Manzarali oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari. Reja: O’simliklarning kelib chiqish tarixi.
O’simliklar evolutsiyasi va unga hissa qo’shgan olimlar
Vavilov nazariyasi. Kelib chiqish markazlari
Evolyutsiya jarayonidan ma’lumki, odamlar o`zlarining kundalik turmush tarzidan kelib chiqib, o`zi yashab turgan tabiatdan juda ko`p foydali o`simliklarni ajratib olishdi, eng zarurlarini ekib o`stiraboshlashdi, yovvoyilarining hosilini terib olishga o`rgandi. O`simliklar odam evolyutsiyasi bilan birgalikda rivojlanib kelmoqda, chunki barcha hayvonlar kabi ibtidoiy odam ham dastlab o`simlik barglari, mevalari bilan tirikchilik qilgan. Arxeologik qazilmalardan ma’lum bo`lishicha, mehnat qurollari bilan birgalikda don va urug`larning suratlari saqlanib qolgan. Birinchi madaniy o`simliklar yoki ibtidoiy odamlar tomonidan ekilgan o`simliklar tosh davri (paleolitning oxiri, neolitning boshiga)ga yoki bundan taxminan 10-12 ming yillar oldingi davrga to`g`ri keladi. Bu vaqtda odam endigina o`troqlasha boshlagan bo`lib, odam qo`li bilan o`simlik urug`larini terib olishga aqli yetgan, chunki hamisha ov qilib yoki baliq ovlab qornini to`ydira olmas edi. Ish qurollari ko`payib, yovvoyi hayvonlarni xonakilashtira boshlangandan so`ng odamlar soni ko`paya bordi. Ularni uzluksiz oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun, albatta, o`simliklarni ko`proq ekish, ozuqa zahirasini to`plash kerak edi. Odamlar yerni haydashda endi hayvonlar va yog`och molalardan foydalandi va ongsiz ravishda o`zlari yetishtirgan o`simliklar urug`larini qayta eka boshladi.
Odam asta-sekin o`simliklarning yaxshi hosil bergan, yirik urug`li mevalarini ta’miga, pishganiga qarab ajratishga o`rgandi. Tanlashning ilk kurtaklari boshlangan bu davrda olingan urug`larning hammasini yaxshi deb bo`lmasdi, ko`pi duragay urug`lari bo`lgani uchun hosildorlik past edi. Odam evolyutsiyasi shakllanishi jarayonida o`simliklar ham madaniylashib bordi, chunki o`simlik odamning turmush tarzini belgilaydigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Eramizgacha yashagan zardushtiylarning “Avesto” kitobida Xorazmda dehqonchilik juda taraqqiy etganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Zardushtizmning asosiy aqidalari tangrini asrab, tilda ibodat qilib, yerga ikki qo`llab ishlov berish, chorvani ko`paytirish, bog`lar yaratish zarurligini qayta-qayta uqtiradi. Eramizdan oldingi yillarda odamlar dehqonchilikda mo`l-ko`l hosil olishga harakat qilishgan, bu vaqtlar bug`doy, qovun, zaytunlar mo`l bo`lgan. Zardushtiylar shunchalik aqlli bo`lganlarki, ichimlik suvi oqadigan ariq, ko`l va quduqlar yoniga faqat ixota daraxtlar ekishni tavsiya qilishgan. Demak, meva suvga tushsa, chirisa, yuqumli kasalliklar tarqatadigan mikroblar paydo qilishini bilishgan. Ular kanal, quduq qazish, suv chiqarish ishlari bilan shug`ullanishgan. “Avesto”da qayd etilishicha ular sog`lom hayot, sog`lom nasl qoldirish uchun harakat qilishgan. Masalan, suvni, tuproqni pok tutishga astoydil intilishgan. Tabiatni asrash, bizningcha, ekologiyani birinchi o`ringa qo`yishgan, nasl toza bo`lmog`i uchun, homilador ayol hayajonlamasligi kerak, ikki qo`llab qilingan halol mehnat evaziga yaratilgan luqmani yeganda sog`lom farzand tug`iladi, deb bilishgan. Eramizgacha avlodlarimiz juda ko`p madaniy o`simliklarni bilishgan. Masalan, Baqtriya qazilmalarida bug`doy, kunjut, qovun va qovoq urug`lari topilgan.
Ibtidoiy odam g`orning namligini hisobga olib bo`yoqqa moy qo`shgani bois u XV asr mobaynidagi turli sharoitlardan “omon-eson” o`tib, asl holatini saqlab qolmoqda. G`orning yoshi va suratlar paleolit davriga yoki XV asr oldingi davrga tegishli deb hisoblanadi. Kantabr tog`laridagi g`orda esa narvonda qo`lida asal to`la idish va olov ushlab turgan odamning surati bor. Demak, bunday suratlarni chizish ibtidoiy qobiliyatli odamligini ko`rsatadi, u o`simliklarning ham zarurlarini, ta’mi yaxshilarini ekkan.
U davrlarda odamlar bug`doy, arpa, sholi, soya, zig`ir, tok, chorva uchun yem-xashak ekinlarini ekishgan, ularni hamma yerda ko`paytirishga intilishgan. Masalan, yo`ng`ichqa o`simligining tarqalishi Aleksandr Makedonskiy nomi bilan bog`liq. U bilan birga bo`lgan odamlar borgan joylarda otlariga yem-xashak yetishtirish uchun yo`ng`ichqa urug`larini olib yurganlar. Bora-bora bu ekin O`rta yer dengizi bo`ylaridan keng tarqalgan. Kunjut va zig`ir haqida ham shunday fikrlarni aytish mumkin. Chunki, sipoxlarning ovqatlari uchun moy ham zarur bo`lganda. Tarqala borish jarayonida turli muhitga tushishi natijasida o`simliklarning fiziologik va morfologik xususiyatlari va xo`jalik belgilari o`zgarib, turli bosqichidagi madaniy ekinlar paydo bo`lishiga olib kelgan. Arxeologik qazilmalarda topilgan ma’lumotlar ibtidoiy va qadimgi dehqonchilik yer sharining turli, joylarida turli holda, turli vaqtlarda o`ziga xoslik bilan shakllanib yovvoyi holda o`suvchi o`simliklar madaniylashtirilganidan dalolat beradi. Endilikda madaniy o`simliklarning aborigen fondi introduksiya orqali o`zaro aloqalar yordamida yoki boshqa mamlakatlarda o`suvchi ekinlarni olib kelib o`stirish yo`li bilan boyitildi. Odamlar o`rtasida urug`larni to`g`ridan-to`g`ri va karvon va suv yo`llari orqali almashtirish yordamida o`simliklar tarqalardi. Odamlarning yashash joylariga qarab o`simliklarning tur xillari va ekotiplari ham o`zgarib bordi. Dastlab antik davrda gullab-yashnagan mamlakatlar, xususan, Gretsiya va Rimda asrlar davomida dehqonchilik va maxsus dehqonchilik bo`yicha to`plangan tajribalar ilk bor jamlanib, yozib qoldirildi. Qadimgi Rimda dehqonchilik madaniyati gullab-yashnadi, ekin turlari (donli, dukkakli, moyli, sabzavotlar, mevali daraxtlar) ko`paydi, xatto oraliq (siderat) ekinlarni ekish yo`lga qo`yildi. Qadimgi rimliklar birinchi bo`lib, tuproq unumdorligini oshirish uchun siderat ekinlarni va sabzavotchilikda issiqxonalarni kashf qilishdi. Bu jarayonda ular sabzavotlarni maxsus aravachalarga ekib, kunduz kunlari ularni ochiq joyga, kechalari esa ichkariga kiritib qo`yishga o`rgandilar, tuproq rel’efiga, qiyaliklarga, shamol yo`nalishiga, yog`inlar miqdoriga e’tibor beradigan bo`ldilar. Eramizgacha madaniy o`simliklarning minglab turlari va ekotiplari ekildi.
O`simliklarning kelib chiqishi, shakllanishi va yangi turlar madaniylashtirilishi introduksiya va seleksiya ishlari bilan bog`liq holda rivojlandi, yangi, serhosil, tashqi muhitga chidamli navlar yaratildi. Hosildorligi va yalpi hosili oshishi, turli tuproq-iqlim sharoitida o`stirish uchun bu o`simliklarning biologiyasi, tashqi muhit bilan o`zaro aloqasi va ularga agrotexnik tadbirlar ta’siri o`rganila bordi. O`simliklar mahsulotlari yetishtirishni muttasil ko`paytirib, sifatini yaxshilay borish uchun ularning shakllanish jarayonidagi biologik qonuniyatlarni o`sish va rivojlanishini ilmiy asosda bilish zaruratga aylangan davr boshlandi.
Ekiladigan barcha o`simliklar tarixiy rivojlanish davrlari davomidagi qator noqulay sharoitlarda sekin-asta o`z biologiyasiga va ontogeneziga ega bo`ldi. O`rganilayotgan yangi navlar yoki introduksiyalar tashqi muhitga moslashib, yuqori hosil bergani bilan muayyan vaqtdan so`ng hosildorligi kamayib, tashqi muhitga chidamsiz bo`lib qolishi ma’lum bo`ldi. O`simliklarning o`sishi, rivojlanishi va shakllanishini to`g`ri tushunish uchun ingliz olimi Ch.Darvinning evolyutsiya nazariyasi asosida ish olib boriladi. Ch.Darvin “Uy hayvonlari va madaniy o`simliklarning o`zgarishi” nomli kitobida madaniy o`simliklarni xonakilashtirishni uch bosqichga bo`ladi:
Dunyoning hamma burchaklarida ibtidoiy odamlar tomonidan olib borilgan son-sanoqsiz tajribalar, zarurat tufayli uzluksiz ishlatishlar va bu jarayonda olingan ma’lumotlar odamlar oziqaviy qiymati, shifobaxshlik xususiyatlariga ko`ra eng past sifat ko`rsatkichlariga ega o`simliklar bilan tanishuviga olib keldi. Biz hozirgi odamlar o`z ajdodlarimizdan uzib bo`lmaydigan darajada katta qarzdormiz, chunki ular dastlabki davrlarda o`simliklarning tanavvul qilib bo`lmaydigan achchiq, nordon mahsulotlarini ham yeb ko`rishga majbur bo`ldilar, iste’molboplarnigina ko`paytirib, avloddan-avlodga qoldirishdi.
Yovvoyi odamlar qator muvaffaqqiyatsizliklaridan so`ng o`simliklarning mahsulotlaridan turli oziq-ovqatlar tayyorlashni o`rganib olishga, ularni o`zlari yashab turgan joyda ekishga kirishdilar.
Sivilizatsiyaning dastlabki davrida odamlar ma’lum qonuniyatlar asosida o`zlari bilgan eng yaxshi tur, avlod va oilaga mansub o`simliklar urug`larini to`plashdi, ularni o`z ehtiyojlari uchun ishlatishdi, qayta ekib, ongsiz ravishda tanlashga erishishdi. Biz hozirgi kunda bundan ming yillar burun olib borilgan ishlarning hosilini o`rib olayapmiz, xolos.
Bu davrda tabiiy shakllangan turlar, tashqi omillar ta’siri ostida organizmlar o`zgarib, irsiy belgilari tabiiy tanlash davomida foydali tomonga o`zgarib bordi. Tanlash natijasida organizmlar tashqi muhitga, muayyan sharoitga o`z morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan moslashib, ko`p mahsulot berishga intiladi.
Madaniylashtirishning dastlabki paytlarida dalada, cho`lda yoki o`rmonda o`sadigan o`simliklardan eng yaxshilari tanlab olinib, unumdor yerlarga ekilgan. Ekilgan urug`lar ustida tanlash ishlari olib borilgan, odamlar yildan-yilga tanlab eka boshlashgan. Bora-bora bir maydonda yoki bir-biriga yaqin maydonda bir o`simlik turlari ekilib, ularning duragay yoki yangi botanik tur hosil qilishi kuzatilgan. Bundan tashqari inson ongi o`sishi natijasida o`simlikka urug`ning sifati, o`g`it, namlik va boshqa omillar ta’sirini seza boshladi. Shunday qilib o`simliklarni madaniylashtirish jarayoni shakllandi. Odam o`zi yashab turgan muhitdan o`simlik turlarini foydali tomonlariga, tabiiy duragaylanish va yovvoyi floradaga eng afzallik xususiyatlariga qarab tanladi. Ularni erta unib chiqish, qurg`oqchilikka yoki namga o`ta chidamlilik, kasallanmaslik xususiyatlarini aniqlangan holda ajratdi, saqladi va ko`paytirishiga harakat qildi.
Ch.Darvinning organik dunyo evolyutsiyasi va turlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyasini o`simlikshunoslikda va seleksiyada buyuk rus olimi N.I.Vavilov keng ma’noda o`rgandi. Bu nazariyaga K.A.Timiryazev, I.V.Michurin va boshqalar ham katta ishonch .A.Timiryazev o`simlikning oziqlanishi va yashashi uchun yangi sharoit hosil qilish orqali yangi tip yoki ayrim o`simlik organlarida o`zgarishlar hosil bo`lishini aniqladi. V.Michurin chatishtirish ishlari orqali yangi duragaylar va ularni qayta tanlash ishlarini amalga oshirib, yangi duragay yoki nav yaratishga erishdi.
Uzoq yillar davomida olib borilgan introduksiya natijasida hamda oddiy tarqalish bilan o`simliklar dunyo bo`ylab yoyildi. Endilikda dunyoning hamma mamlakatlarida bir xil o`simlik turlari va tur xillarini ko`rish mumkin. O`simliklarning yovvoyi ota-ona avlodlarini aniqlash esa juda qiyin edi. Ularning ayrim turlari yashayotgan odamlar irqiga qarab ham ma’lum bir joyda qayta shakllangan, oldingi belgilarini yo`qotib, yangi tur o`simlikka aylangan edi. Bunday holatni masalan, o`rik, anjir yoki grex yong`oqlarida ko`rish mumkin. Ular Kavkazda, O`rta Osiyoda hamda Janubiy Florida bir-biridan katta farq qilgan holda uchraydi.
O`simliklarning kelib chiqish tarixini bilishdan maqsad ko`payib borayotgan odamzotni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi bilan bog`liq. O`simliklardan yuqori hosil olish uchun yangi navlar yaratish, yangi navlarni yangi joylarga moslashtirish, olinadigan mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari yuqori bo`lishi uchun bu o`simliklarning asl vatanini bilish juda katta ahamiyatga ega. O`simliklarning bir-biri bilan genetik bog`liqligi, irsiy belgilaridan bir qismi fenotipda yo`q bo`lib ketganligi yangi navlar yaratishda muhim o`rin egallaydi. Ma’lum bir tur o`simliklarning tashqi muhit ta’sirida xonakilashtirilganda yovvoyi avlodlariga qarab o`zgarganini ko`ramiz. Bu guruh o`simliklarga sebarga, yo`ng`ichqa, lyupin, o`rik, grek yong`og`i, bodom va anjir kiradi. Hozir ularning yovvoyi shakllari yo`q.
Ayrim tur o`simliklarning esa hozirgi kunda ham yovvoyi turlari uchraydi. Bularga bug`doy, arpa, ko`k no`xat, xashaki dukkak, no`xat va boshqalar kiradi. Yana bir tur madaniy o`simliklarning yovvoyi turlari mutloq yo`qolib ketgan. Shaftoli va boshqa mevali daraxtlar shunday o`simliklardan hisoblanadi.
O`simliklarning kelib chiqishi haqidagi birinchi ilmiy ishlar shvetsariya botanigi Dekandolga tegishilidir. Uning “Botanicheskaya geografiya” 1855 y. Va “Proisxojdenie kul’turno`x rasteniy” (1883 y.) nomli kitoblari XX asrning birinchi choragida bu sohadagi asosiy manba bo`lib qoldi. Ularda o`simliklarning kelib chiqishi to`liq bayon etilgan. Dekandol 247 o`simliklarning yovvoyi holdagi 194, yarim yovvoyi holdagi 27, madaniy holdagi 26 turini (yovvoyilari topilmagan) aniqladi. Olingan ma’lumotlarga ko`ra, Dekandol odamzot, evolyutsiyaning dastlabki paytlarida hali yozuvlar bo`lmagan paytdan o`simliklarni madaniylashtirish bilan band bo`lgan. Dekandol, odamlar o`zlarining tarixiy rivojlanish jarayonida u yoki bu o`simlikni bir-biridan olib, o`stirib mutloq o`zining o`simligiga aylantirib yuborgan, yillar davomida ko`p o`simliklarning botanik belgilari o`zgarib ketgan, degan xulosaga keldi. Ularning kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar bo`lmagach, olim o`simlikning asl vatanini aniqlashda nisbiy usullarni qo`lladi: o`simlik sistematika va geografiyasiga, arxeologiya va lingvistikasiga asoslandi. Dunyoning hamma burchagidan topilgan o`simliklar gerbariylariga, arxeologik qazilmalarida topilgan namunalarga va boshqa manbalarga qarab ko`pgina o`simliklarning kelib chiqish markazlarini aniqladi. Dehqonchilik markazlarini Dekandol uch hududga bo`ldi: Xitoy, Janubiy-G`arbiy Osiyo va Amerika. Bunda u bir narsaga. Dehqonchilik Osiyoda daryo yaqinida boshlangan deydi, ammo Amerikadagi yassitog`liklarda o`simlikning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratdi.
N.I.Vavilov o`simliklarning madaniy markazlarini aniqlashda yangi klassifikatsiya va sistematika hamda genetika va seleksion yo`nalishni asos qilib oldi. Buyuk olim Dekandol ishlarini tanqidiy nuqtai nazardan o`rganib, shunday xulosaga keldi:
Ko`pgina o`simliklarning turlari-bug`doy, arpa, suli bir-biridan tur xillariga ko`ra, keskin o`zaro farq qiladi. Bug`doyning 1000 dan ortiq shakli bor. Ana shuning o`zi ulardan xar birini alohida o`rganish mumkinligini ko`rsatadi;
Yovvoyi turlar hech qachon ma’lum bir o`simlik avlodining oshlang`ichi bo`la olmaydi, unga faqat yaqin avlod, qachonlardir yo`qolib ketgan ajdodlariga o`xshash bo`lishi mumkin;
shu xulosalarga asoslanib, N.I.Vavilovning 1920 yilda dunyo bo`ylab o`simliklarning kelib chiqishi, geografik tarqalishi, turlari, tur xillari, kelib chiqish markazlarini aniqlash va ularni ma’lum guruhlarga bo`lish haqidagi fikrlarini e’lon qildi. N.I.Vavilovning ilmiy nazariyasi asosida 23 yil davomida dunyoning beshta qit’asidagi 65 dan ziyod mamlakatda ilmiy-amaliy kuzatishlar olib borildi, bir necha marta ekspeditsiya uyushtirildi va ekspeditsiyada o`simliklarning botanik sistematikasi boshlang`ich turlarining hosil bo`lishi va madaniy o`simliklar orasida dastlabki rivojlanish bosqichlarini o`rganish bosh g`oya hisoblangan. Bu vaqtda o`simliklar introduksiyasini tashkil qilish masalasiga juda katta e’tibor berildi. Introduksiya ishlari ilk bor o`tgan asrning 90-yillarida “Udel vedomstva” tomonidan olib borildi. Bunda professor A.N.Krasnov va agronom I.N.Klingenlar subtropik o`simliklar zahirasini birinchi marta o`rganishdi. Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi choy o`simligi bilan tanishish va choy urug`larini olish edi. Ekspeditsiya mehnatining mahsuli hozirgi kunda Kavkaz orti mamlakatlarida namli subtropik mintaqalarida samarasini bermoqda. O`rganishlar shuni ko`rsatdiki, yangi dunyo mamlakatlari dalalarida asosan eski dunyodan olib ketilgan donli ekinlar o`smoqda. Kanada bog`larida rus olma va noklari yaxshi hosil beryapti.
O`simlikshunoslik sohasidagi dastlabki izlanishlardan ma’lum bo`ldiki, o`simliklarning yangi navlari, yaxshilangan shakllarini yaratish va topish uchun o`simliklar zahirasini o`rganish katta ahamiyatga ega. O`simliklarning kasalliklarga bo`lgan immunitetini o`rganish uchun dunyo mamlakatlaridan yig`ilgan katta kolleksiya va namunalar sinab ko`rildi. Yevropadan to`plangan o`simlik namunalari o`rganish davomida ularda o`rganiladigan material sifatida bir xillik topilmadi. Shundan keyin Yer shari o`simliklari tarqalishini ularning zahirasi, evolyutsiyasi, kelib chiqish markazlaridan o`rganish va aniqlash lozimligiga ishonch hosil qilindi.
N.I.Vavilov Eronga qilgan birinchi ekspeditsiyasi natijasida 1916 yilda bug`doy va javdarning haligacha fanga noma’lum bo`lgan bir necha tur xillarini topdi. Asosiy ekinlarning Yer sharida mutlaqo o`rganilmagan holati dunyo o`simliklari zahirasini o`rganish va ularning kelib chiqish markazlarini aniqlash kabi ishlarni rejalashtirishga sabab bo`ldi.M ekinlarning navlarini yaxshilash yoki ularning kasallik va zararkunandalarga chidamlilik darajasini oshirish uchun seleksioner mustahkam boshlang`ich material turlariga ega bo`lishi, ulardan zarur paytlarda, zarur sharoitda chatishtirish yo`li bilan boshlang`ich materialning qimmatbaho xususiyatlarini yangi yaratilayotgan navga o`tkazish imkonini beradi. O`tgan 23 yildan ko`proq vaqt ichida (1916-1939) N.I.Vavilov Yer shari mamlakatlarining asosiy qismidagi o`simliklarni o`rganib chiqdi.
Madaniy o`simliklarning asosiy qismi Osiyo, Janubiy Yevropa, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikadan kelib chiqqan bo`lib, Yer shariga ular shu mamlakatlardan tarqalgan. Avstraliya qit’asi yaqin vaqtlargacha dehqonchilikni bilmagan yagona qit’a hisoblanadi. Avstraliya va Yangi Zellandiyaning hozirgi kundagi ko`pgina qimmatbaho o`simliklaridan foydalanishni keyingi asrda tatbiq qilindi. Shu vaqtgacha bu hududning boy o`simliklari florasidan hech kim foydalanmagan edi. Ular sirasiga ekvaliptlar, akatsiyalar, kazuarinlar, yangizellandiya zig`iri, manzarali daraxtsimon veronika va boshqalar kiradi. O`simliklar markazini izlash davomida amerikaliklardan farqli o`laroq yumshoq iqlimda o`sadigan o`simliklarni topishga harakat qilindi. Janubiy Osiyo, tropik Afrika, Markaziy Amerika va Braziliyaning juda xilma-xil o`simliklar boyligidan ma’lum bir qismigina Ko`hna dunyo mamlakatlarida o`stirilishi mumkin. Bu yerda tuproq-iqlim sharoiti mutlaqo boshqa, hatto suptropik mintaqalari ham Janubiy Florida, Puerto-Riko, Gavay orollari va Filipinga qaraganda birmuncha sovuqroq. Asosiy maqsad madaniy ekin bug`doy, arpa, suli, zig`ir va don-dukkaklilarni o`rganishga qaratilgan edi. Olib borilayotgan ishning asosiy o`zagi o`simlikning evolyutsiya g`oyalarini o`rganish bo`lgani bois boshlang`ich turlarni o`rganishga katta e’tibor berildi, har bir turning tarqalish evolyutsiyasi to`liq o`rganildi. Sayohat davomida faqat tog` etaklarida o`simliklarning kelib chiqish vatanini aniqlashdan boshqa narsalar bilan ham qiziqishdi. Chunki yer shari mamlakatlarida qanday o`simliklar o`stirilayotganini, Argentina, AQSh, Kanada va G`arbiy Yevropa mamlakatlaridagi asosiy ekinlar turini bilish lozim edi. Birin-ketin besh qit’adagi o`simliklar turi va ularning kelib chiqish vatani hamda tarqalish evolyutsiyasi aniqlab chiqildi. Uzoq davom etgan ekspeditsiyada S.M.Bukasov va S.V.Yuzenchuklar Meksika va Janubiy Amerika bo`ylab kartoshka, makkajo`xori va g`o`zani, V.V.Markovich Hindiston, Ye.N.Sinskiy Seylon va Yavadagi o`simliklarni o`rgandilar.
Umuman olganda, ekspeditsiya davomida yer sharining dehqonchilik bilan shug`ullanadigan barcha mintaqalari to`liq o`rganib chiqildi va Qo`shma Shtatlarda avval to`plagan materiallardan sifat va son jihatidan kam bo`lmagan qimmatbaho boy ma’lumotlar to`plandi. Vavilov izlanishlarida eng katta e’tibor qishli, bo`ronli, tog`li mamlakatlarga, sahroga tutash joylar,sahro va chala sahrolarga berildi, shuningdek, vohalarda dehqonchilikning ko`p yillik natijalarini ko`rishdi. Olim har bir mamlakatga kirib borganida o`sha mamlakatdagi “dehqonchilik ruhini” ko`tarishga harakat qildi, uning tuproq-iqlim sharoitini, ekiladigan ekin turlari va navlarini o`rganib chiqdi va ushbu mamlakatdan eng qimmatli yangiliklarni olib, dunyo dehqonchilik evolyutsiyasini va dunyo o`simlikshunosligini shu mamlakat bilan bog`lashga intildi. Geografik adabiyotlar juda keng ko`lamda bo`lgani uchun har bir kuzatishda har kim o`z imkoniyati darajasida fikr yuritdi, olingan ma’lumotlarni o`z yo`nalishi bo`yicha joylashtirdi. Botaniklar tomonidan aniqlangan yer shari florasida yuqori gulli o`simliklar taxminan 200 ming turdan ziyod deb hisoblanardi. Ammo bu ma’lumotlar to`liq emas edi. Janubiy Osiyo, Markaziy Amerika va Afrikaning tog`li mamlakatlari to`liq o`rganilmagan yer sharidagi boy, xilma-xil o`simliklar florasi to`liq o`rganilishi lozim edi.Botanik geografiyada odatga aylangan bir holat bor: afsuski, o`simliklarning boy, ko`p xil turlari dunyo bo`ylab tekis taqsimlanmagan. Yer sharining ayrim mamlakatlarida o`simliklar turlari nihoyatda ko`p, ayrimlarida turlar xili juda kam uchraydi, Janubiy-Sharqiy Osiyoda yer sharida uchraydigan o`simlik turlarining uchdan biri mavjud edi. Braziliya, Kordil’er, Markaziy Amerika, O`rta yer dengizi qirg`oqlarida va Janubiy Afrikada o`simliklar florasi xilma-xilligi bilan ajralib turardi. Shimoliy mamlakatlar-Sibir’, Kanada va Shimoliy Yevropa mamlakatlarida katta maydonlarda o`simliklar turi kam va florada deyarli bir xil o`simliklar uchraydi. Yevropa va Osiyoning shimoliy mintaqalari yigirma-o`ttiz turga mansub yirik yog`ochli o`simliklar bilan qoplangan. Bu mamlakatlarda o`simliklar olami xilma-xil, ammo ular ham tur soniga qarab, tropik va subtropik mamlakatlardagi o`simliklar turidan ancha kam. Kosta-Rika respublikasidagi birgina pigmey o`simligi turlari AQShning Alyaska va Kanadadagi turlarini qo`shib hisoblagandagidan ham ko`p edi.Y davomida to`plangan va isbotlangan ma’lumotlarning o`simliklarning botanik geografiyasini yanada boyitishga imkon berardi. Shuning uchun izlanish ishlarini uzluksiz olib borish orqali yana ishonchli ma’lumotlar olishga erishildi.
Yer sharining o`simliklar o`sadigan qismi taxminan 850 mln. Gektar bo`lib, umumiy quruqlikning 7 foizga yaqin maydonini egallaydi. Madaniy ekinlarning umumiy tur soni manzarali o`simliklar qo`shib hisoblanganda 1500-1600 ta.ga yetadi.Turlarning geografiyasini va kelib chiqishini aniq hududlarda o`rganib, tekshirib chiqib, ko`pchilik madaniy o`simliklar kelib chiqishiga ko`ra, quyidagi asoiy geografik markazga mansub, degan xulosaga keldi
Tropik markaz : tropik Hindiston, Hindu-Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini o`z ichiga oladi. Shu markazda hozirgi kunda ekiladigan o`simliklarning uchdan biri tarqalgan. Bu yerlar sholi, shakarqamish, ko`plab tropik meva va sabzavotli o`simliklarning vatani hisoblanadi. Yer shari aholisining asosiy qismi hozirgacha ham tropik Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiladi.