O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


XX asr kimyosining birinchi belgisi shuki



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə75/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

XX asr kimyosining birinchi belgisi shuki, kimyo fani atom modelining kvant-mexanik nazariy jihatdan tushuntiradigan fundamental tadqiqotga asoslanadi. Faqat shu nazariyaning tadbigʻi kimyoviy elementlar xossalarining atomdagi yadro zaryadi oshishi natijasida davriy oʻzgarishini tushuntiradi. Kvant kimyosining keyingi bosqich rivoji kimyoviy bogʻ mexanizmini tushuntirishga imkoniyat yaratdi. Kimyoviy element va birikmalarning reaksion qobiliyati va ularning miqdoriy xarakteristikasiga asos solindi. Shuning uchuy ham hozirgi zamon kimyo fani aniq ilmiy yoʻnalish boʻlib, oʻzining muammolarini fizikaviy-matematik apparatga ega boʻlmasdan turib yecha olmaydi. Kimyo fani nazariy asosining yaratilishi uning amaliy imkoniyatlarini rivojlantirdi va sintezni ilmiy bashorat qilinishiga olib keldi, yaʻni yangi birikma va moddalar, obrazli qilib aytilganda, nazariyotchi-olimning perosi uchida tugʻiladi.
Hozirgi zamon kimyosining ikkinchi asosiy belgisi - xossalari oldindan aniqlangan yangi moddalar yaratish imkoniyatining tugʻilishidir. Albatta, ilgari ham olimlar maʻlum xususiyatli moddalar sinteziga eʻtiborlarini qaratishgan edi. Ammo XX asrning ilmiy tadqiqotlarida EHMning qoʻllanishi butunlay yangi sifat darajasidagi imkoniyatlar yarat­di. Sizlarga maʻlumki uzoq yillar davomida kimyoning asosiy vazifasi minerallar tarkibini tahlil qilishdan iborat edi. Bunda kimyo oʻzining eng birinchi muhim vazifasi - moddalar tarkibini oʻrganish masalasini hal qiladi. Zamonaviy kimyo fanining muhim metodolik asosi kimyoviy bilishning klassik "uchburchakligi" (tarkib - tuzilish - xossa)ning uzviy bogʻlikligini oʻrganishdir.
Sifat va miqdoriy tahliliy usullar XIX asrda yaratilgan boʻlib, ular XIX asrda elektrokimyoviy va termokimyoviy (fizik kimyo tarmoqlari) usullari bilan boyidilar. Ammo bularning barchasi XX asrda kimyo taraqqiyotiga progressiv oʻrin egallash imkoniyatini bermadi. XIX asr oxirlariga kelib kimyoviy tadqiqotlarni amalga oshirishda fizika fani oʻzining spektral-optik usulini qoʻllab yangi revolyusion bosqich yaratdi.
XX asrdagi kimyo fani keskin yuksalishining asosiy omillaridan biri zamonaviy fizik va fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining yaratilishidir. Yuqori mukamallikka ega bu usullarga misol qilib rentgenospektral va rentgenofaz tahlil, rentgenostrukturaviy tahlil (RSA). UB-, IQ-, radio-, EPR-, YaMP - spektroskopiyasi, mass-spektrometriya, belgilangan atomlar usuli va aktivasion tahlil, magnitkimyoni koʻrsatishimiz mumkin.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin