O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə21/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

Abu Nasr Forobiy
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O’zlug’ Tarxon Forobiy (873-950-yy.) - jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan mutafakkir, O’rta Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Forobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanishtirgani tufayli Sharq mamlakatlarida ulug’lanib, “Al-Muallim as-Soniy” (Aristoteldan keyingi “Ikkinchi muallim”), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy barcha bilimlarga oid 160 dan ortiq asar yaratgan. Uning ilmiy ishlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarining ilmiy meroslarini izohlash, targ’ib qilish.
2. Fanning turli sohalariga doir mustaqil original asarlar yaratish.
Forobiy yunon mutafakkirlari - Ptolemey, Platon, Aristotel, Yevklid, Porfiriy asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlarini (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va boshqalar) batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan, kamchiliklarini ko’rsatgan, ularning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yarat­gan. Forobiyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina emas, o’rta asr Yevropasini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta rol o’ynadi.
Forobiyning mustaqil asarlarini mazmuniga qarab 7 ta katta guruhlarga ajratish mumkin. Faqat materiya xossalari va turlarini anorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatini o’rganuvchi, ya’ni tabiiy fanlar - kimyo, fizika, optika, tibbiyot, biologiyaga bag’ishlangan adabiyotlarning o’zi quyidagilar: “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola” (“Maqola fi vujub sano-at alkimyo va-r radd ala mubtiluho”), “Fizika asoslari haqida kitob” (“Kitob fi usul ilm al- tabiat”), “Inson a’zolari haqida risola” (“Risola fi a’zo al-insoniya”), “Hayvon a’zolari haqida so’z” (“Kalom fi a’zo al-hayvon”) va hokazo.
Forobiy tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlarini “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” asarida batafsil yoritgan. Kitobda o’rta asrda ma’lum bo’lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifi, ahamiyatini alohida ko’rsatib bergan. Uning sinflashiga oid barcha fanlar 5 guruhga ajratiladi:
1. Til haqidagi ilm (7 bo’limdan iborat).
2. Mantiq va uning bo’laklari.
3. Matematika (arifmetika, geometriya, optika, astronomiya, musiqa, og’irliklar haqidagi ilm, mexanika).
4. Tabiatshunoslik va metafizika (ilohiyot) ilmi.
5. Shaharlar haqidagi fanlar.
Fanlarning bu sinflanishi o’z davrida ilmiy bilimlarni tizimlashtirishning mukammal shakli bo’lib, bilimlarning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Forobiyning falsafiy qarashlari avvalambor Aristotel ta’limotini neoplatonizmdan tozalash, sof aristotelizmni tiklash va ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirish edi. Borliqning kelib chiqishi haqida Fo­robiyning al-Istiqsot ta’limoti materialistik mazmundan iborat. Bunga ko’ra mavjudot 4 unsur: tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham yer jismlari ham shu unsurlarning birikushidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning farq qilishiga sabab ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha bo’lishidir. Masalan, olov-issiqlik sababi, suv-sovuqlik va namlik, tuproq - qattiqlik sababi va hokazo. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bog’langan 6 darajaga bo’ladi. Shu o’rinda buyuk yurtdoshimizning alkimyoga oid bir fikrini eslatib o’tish lozim: o’sha paytda ma’lum bo’lgan 6 ta metallarni bir turkumga kiritib, „Ularni bir-biriga aylantirish mumkin, bu metallar bir-biridan qattiqligi, yumshoqligi, rangi, quruq va ho’lligi bilan ozgina farq qiladi“,- degan alkimyoviy qarashlarni himoya qilgan.
Forobiy bilishning ikki bosqichini-hissiy va aqliy bilish farqini ko’rsatib bergan. Forobiy „Aql ma’nolari haqida“ risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi, u aql bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta’sir - ta’lim-tarbiyaning natijasi deb o’rgatadi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin