan bogʻliqligi haqidagi yoʻnalish qanday nomlanadi va unga qaysi modda va xossalar asos qilib olingan?
1. Iatrokimyo; simob, oltingugurt va tuz; uchuvchanlik, yonuvchanlik va qattiqlik
2. Pnevmokimyo; gaz, havo, spirt; uchuvchanlik, yonuvchanlik va xid
3. Iatrokimyo; temir, oltingugurt va tuz; uchuvchanlik, yonuvchanlik va qattiqlik
4. Alkimyo; falsafa toshi, xayot eleksiri va universal erituvchi; oltin olish, umrni uzaytirish va donolik
46. Oʻrta asrlarda kimyoning oʻziga xos yoʻnalishi, eramizning III-IV asrlarida yuzaga kelgan va unga qaysi modda va xossalar asos qilib olingan?
1. Alkimyo; falsafa toshi, hayot eleksiri va universal erituvchi; oltin olish, umrni uzaytirish va donolik
2. Pnevmokimyo; gaz, havo, spirt; uchuvchanlik, yonuvchanlik va hid
3. Iatrokimyo; temir, oltingugurt va tuz; uchuvchanlik, yonuvchanlik va qattiqlik
4. Iatrokimyo; simob, oltingugurt va tuz; uchuvchanlik, yonuvchanlik va qattiqlik
47. Iatrokimyoning asoschisi kim?
1. Teofrast Gogengeym-Parasels 2. Rojer Bekon 3. Foma Akvinskiy 4. Albert Bolshtedtskiy
48. Qaysi olim qattiq moddalar uch turdagi “tuproq” dan iborat deb faraz qilgan?
1. Iogan Ioaxim Bexer 2. Rojer Bekon 3. Foma Akvinskiy 4. Albert Bolshtedtskiy
49. Qaysi olim tasavvuriga muvofiq yonuvchi moddalar flogistonga boydir?
1. Georg Ernest Shtall. 2. Rojer Bekon 3. Foma Akvinskiy
4. Albert Bolshtedtskiy
50. Bu qonunga koʻra atomlar soni bir xil boʻlgan moddalar bir xil kristall strukturaga ega boʻladi va aralash kristallar-qattiq eritmalar xosil qiladi. Qaysi qonun haqida soʻz borayapti?
1. Mitcherlixning izomirfizm qonuni 2. Dyulong va Ptining atom issiqlik sigʻimlari qonuni 3. Rixterning ekvivalentlar qonuni
4. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin