TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX SANAT VA SPORT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI
1-BOSQICH 102- GURUH TALABASI
Bozorova Farangizning
Gimnastika fanidan tayyorlagan
TAQDIMOT ISHI
TERMIZ-2021
Gimnastika rivojlanish tarixi
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o`zgarishi bilan, odam haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek urush qilish usullarining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan. bular gimnastikaning mazmunan o`zgarishiga, uning o`qitish metodikasi va hatto mashqlarni bajarish texnikasining o`zgarishiga ham muhim ta`sir ko`rsatgan.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo`nalish ko`zga tashlana boshladi:
gigienik yo`nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi);
atletik yo`nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarni qo`llanish yo`li bilan odamning harakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb hisoblanardi);
amaliy yunalish (gimnastika urushda uchraydigan turli tusiqlardan oshib o`tishni soldatlarga o`rgatish vositasi hisoblanardi).
Uyg`onish davridagi gumanistlar yoshlarni har yoqlama tarbiyalashga katta ahamiyat bera boshladilar. gimnastika mashg`ulotlarini ular insonning sog`ligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirishning eng yaxshi vositasi deb bilardilar. xvi asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha ajratdi. sog`lomlashtirish gimnastikasini, ya`ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog`liq bo`lmagan gimnastikani u asosiy jismoniy tarbiya vositasi deb hisoblagan edi.
XVIII-XIX asrlardagi gimnastika tizimisiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi rimda hamda bir qancha g`arbiy evropa mamlakatlaridagi o`rta asrlar-davridayoq harbiya-jismoniy tayyorgarlik ko`rishda qullanilgan edi. yog`och ot (yog`och kon`) da, narvon va raqib qal`alariga hujum qilishni o`rgatishda qullanadigan boshqa inshoatlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar.
Shved gimnastika tizimi. nemis gimnastikasi bilan ketma-ket paydo bo`lgan. unda gigiena yo`nalishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. p. ling (1776-1839 yillar) gimnastikani xix asrning birinchi yarmida daniyada o`rgana boshladi. usha vaqtlarda gimnastika yoyilganligi jihatidan daniya g`arbiy evropadagi ilg`or mamlakatlardan biri edi.
Ya.a. Komenskiyning asarlari va uning didaktik printsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari jan-jak russo (1712-1778 yillar) va ayniqsa pestalotstsi (1746-1827 yillar) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdi. russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi, kuch va harakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy kamol topishga hamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Gimnastika
Akrobatika
Sport
Asosiy
Davolash
Badiiy
Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi xix asr boshlariga to`g`ri keladiki, bu ijtimoiy talablar oqibati edi. urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni talab qilardi. usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi. komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni talab qilardi. o`sha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi.
Russo, pestalotstsi va boshqa usha zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g`oyalari g`arbiy evropa mamlakatlarining burjua intelligentsiyasi tomonidan qullab-quvvatlanar edi. bu sohada amaliy ishlar ilk bor germaniyada boshlandi. xviii asrning 70-yillarida, ayrim shaharlarda yangi tipdagi maktablar-filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak gimnastika turlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablar hamda ularning turlari haqida tushunchaga ega boʻldim. Agarda siz ham oʻqib qolsangiz juda foydali boʻlardi.
Karimov I.A «Barkamol avlod– o`zbekiston taraqqiyotining poydevori». Tosh-1997 y.
Karimov I.A «Barkamol avlod– o`zbekiston taraqqiyotining poydevori». Tosh-1997 y.
«O`qituvchi ma`naviyatini shakllantirish». Tosh-2000 y.
R.Mavlonova, O.To`raeva, K.Holiqberdiev. «Pedagogika» Tosh- 2002 y.