Kimyoda oʻlchov ishlarining tantanasi
Lavuazye tirik toʻqimalar va organizmlar ham uglerod va vodorod birikmalari boʻlib, ular nafas olganda kislorod bilan birikishini Lavuazye idrok etdi. Shunday qilib Lavuazye ilgari amalga oshirgan kuzatishlari natijasida xulosa chiqarib, bajargan tajribalari asosida nafas olish jarayonida havo tarkibidagi kislorodning nimaga sarflanishi, va boshqacharoq usul bilan oʻlchash mumkinligini eʻtirof etdi. Bu ishlari natijasida 1774-yildan boshlab qisman, 1777-yillan boshlab toʻliq va ochiqchasiga flogiston nazariyasiga qarshi chiqdi.35
Ilgari aytganimizdek 1783-yilda Kavendish tomonidan "yonuvchi gaz" ning xossalari oʻrganilib, u yonganda suv bugʻi hosil qilishini aniqlaydi. Bu tajriba haqida eshitgan Lavuazye Kavendish gazini vodorod ("suv hosil qiluvchi") deb atadi. Shunday qilib, oʻz-oʻzidan, havo kabi suv ham ikki elementdan iborat murakkab modda ekanligi isbotlandi.
Lavuazyening yangi kashfiyot va nazariyalari kimyoning rasionallash oʻziga olib keldi. Endi materiyaning abstrakt elementlari unsurlar haqidagi taʻlimot inkor etilib uning urniga kimyogarlar tarozida tortish va hajmni oʻlchash kabi amallarga band boʻlib, shu ishlardan eksperimental puxta tekshirilgan va nazariy muhokamalarga asoslangan xulosalarni chiqarishga oʻrganishdi.
Kimyo fanining fundamental asoslarini yaratgan Lavuazye uning ustqurmasini shakllantirish bilan shugʻullandi. XVII asrning 80-yillarida Lui Bernar Giton de Morvo (1737-1816-yy.) Klod Lui Bertolle (1748-1822-yy.) va Antuan Fransua de Furkrua (1755-1809-yy.) kabi boshqa fransuz olimlari bilan hamkorlikda kimyoviy nomenklaturaning asosini yaratdi va uni 1787-yilda nashriyotdan chiqarib eʻlon qildi. Har qaysi kimyogar birikmalarni oʻzicha nomlab, kasbdoshlarini lol qoldiradigan davr oʻtib, mantiqiy prinsiplarga asoslangan tizim ishlab chiqildi.
1789-yilda Lavuazye "Kimyo elementar kursi" ("Traite elementaire de chimic") asarida oʻzi yaratgan nazariyaga asoslanib va ishlab chiqarilgan nomenklaturadan foydalanib, oʻsha payt kimyosi sohasida yigʻilgan barcha yutuqlarni, bilimlar majmuasini tizimlashtirib chiqadi. Bu kitobda oʻsha paytda maʻlum boʻlgan barcha elementlar roʻyxati keltirilgan edi. Bundagi 33 elementlardan faqat ikkitasi haqida notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlishi olimning oʻz davriga nisbatan ilgarilab ketgani va katta yutugʻidan nishona boʻlsa kerak. Bir necha oʻn yillar oʻtgandan keyingina yorugʻlik va issiqlik material substansiya boʻlmasdan, energiya turlari ekanligi isbotlandi. Flogiston nazariyasi tarafdorlari, ayniqsa Pristli ishlarini tan olishmas va tanqid qilishar edi. Birinchilardan boʻlib Lavuazye taʻlimotini shved olimi Bergman tan oladi. Shtal yurtdoshlari boʻlgan nemis olimlarining barchasi olimga qarshi boʻlishsa ham, Martin Genrix Klaprot (1743-1817-yy.) Lavuazye nazariyasining qoʻllashi juda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Uning oʻzi ham 1789-yilda uran va sirkoniy elementlarini kashf etib bu taʻlimotni boyitdi. Fransuz kimyogar-vatandoshlari Lavuazyeni koʻklarga koʻtarib maqtashadi. "Kimyo fransuzlarning fani, u Lavuazye tomonidan yaratilgan",- deydi fransuz olimi Sh. Vyurs (1817-1884). Lui Grimo (1835-1910) esa: "Hozirgi zamon kimyo fani Lavuazye tomonidan yaratilgan",-deydi. A.Lavuazyening ilmiy yutuqlarini 2 katta qismga boʻlish mumkin:
1. Flogiston nazariyasiga qarshi kurash (yonish, kuydirish, nafas olish jarayonlarining toʻgʻri tushuntiriligani bu nazariyani puchga chiqardi).
2. Kimyoviy elementga va murakkab moddalarga toʻgʻri taʻrif berish, kimyo reformasi - moddalar saqlanish qonunini tajriba yoʻli bilan isbotlash.
A.Lavuazye hayotining soʻnggi yillari ancha tashvishli va uning yakuni fojeali tugadi. 1789-yilda boshlangan fransuz revolyusiyasi olimni kimyo boʻyicha ilmiy ishlardan uzoqlashtirdi. Revolyusiyaning dastlabki yarimlarida iqtisodiy masalalar bilan shugʻullangan Lavuazye tezda revolyusiya haqida salbiy fikr bildiradi.
A.Lavuazye 1775-yilda Fransiyaning porox va selitra ishlari boʻyicha davlat boshqaruvchisi darajasiga erishgan edi. Arsenalga koʻchib oʻtgan olim oʻz mablagʻlari hisobidan laboratoriya quradi va umrining oxirgi 15 yili davomida u yerda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi, har xil ilmiy komissiyalarda faol qatnashadi. 1771-yilda boy sudxoʻr qizi Anna Mariya Polzga uylanadi, Oʻzi ham qaynatasidek shu ish bilan shugʻullanib, qarzdor fuqarolarning mulkini arzon-garovga olish va qimmat sotish natijasida boyib ketadi. Xalqning bunday foydaxoʻrlarga juda katta nafrat koʻzi bilan qarashi uning olimlik shaʻniga dogʻ tushirgan edi. Royalistlar bilan yaxshi aloqasi borligini bilgan respublikachilar uni 1792-yilda ishdan boʻshatishadi. Shu yilning mart oyida Milliy majlis qaroriga koʻra mollarini garovga qoʻyib qarzlarini toʻlash rasman taʻqiqlanadi, 1793-yil avgust oyida Parij FA yopiladi, oktyabr oyidan boshlab garovga mol-mulkini olib qarz berish tartibi ham bekor qilinadi. Shu tashkilotning barcha korchalonlari qatorida, erishgan yutuqdariga qaramasdan buyuk kashfiyotlar sohibi, ulugʻ olim Lavuazye ham hibsga olindi va Revolyusion tribunalning qarori bilan 1794-yil 8-may kuni olim gilotinada qatl qiildi. Fransuz revolyusiyasi tarafdorlari uni sudxoʻrlikda ayblab shunday qaror qilishdi. Tarix olim kasbdoshlari, birinchi navbatda u bilan maslakdosh boʻlgan buyuk fransuz revolyusionerlari Morvo, Bertolle va Furkrualarni hech qanday sabab va bahonalar bilan oqlamaydi. Ular juda katta obru-eʻtiborga ega, koʻzga koʻringan revolyutsionerlar aqlli boʻlsalar ham Lavuazyeni xalos etishga urinmadilar va uning taqdiri bilan qiziqmadilar. Lavuazyening qatl etilishi fan uchun qanday darajada yoʻqotish boʻlganini hech kim tasavvur etolmaydi, bu endi faqat Ollohgagina ayondir.
Dostları ilə paylaş: |