O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə138/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

177. Neytronlar yadroning ikkinchi qismi boʻlib, zaryadsiz boʻlsa ham uning massasini belgilaydi, degan fikrlar qachon paydo boʻldi?
A. 1935-yil B. 1897-yil C. 1888-yil D. 1927-yil
178. D.I. Mendeleyev qaysi usuldan foydalanib, yangi 11 elementning ochilishi mumkinligini oldindan aytdi?
1. Yulduz usuli yoki "atomanalogiya" usuli 2. Tellur vint usuli
3. Oʻzaro solishtirish usuli 4. Triadalar usuli
179. "Elementlarning atom massasi va kimyoviy oʻxshashligiga asoslangan tizimlash tajribasidan" degan dastur kim tomonidan ishlab chiqilgan?
1. D.I. Mendeleyev 2. J.Nyulends 3. U. Odling 4. E. Lensen
180. Qaysi olim "Elementar moddalarning oʻxshashligiga qarab guruhlash" asarini yozgan?
A. I.Dyobereyner B. U. Odling C. J.Nyulends D. E. Lensen
181. Barcha elementlar ham vodoroddan tarkib topgan, faqat ulardagi vodorod atomlari soni har xil, degan gipotezani ilgari surgan olimni koʻrsating.
A. Uilyam Praut B. Teodor Uilyam Richard 3.Jan Serve Stas 4.Leonard Eyler
182. Kimyoviy atomistika rivojining tub burilish nuqtasi qaysi shved olimi nomi bilan bevosita bogʻlangan?
A. Ya.Y. Berselius B. J. Dalton C. L. Eyler D. P. Gassendi
183. 1808 yilda "Kimyoviy falsafadagi yangi tizim" asarini yozib, yangi atomistik nazariyani batafsil yoritib bergan va azot oksidlarida N va O nisbatlari turlicha boʻlishini ham koʻrsatgan olimni toping.
A. Jon Dalton B. Isaak Nyuton C. Leonard Eyler D.Pyer Gassendi
184. Ushbu olimning tushuntirishicha, gaz molekulalari kattaligi bir xil emas, shuning uchun katta molekulalar orasidagi boʻshliqda kichkinalari taqsimlanadi. Olim kim edi?
A. Jon Dalton B. Isaak Nyuton C. Leonard Eyler D. Pyer Gassendi
185. Bu olimning fikricha: "Atomlar oʻtkir ilmoqlari bilan emas, balki maʻlum kuchlar bilan taʻsirlashadi. Bu kuch birinchi boʻlib zarrachalar orasida tortishish kuchi borligini, juda yaqin masofada esa, ular oʻzaro itarishishi mumkin"
A. Isaak Nyuton B. Leonard Eyler C. Jon Dalton D. Pyer Gassendi
186. Qaysi olim "Kimyo elementar kursi" ("Traite elementaire de chimic") asarida oʻzi yaratgan nazariyaga asoslanib va ishlab chiqarilgan nomenklaturadan foydalanib, oʻsha payt kimyosi sohasida yigʻilgan barcha yutuqlarni, bilimlar majmuasini tizimlashtirib chiqadi?
A. Antuan Lavuazye B. Lui Grimo C. Martin Genrix Klaprot D. Sharl Vyurs
187. Lui Grimoning Lavuazye haqidagi fikrlari berilgan javobni aniqlang.

  1. "Hozirgi zamon kimyo fani Lavuazye tomonidan yaratil­gan"

  2. "Kimyo fransuzlarning fani, u Lavuazye to­monidan yaratilgan"

  3. “Lavuazye kimyoviy nomenklaturaning asosini yaratdi va uni 1787-yilda nashriyotdan chiqarib eʻlon qildi”

  4. “1789-yilda boshlangan fransuz revolyusiyasi Lavuazyeni kimyo boʻyicha ilmiy ishlardan uzoqlashtirdi”

188. Rene Dekart fikrlarini bayon qiling.

  1. Korpuskulalar (corpuskula - mayda zarracha) ham yaxlit materiyadan iborat iborat boʻlib, ular boʻlinishi mumkin.

  2. Epikur atomistikasi bilan diniy tushunchalarni uygʻunlashtirib qoʻshib yuboradi, ammo atomlar va ular orasida boʻshliqlar mavjudligini tan oladi

  3. Ilmiy tadqiqotning asosiy yoʻli va rivoji avvaldan puxta rejalashtirilgan asosiy eksperimental ishlarini yoʻlga qoʻyishdir, deydi.

  4. "Sunʻiy havo" deganda barcha birikmalar bilan birikkan va ular qizdirilganda ajralib chiqadigan gazlarni koʻzda tutadi.

189. G. Burgavening ilmiy talqinini koʻsating.

  1. "Kimyo elementlari" asarida olov, havo, suv va tuproq haqida batafsil toʻxtaladi, ammo alkimyogarlarning notogʻri fikrlarini tahlil qiladi, flogiston na­zariyasi haqida hatto eslatib ham oʻtmaydi

  2. Oʻz asarlarida eski cherkov taʻsiri ufurib turgan deduktiv bilish oʻrniga, tajriba yoʻli orqali bilishning induktiv usulidan foydalanishni targʻib qildi.

  3. Metallar­ning kalsinatsiyalanishida ogʻirlashuv sababi havoning quyuqlashib, pechdagi issiqlik taʻsirida kichkina zarrachalar yopishadi

  4. Kasbdoshi Shtalga metall ohaklarining ayrimlarida "nordon tuz" borligi uchun eʻtiroz bildirgan edi

190. Frensis Bekon Verulamskiyning ilmiy talqinini koʻsating.

  1. Oʻz asarlarida eski cherkov taʻsiri ufurib turgan deduktiv bilish oʻrniga, tajriba yoʻli orqali bilishning induktiv usulidan foydalanishni targʻib qildi.

  2. Metallar­ning kalsinatsiyalanishida ogʻirlashuv sababi havoning quyuqlashib, pechdagi issiqlik taʻsirida kichkina zarrachalar yopishadi

  3. Kasbdoshi Shtalga metall ohaklarining ayrimlarida "nordon tuz" borligi uchun eʻtiroz bildirgan edi

  4. "Kimyo elementlari" asarida olov, havo, suv va tuproq haqida batafsil toʻxtaladi, ammo alkimyogarlarning notogʻri fikrlarini tahlil qiladi, flogiston na­zariyasi haqida hatto eslatib ham oʻtmaydi

191. Jan Reyning yonish jarayoniga oid izohlarini koʻrsating.

  1. Metallar­ning kalsinatsiyalanishida ogʻirlashuv sababi havoning quyuqlashib, pechdagi issiqlik taʻsirida kichkina zarrachalar yopishadi

  2. Kasbdoshi Shtalga metall ohaklarining ayrimlarida "nordon tuz" borligi uchun eʻtiroz bildirgan edi

  3. "Kimyo elementlari" asarida olov, havo, suv va tuproq haqida batafsil toʻxtaladi, ammo alkimyogarlarning notogʻri fikrlarini tahlil qiladi, flogiston na­zariyasi haqida hatto eslatib ham oʻtmaydi

  4. "Dogmatik va eksperimental kimyo" asarini kim yozib qoldirgan

192. Bu olimning fikricha, korpuskulalar (corpuskula - mayda zarracha) ham yaxlit materiyadan iborat iborat boʻlib, ular boʻlinishi mumkin. Olimni aniqlang.
A. Rene Dekart B. Tomas Severi C. Pyer Gassendi D. Jan Rey
193. Ushbu olim oʻz asarlarida eski cherkov taʻsiri ufurib turgan deduktiv bilish oʻrniga, tajriba yoʻli orqali bilishning induktiv usulidan foydalanishni targʻib qildi. U kim edi?
A.Frensis Bekon Verulamskiy B. Stiven Geyls C. Georg Ernest Shtal
2. Jozef Blek
194. Kimyogar … metallar­ning kalsinatsiyalashida ogʻirlashuv sababi havoning quyuqlashib, pechdagi issiqlik taʻsirida kichkina zarrachalar yopishadi deb tushuntiradi, ammo uning bu ilgʻor fikri faqat 150 yildan keyingina munosib baholandi.
A. Jan Rey B. F. Gofman C. G. Burgave D. E.F. Joffrua
195. Qaysi olim kasbdoshi Shtalga metall ohaklarining ayrimlarida "nordon tuz" borligi uchun eʻtiroz bildirgan edi?
A. F. Gofman B. G. Burgave C. E.F. Joffrua D. T.N. Bergman
196. Muallif "Kimyo elementlari" asarida olov, havo, suv va tuproq haqida batafsil toʻxtaladi, ammo alkimyogarlarning notogʻri fikrlarini tahlil qiladi, flogiston na­zariyasi haqida hatto eslatib ham oʻtmaydi. Muallifni toping.
A. G. Burgave B. F. Gofman C. E.F. Joffrua D. T.N. Bergman
197. Qaysi olimning "Moyillik jadvali" asari oʻzining tuzlar tarkibiga kuchli kislota va asoslar taʻsir etib, kuchsiz kislota va asoslarning siqib chiqarishini kuzatgan eksperimental ishlari asosida yozilgan edi?
A. F. Gofman B. G. Burgave C. E.F. Joffrua D. T.N. Bergman
198. Oʻzining mashhur tahliliy kimyo tadqiqotlari bilan shuhrat qozonib, sifat tahlilining "hoʻl" usulini joriy qilgan va bir qancha xususiy reaksiyalarni yoʻlga qoʻygani va tizimli sifat tahlili reaktivlari haqida qoʻllanmalar yaratgan olimni koʻrsating.
A. T.N. Bergman B. F. Gofman C. G. Burgave D.E.F. Joffrua
199. Gazlarni hosil qilish va yigʻish imkoniyatini yaratgan pnevmatik vannalar ixtirosidan keyin ularning xossalarini oʻrganish osonlashdi. Shunday vannani birinchi yaratgan olimni aniqlang.
A. Stiven Geyls B. Georg Ernest Shtal C. Jozef Blek D. Daniyel Rezerford
200. "Dogmatik va eksperimental kimyo" asarini kim yozib qoldirgan?
1. Georg Ernest Shtal 2. Jozef Blek 3. Daniyel Rezerford 4. Genri Kavendish


Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin