51. Reaksiyaga kirishayotgan gazlarning hajmlari bir-biriga kichik butun sonlar kabi nisbatda boʻladi. Qaysi qonun haqida soʻz borayapti? 1. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni
2. Dyulong va Ptining atom issiqlik sigʻimlari qonuni
3. Rixterning ekvivalentlar qonuni
4. Mitcherlixning izomirfizm qonuni
52. Qattiq moddalarning atom massalarining issiqlik sigʻimiga koʻpaytmasi oʻzgarmas son boʻlib, 26.3 ga teng. Qaysi qonun haqida soʻz borayapti? 1. Dyulong va Ptining atom issiqlik sigʻimlari qonuni
2. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni
3. Rixterning ekvivalentlar qonuni
4. Mitcherlixning izomirfizm qonuni
53. “Biror kislotaning berilgan miqdor 2 yoki undan ortiq asoslar bilan neytrallanayotganda asoslar kislotaning bir xil miqdori bilan reaksiyaga kirishadi”. Bu qaysi qonunga tegishli? 1. Rixterning ekvivalentlar qonuni 2. Dyulong va Ptining atom issiqlik sigʻimlari qonuni 3. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni
4. Mitcherlixning izomirfizm qonuni
54. Shtalning flogiston nazariyasiga qarshi chiqqan vrach kim? 1. German Burgave 2. Rojer Bekon 3. Foma Akvinskiy
4. Albert Bolshtedtskiy
55. “Pnevmatik vanna”ni kim yaratgan? 1. Stiven Geyls 2. Rojer Bekon 3. German Burgave 4. Bolshtedtskiy
56. Qaysi olim kalsiy oksidi havoda qizdirilsa, u asta-sekin kalsiy karbonatga aylanishini koʻrsatdi? 1. Djozef Blek. 2. Rojer Bekon 3. German Burgave 4. Stiven Geyls
57. Alkaloidlar kimyosi boʻyicha doktorlik dissertasiyasini qaysi oʻzbek olimi yoqlagan? 1.O.S. Sodiqov 2. K.S.Ahmedov 3. M.N.Nabiyev 4. N.U.Rizayev
58. Qaysi olim Xalqaro “Mendeleyev” nomli oltin medal bilan taqdirlangan? 1. S.Yu.Yunusov 2. K.S.Ahmedov 3. M.N.Nabiyev 4. N.U.Rizayev
59. Qaysi olim gʻoʻzapoya gidrolizi ustida fundamental ish olib borgan? 1.X.U.Usmonov 2. K.S.Ahmedov 3. M.N.Nabiyev 4. N.U.Rizayev
60. Rezerford tajriba asosida ajratib olgan gazni “flogistonlashgan havo” deb atadi. Bugungi kunda bu gaz qanday ataladi? 1. Azot 2. Karbonat angidrid 3. Kislorod 4. Metan
61. Alkogolsiz ichimliklar zamonaviy sanoatining otasi deb hisoblangan olim? 1. Djozef Pristli 2. Van Gelmont 3. Foma Akvinskiy 4. Rojer Bekon
62. 1735 yilda Shved kimyogari Georg Brand mis rudasini eslatadigan, havo rang mineralni oʻrgandi. Bu metall nima deb ataladi? 1. Kobalt 2. Temir 3. Mis 4. Volfram
63. Molibdenni kim kashf qilgan? 1. Piter Yakob Gelm 2. Van Gelmont 3. Foma Akvinskiy 4. Rojer Bekon
64. “Minerologiya sistemasi” kitobining muallifi kim? 1. Kronshtedt 2. Djozef Pristli 3. Djozef Blek 4. Van Gelmont
65. Qaysi olim suvning tuproqqa aylanishini tajriba yoʻli bilan tekshirishga urinib koʻrgan? 1. Antuan Lavuaze 2. Djozef Pristli 3. Djozef Blek 4. Van Gelmont
66. Qaysi korxona 1960-70-yillarda oʻz mahsulotlarini yuqori darajada bera boshlagan? 1. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 2.Qoʻqon oʻgʻit zavodi
3. Quvasoy sement zavodi 4. Toshkent yogʻ-moy kombinati
67. Oʻzbekistonda qaysi zavod 1938 yil ishga tushirilgan? 1. Quvasoy sement zavodi 2.Qoʻqon oʻgʻit zavodi
3. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 4. Toshkent yogʻ-moy kombinati
68. 1943 yilda Moskva viloyatidan qaysi zavod, qayerga koʻchirib keltirilgan?
1. Namangan kimyo zavodi 2.Qoʻqon oʻgʻit zavodi
3. Quvasoy sement zavodi 4. Toshkent yogʻ-moy kombinati
69. Qaysi olim XVIII asrning 60-yillarida koʻchani yoritish usullarini yaxshilashga bagʻishlangan tadqiqotlari uchun oltin medalga sazovor boʻlgan? 1. Antuan Lavuaze 2. Djozef Pristli 3. Djozef Blek 4. Van Gelmont
70. Qaysi olim 1774 yilning sentyabrida Parijga tashrif buyurib, Antuan Loran Lavuazega oʻzining “deflogistonlashgan havo” sining kashf etilishini gapirib bergan? 1. Djozef Pristli 2. Pyer Simon de Laplas 3. Djozef Blek 4. Van Gelmont