O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Ibn Sinoning kimyoga munosabati



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə25/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

Ibn Sinoning kimyoga munosabati. Eramizgacha II asrda Farg’onada shisha tayyorlash va vino texnologiyasi rivojlangan edi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida O’rta Osiyo konlaridagi qazish ishlari, shisha, bo’yoqlar, qog’oz ishlab chiqarish, terini oshlash kabi hunarmandchilik ma’danshunoslik va kimyo fanining keskin yuksalishini taqozo qilar edi. O’sha davr olimlarning qo’llagan usullaridan eritmalar tayyorlash, filtrlash, suyuqlantirish, qartonlash, ya’ni distillash, quruq haydash, amalgamalar olish hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Ibn Sinoning kimyo fani taraqqiyotida fanga ko’p yangiliklar kiritdi, ayniqsa o’sha paytdagi kimyogarlarning oddiy metallarni (mis, temir) asl metallarga (oltin, kumush) aylantirish mumkin degan nazariyalarini qattiq tanqid ostiga oldi. Olim kimyogar bo’lmasa ham, o’z tajribalarida unga katta e’tibor bergan. “Tib qonunlari” asarining II jildida faqatgina oddiy dori-darmonlar (al-adviyat al-'mufrada) haqida yozilgan, V jildida murakkab dorilar (al-adviyat al-murakkaba) haqida tushuncha berilgan. Ibn Sino dorivorlar tayyorlashda juda ko’p anorganik moddalardan ham foydalangan: oltin, kumuga, mis, qalay, qo’rg’oshin, temir, po’lat, isfidoj (qo’rg’oshin), kibrit (oltingu­gurt), zarnix (auripigment), buroq (bura va soda), magnisiya (marganes ma’dani), to’tiyo (galmey), za’faron, zanjar, zodi, natrun, novshadillar. Ibn Sino bu moddalarning xossalarini o’rganadi, anorganik kimyoga oid muhim ma’lumotlar keltiradi. Simob xususiyatlarini tushuntirib, uni oltingugurt bilan biriktirib kinovar (sunjufr) olish va uning teskarisini amalga oshirish mumkinligini yozadi. Simob, ayniqsa uning bug’lari zaharli ekanligini o’sha davrdayoq olim aniqlab bergan edi. Xuddi shuningdek organik moddalardan sirka kislota va mis ta’sirida mis asetati (zanjara) olishni o’rgatadi.
Ibn Sino suvning og’irligini o’lchash orqali uning sifatini aniqlash usulini kashf etgan va yengil suv yaxshiroq ekanligini isbotlagan. Ibn Sino suvning sifatini ba’zan ma’lum usullar bilan. ba’zan quyidagicha aniqlaydi. Massasi bir xil bo’lgan ikkita paxta yoki mato bo’lagini ikki xil suv bilan ho’llab, keyin ularni yaxshilab quritadi va tarozida tortadi, qaysi jism yengilroq kelsa, o’sha namuna botirib olingan suv tozaroq hisoblanadi. Shu usul bilan distillangan suv olishni ham birinchi bo’lib Ibn Sino qo’llay boshladi. Qatronlab yuvish bilan tozalangan suvdan dori-darmonlar tayyorlash uchun erituvchi sifatida foydalanar edi. Kimyo fanini rivojlantirishda olim yozgan “Kitob ash-shifo” falsafiy asarining ahamiyati juda katta bo’lgan. Bu asar alkimyogarlarga berilgan eng katta va qaqshatqich zarba edi: “Alkimyogarlar yangi jismlar yarata olmaydilar. Ular metallarga turli ishlov berib rangini o’zgartiradilar, ammo tarkibi o’zgarmaydi. Bir xil metallni ikkinchisiga aylantirish menga tushunarli emas, aksincha, men buning imkoniyati yo’q deb hisoblayman. Oddiy jism o’zidan boshqa jismni ajratmasligi kerak”,- deb talqin etadi. Shunday qilib uning asarlarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklari paydo bo’lgandi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin