O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Geometrik belgisi (dispers zarracha oʻlchami)



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə72/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Geometrik belgisi (dispers zarracha oʻlchami) boʻyicha nanosistemalarni uch guruhga ajralish mumkin:
1. Uch oʻlchamli (hajmiy) nanozarrachalar, ularda har uchala oʻlcham (d1, d2, d3) nanooraliqda boʻladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, hajmiy zarrachalar juda ham kichik egrilik radiusiga ega boʻladi. Bunday tipga kolloid eritmalar (zollar), mikroemulsiyalar I-chi tartibli fazoviy oʻtishlarda hosil boʻladigan kurtak zarrachalar (kristallar, tomchilar, gazli pufakchalar, sirt-faol moddalaming suvli va suvsiz muhitlardagi mitsellalari (toʻgʻri va teskari) kiradi.
2. Ikki oʻlchamli (nozik plenka va qavatlar) nanozarrachalar, ularda faqat bir oʻlcham (qalinlik) nanooraliqda boʻladi, qolgan ikkitasi esa (uzunlik va kenglik) istalgancha katta b oʻlishi mumkin. Bunday sistemalar nozik suyuq plyonkalar, fazalar oʻrtasidagi sirtda mono- va poliqavatli adsorbsiya (jumladan Lengmyur-Blodjett plenkasi), sirt-faol moddalarning ikki oʻlchamli plastinkali mitsellalari, nozik suyuq koʻpikli (ikki yacheyka orasida - koʻpik), emulsiyali (tomchilar oʻrtasida toʻgʻri va teskari emulsiya va hoʻllanadigan qattiq sirt yoki gaz yoki boshqa suyuqlik bilan ajratilgan) plenkalarga boʻlinadi. Koʻpikli va emulsiyali plenkalar simmetrik, hoʻllanadigan plenkalar esa simmetrikmas plenkalar jumlasiga kiradi. Sirt-faol moddalar bilan barqarorlashtirilgan koʻpikli simmetrik plenkalarning qalinligi bir necha nanometrdan (nyuton qora plenkalari deb ataladi) bir necha 10 nanometrgacha boʻlishi mumkin.
3. Bir oʻlchamli nanozarrachalar, ularda kesim oʻlchamlari nanooraliqda boʻladi, uzunligi esa istalgancha katta boʻlishi mumkin. Bir oʻlchamli ultradispers zarrachalarga nozik tolalar, juda nozik kapillyarlar va gʻavaklar, sirt-faol moddalaming silindirsimon mitsellalari va ularga koʻp jihatlaridan oʻxshash boʻlgan nanotrubkalar kiradi. Ushbu gruppaga uch fazani, yaʻni qattiq jism, suyuq va gazni ajratuvchi hoʻllanish chizigʻi (yoki uch fazali kontakt chizigʻi) ham kiradi.
Dispers sistemalarning ularning oʻlchamliligi boʻyicha klassifikatsiyasi nafaqat formal nuqtai nazardan ahamiyatli. Erenfest tamoyiliga koʻra zarracha geometriyasi (oʻlchamlik, fazo) fizikaviy parametrlarni bogʻlovchi bogʻliqliklar harakteriga ahamiyatli taʻsir koʻrsatadi. Jumladan, darajali koʻrsatkichi Nyutonning tortishishi qonuninidagi masofada va Kulon oʻzaroelektrostatik taʻsirida uch oʻlchamli holat uchun -2 ga, ikki oʻlchamli holat uchun esa -1 ga teng.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin