O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə26/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy VIII asr oxirida Xorazmda tug’ilgan, Bag’dodda vafot etgan. Xorazmiyning nisbati lotincha kitoblarda Algoritmus, Algorysmus, Alxoarismus, Alkauresmus va hokazo shakllarda yozilib yangi arifmetika -algoritm (algorizm) nomini yaratdi. Bu nomlar aslida “Xorazmiy” ekanligini sharqshunos olim J.Reyno 1849-yilda aniqlab bergan. Xorazmiyning asarlarida hind algebrasi bilan grek geometriyasi birlashtirilgan edi, bu esa hozirgi matematika fanining asosiy manbaidir.
Xorazmiy faqat mate­matika emas, geografiya faniga ham katta hissa qo’shgan. VIII asr oxiri IX asrlarda obod bo’lgan Bag’dod shahrida fan yuksak darajaga erishdi. Xalifa Xorun ar-Rashid og’li al-Ma’mun (813-833- yillarda hokim bo’lgan) davrida “Donishmandlar uyi” (“Bayt ul-Hikma”) akademiyasi barpo etildi, unga butun dunyodan olimlar jalb qilindi. Bular orasida O’rta Osiyolik olimlar Muhammad Xorazmiy, ahmad al-Farg’oniy, Abbos bin Sayd Javhariy va Ahmad bin Abdullo Marvaziy ham bor edi. Arab halifaligi kuchaygan IX asrda Bag’dod olimlari Yer meridianini o’lchashga kirishdilar. Ayni shu paytda halifa Ma’mun osmon va jahonning batafsil xaritasi tuzilsin degan Farmoni oliy beradi. “Jahon xaritasi” ni tuzishda 70 dan ortiq olimlar ishladi, ularga M.Xorazmiy boshchilik qildi. Shu munosabat bilan Xorazmiy “Surat ul-arz” xaritalar kitobini yozadi va bu asar “Xorazmiy geografiyasi” degan mashhur ta’limot asosi bo’lib xizmat qildi. Italyan sharqshunosi Q.Nallino aytishicha: “Yevropada hech bir xalq Xorazmiy erishgan yutuqda erishishga va bunday asar yaratishga qodir emas edi”.


Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Qodir al-Farg’oniy
Bag’dod observatoriyasi xodimlaridan biri, Xorazmiyning zamondoshi edi. Farg’oniy geodeziyaga doir kitoblar, jumladan “Usturlob tog’risida mukammal ma’lumot” (“Al Komil fil usturlob”), “Usturlob san’ati to’g’risida” (“Fi sanoat ul-usturlob”), “Yetti iqlim” va astronomiyaga doir kattagina (“Javomi ilm al-nujum val harakat as-samoviya” de­gan) kitob yozgan. Farg’oniyning xizmatlaridan biri shuki, u 861-yili al-Mutavakkilning buyrug’i bilan Nil daryosidagi suv sathini o’lchovchi moslama o’rnatish uchun Qohira shahriga borgan va bu asbobdan hozirgacha foydalanib kelishlari bizni hayratga qoldiradi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin