O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə110/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

144. Qaysi joining bronzasi tarkibida 2-16 % qalay bo’lgan, undan tashqari rux va boshqa metallar uchragan?
1. Misr; 2. Qadimiy Xitoy; 3. Assiriya; 4. Hindiston.
145. Qaysi olim simobni suyuq kumush deb atardi?
1. Aristotel; 2. Gerard Kremonskiy; 3. Albert Bolshtedskiy; 4. Gerbert
146. Asli italiyalik olim, umrining asosiy qismini Ispaniyaning Toledo shahrida o’tkazgan bu olim arab tilidan 92 ta traktatlarni tarjima qilgan.
1. Gerard Kremonskiy; 2. Albert Bolshtedskiy; 3. Gerbert; 4. Aristotel.
147. Bu olim alkimyoviy tajribalarning izohlarida mishyakni shunchalar aniq tavsifladiki, ba’zan olimlar bu element ochilishini shu olim nomi bilan bog’laydilar, holbuki mishyak to’g’risida arab alkimyogarlari ancha axborot to’plashgan va uning birikmalarini ham bilishar edi. U kim?
1. Albert Bolshtedskiy; 2. Gerard Kremonskiy; 3. Gerbert; 4. Aristotel.
148. Qaysi olim o’zining "Alkimyo ko’zgusi" kitobida barcha murakkab tarkibli metallar va boshqa minerallar simob va oltingugurt birikmalaridan hosil bo’lgan deb yozgan edi?
1. Rodjer Bekon; 2. Albert Bolshtedskiy; 3. Gerbert; 4. Aristotel
149. Oltin olish shunchalar inson ongini og’uladiki, zamonaning yetuk allomalari ham shu yo’lga kirib ketdilar. Hatto rivojlanishi va fan taraqqiyoti yuqorilab ketgan XVII asr namoyandalari … va … ham bir muddat adashib shu yo’ldan borishgan.
1. Boyl, Nyuton; 2. Rodjer Bekon, Boyl; 3. Gerbert, Buyuk Albert;
4. Nyuton, Rodjer Bekon.
150. Qaysi asr oxirlariga kelib eritma tayyorlash, cho’ktirish, haydash, bug’lantirish, sublimatlash, kalsinatsiyalash (kuydirish), qayta kristallash, ekstraktsiyalash kabi ishlar to’la o’rganildi.
1. XVI; 2. XVII; 3. XIV; 4. XIX.
151. Qaysi olim 1800- yilda dastlab ikki xil metall plastinkalarini elektr to’kini o’tkazuvchi eritmaga tushirish orqali elektr toki hosil qilish mumkinligini ko’rsatib berdi?
1. Aleksandro Volta; 2. Uilyam Nikolson; 3. Entoni Karlayl;
4. Ya. Berselius.
152. Qaysi olim elementlarning reaksiyon qobilyatini sinflashda elektrokimyoni asos qilib oldi va "Kimyoviy reak­siya turli atomlardagi qarama-qarshi zaryadli zarrachalarining o’zaro ta’siridir",- deb aniqladi.
1. Ya. Berselius; 2. Uilyam Nikolson;
3. Entoni Karlayl; 4. Aleksandro Volta.
153. Qaysi olimlar birinchi bo’lib elektr toki ta’sirida suvni parchalash reaksiyasini, ya’ni G. Kavendish reaksiyasining teskarisini amalga oshirdilar?
1. Uilyam Nikolson va Entoni Karlayl; 2. Ya. Berselius va J.Dalton;
3. Aleksandro Volta va G. Kavendish; 4. R.Boyl va R.Bekon.
154. Garchi Parasels davomchilaridan hisoblanib katta shuhrat qozongan yatrokimyogar bo’lsada, Paraselsning kuchli ta’sir etuvchi dorilarni qo’llash fikriga qarshi chiqqan olimni aniqlang.
1. Andreas Libaviy 2. Anjelo Sala Daniil Zennert 4. Fransua Deleboe Silviy
155. Qaysi olim 1597-yidda "Alkimyogar" asarini yozib e’lon qildi?
1. Andreas Libaviy 2. Anjelo Sala
3. Daniil Zennert 4. Fransua Deleboe Silviy.
156. Qaysi olim Van Gelmontning me’da shirasi kislotali xossalari va fermentlar haqidagi ta’limotini rivojlantirdi?
1. Fransua Deleboe Silviy 2. Anjelo Sala
3. Daniil Zennert 4. Andreas Libaviy.
157. Tibbiyot sohasida ishlagan professor bo’lsa ham, bu olim fizikaviy atomistik ta’limotni rivojlantirdi. Bu nazariya eritmalar hosil bo’lishi va sublimatlash kabi kimyoviy jarayonlarni tushuntirish uchun qo’l keldi. Olim kim edi?
1. Daniil Zennert 2. Anjelo Sala
3. Andreas Libaviy 4. Fransua Deleboe Silviy.
158. Qaysi olim o’z zamonasining ilg’or kimyogari sifatida kimyoviy hodisalarni tushuntirishda rasional yo’llardan foydalandi, kuporoslardan va oltingugurtni yoqish usuli bilan olinadigan "oltingugurt spirti" ("spiritus vitrioli")ning har ikkisi bir narsa ekanligini isbotladi. Selitradan nitrat kislotasi olish mohiyatini tushuntirib berdi?
1. Anjelo Sala 2. Andreas Libaviy 3. Daniil Zennert 4. Fransua Silviy.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin