TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
Umarov B.B., Niyazxonov T.N. Kimyo tarixi.-Toshkent, Navroʻz, 2015.- 576 b.
Nuraliyeva G.A., Ibragimova Yu.E., Kadirova SH.A. Kimyo tarixi.//Oʻquv qoʻllanma. Toshkent: Mumtoz-soʻz nashriyoti. 2019. – 200 b.
Миттова И.Я., Смайлов А.М. Истории химии древнейших времен до конца ХХ века Т.1 -2009, Т.2 -2012.Umarov B.B., Niyazxonov T.N. Kimyo tarixi –Toshkent, Navroʻz, 2015, 576 b.
Cobb, H.Goldwite. Creations of Fire Chemistry`s Lively History from Alchemy to the Atomic Age // Originally published by Plenum US in 1995. 455 b.
Фигуровский М.Н. Очерк общей истории химии. – Москва: Наука.1978.
A.Grenberg. From alchemy to chemistry in picture and story WILEY, 2007.
Левченков С.И. Краткий очерк истории химии. Изд. РГУ. 2006.
Ўзбекистон Республикаси. Энциклопедия.- Тошкент.- Қомуслар бош таҳририяти.- 1997 йил .- 656 б.
www.chemport.ru.
www.subscribe.ru.
http://www.xumuk.ru.
OʻZBЕKISTONDA KIMYO FANI VA UNING ISTIQBOLLARI
Reja:
Oʻzbеkistonda kimyo fani taraqqiyoti.
XIX asrda kimyoning oʻqitila boshlanishi.
Oʻzbеkiston Rеspublikasida bugungi kunda kimyo fani va kimyo sanoati hamda ularning istiqbollari.
Kimyo sanoati tarmoqlari.
Tayanch tushuncha va iboralar:
OʻzR Fanlar akalemiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari. Umumiy va anorganik kimyo instituti. Oʻsimlik moddalar kimyosi instituti. Bioorganik kimyo instituti. Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti. Tabiiy, sunʻiy va sintetik materiallar. Poliamid tolalar. Kaprolaktam. Nitron. Feromonlar ishlab chiqarish. Sintetik yuvuvchi vositalar. Qiyin eriydigan va oʻtga chidamli metallar. Reniy. Volfram. Vanadiy. Boshqa rangli metallarni ishlab chiqarish. Gidrometallurgiya. Mineral oʻgʻitlar. Mikroelement tutgan oʻgʻitlar. Kompleks oʻgʻilar, pestisid va defoliantlar. Tabiiy gaz. Gaz kondensati va neftekimyo sanoati. Kichik tonnajli anorganik va organik sintez. Kimyo sanoati korxonalarini avtomatlashtirish. Qora va rangli metallurgiya. Kimyo sanoatini texnik qayta jihozlash.
Biz 3 ming yillar oldingi davrga toʻgʻri keladigan Jez davrini tarixdan yaxshi bilamiz. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari sifatida misni qalayga qorishtirib jez kashf qilingan va undan keskir tigʻli mehnat qurollari, roʻzgʻor va kosmetika buyumlari, maʻbudlar, naqshdor buyumlar yasalgan
Oʻzbekistonda meloddan avvalgi VIII-VI asrlarda temir davri boʻlib, ular Xorazm, Baqtriya, Sugʻdda va Fargʻona vodiysida yaxshi oʻrganilgan. Temir rudasining mis va qalayga nisbatan tabiatda koʻp uchrashi aytilgan. Meloddan avvalgi 1-minginchi yillar oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda zargarlik, toʻqimachilik, rudalardan metallar olish rivojlandi.
V asrning ikkinchi yarmi va oltinchi asrning boshlarida Turk hoqonligi davrida Fargʻona va Sugʻdda oltin, mis, temir, simob qazib olingan. Shu davrda har xil kimyoviy jarayonlar – neft, gaz, koʻmir qazib olingan. Samarqand va Buxorada oq qogʻozlar ishlab chiqarilgan, qovunlarni saqlash uchun va suvlarni yurgizish uchun qoʻrgʻoshinli mahsulotlardan foydalanilgan,
Oʻrta asr boshlarida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, konchilik, oyna yasash, mineralogiya, meditsina va kimyo rivojlandi.
Oʻrta asr alkimyosining yirik vakillaridan biri Ibn Sinodir. “Kitob ash-shifo” va “Tib qonunlari” da 100 dan ortiqroq kimyoviy toza moddalar, aralashmalar koʻpgina kislota, ishqor, shifobaxsh moddalarni tibbiyot amaliyotiga qanday ishlatishni koʻrsatdi va kimyoviy jarayonlar xaydash, qayta kristallash, tozalash, sublimatsiyalash haqida fikrlar berilgan. Abu Rayxon Beruniy ham kimyo faniga katta hissa qoʻshgan. Uning “Kitob as-Saydana fi-t-tibb” (“Dorishunoslik”) asarida mineral dorilar haqida gap boradi. Uning kimyo haqida u bilan chambarchas bogʻliq geologiyaga bagʻishlangan qator asarlari dunyoga maʻlum va mashhurdir.
Meditsina sohasida Sharqda yozilgan koʻp asarlar orasida dorishunoslikka oid boblari boʻlgan va ahamiyatli hisoblanganlaridan biri Abu-Bakr ar-Roziyning “Tib ilmining barcha sohasini oʻz ichiga qamrab oluvchi kitobi” va “Qisqa vaqt ichida davolashdir” dir. Birinchi ikkita kitob Ibn Sinoning “Tib qonunlari” maydonga kelguncha meditsina fanida asosiy qoʻllanma boʻlib kelgan. X-asr boshlarida Buxoroda tugʻilgan Abu Mansur Hasan ibn Nux-al Qumriy tib ilmining yirik olimlaridan biridir.
Abu Mansur “Kitob gino va muno” asarini inson organizmida paydo boʻladigan har xil kasalliklar, dorilar va ularni davolash usullariga bagʻishlaydi.
Oʻrta Osiyo va Xurosonda yashab ijod etgan al-Beruniy, ar-Roziy, Abu-Mansur Buxoriy va Ibn Sinolar bir vaqtda ham tabib, ham botanik, ham kimyogar boʻlganlar. Yuqorida zikr etilgan olimlarning botanika va dorishunoslik fanining dastlabki davrlardagi taraqqiyoti uchun katta hissa qoʻshganliklarini bilamiz.
Oʻzbekistonda kimyoning keyingi yillarda taraqqiy etishini ham shartli ravishda quyidagi besh davrga boʻlish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |