O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə139/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

KEYSLAR BANKI


Keys 1
1.1. Kimyo taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omillaridan biri jamiyat ehtiyojlari deb hisoblanadi. Sizning fikringicha bu omil shunchalik zarurmi? Misollar bilan izohlang.
1.2. Sinflash va tizimlashtirish - har qaysi fanning asosiy funksiyasidir va ular orasidagi munosabatni siz qanday izohlaysiz?
Keys 2
2.1. Alkimyoning vujudga kelishi va taraqqiyoti.
2.2. Rimliklar dinastiyasi davrida yunon madaniyati va dinining tanazzulga uchrashi.
2.3. “Alkimyo koʻzgusi” kitobida nimalar bayon qilingan va nima sababdan ulardan voz kеchildi?
Keys 3.
4.1.Yatrokimyo, pnеvmatik kimyo, texnik kimyo davrchalari kimyoning qaysi sohalarini yoritadi? Ular hamon taraqqiy etmoqdami?
4.2. Kashf qilinishi kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar qaysilar edi? Siz ularga misollar keltira olasizmi?
Keys 4
5.1. Miqdoriy qonunlar davridan keyin yana qanday qonunlar kashf etilgan? Ular hamon taraqqiy etmoqdami?
5.2. Kashf qilinishi kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar qaysilar edi? Siz ularga misollar keltira olasizmi?
Keys 5
6.1. Lavuazye, Kuk Dyuma, Odling, Kannissaro, Shan-Kurtua, Meyer, Nyulendslarning elementlarni tizimlashtirishdagi yutuq va kamchiliklari nimadan iborat edi? Nima uchun aynan D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy qonunini yarata oldi? Uning asosiy va hal qiluvchi omilini bilasizmi?
6.2. Sinflash va tizimlashtirish - har qaysi fanning asosiy funksiyasidir va ular orasidagi munosabat
Keys 6
7.1. XIX asr oʻrtalariga kelib radikallar va elektrokimyoviy dualizm nazariyalari orasida qarama - qarshi faktlar toʻplandi. Bu faktlar qaysilar edi va siz ularni tahlil qila olasizmi?
7.2. Qaysi hodisa moddalarda atomlarning turlicha bogʻlanishi mumkinligi haqidagi fikr tugʻilishiga olib keldi? Misollar bilan izohlang.
7.3. XX asr organik kimyo fanining asosiy belgisi eksperimental sintez boʻlsa ham, zamonaviy tadqiqot usullari intensiv rivojlandi. Buning asosiy sabab va omillarini qiyosiy tavsiflang.
Keys 7
8.1. Kimyo fani atom modelining kvant-mexanik nazariy jihatdan tushuntiradigan fundamental tadqiqotga asoslanadi. Ammo hozirgi zamon kimyo fani aniq ilmiy yoʻnalish boʻlib, oʻzining muammolarini yecha olishi uchun yana bir zaruriy omil bor. Sizningcha bu omil nima?
8.2. XIX asr oxiriga kelib kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishiga doir nazariyalar orasida qarama - qarshi faktlar toʻplandi. Bu faktlar qaysilar edi va siz ularni tahlil qila olasizmi?
8.3. XX asrning ilmiy taraqqiyotida, shuningdek kimyoda ham alohida fanlarning integrallanishi kuchaydi. Bular qaysi fanlar? Buning asosiy sabab va omillarini qiyosiy tavsiflang.
8.4. Murakkab tuzilishga ega birikmalarning nozik molekulyar strukturasini isbotlash qaysi muammolarning yechimi boʻla oladi? Misollar bilan izohlang.
Keys 8.
10.1. XIX asr oxiriga kelib kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishiga doir nazariyalar orasida qarama - qarshi faktlar toʻplandi. Bu faktlar qaysilar edi va siz ularni tahlil qila olasizmi?
10.2. XX asrning ilmiy taraqqiyotida, shuningdek Oʻzbekistonda kimyo sohasida ham alohida fanlarning integrallanishi kuchaydi. Bular qaysi fanlar? Buning asosiy sabab va omillarini qiyosiy tavsiflang.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin