O’zbekiston Respublikasi va oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
TRIBOTEXNIKA ASOSLARI
5320300 – Texnologik mashina va jihozlar ta`lim yo’nalishi
uchun
MA’RUZALAR MATNI
Namangan-2014
Ushbu ma’ruzalar matni 5320300 –Texnologik mashina va jihozlar ta’lim
yo’nalishi uchun tayyorlangan ishchi o’quv dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchi: M.Abduvaxidov, NamMTI, TMJ kafedrasi dotsenti
M.Sayidmurodov, NamMTI, TMJ kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: A.Botirov, NamM’I, TMJ kafedrasi dotsenti
A.Burxonov, NamMTI, TMJ kafedrasi dotsenti
Ma’ruzalar matni Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Texnologik
mashina va jihozlar" kafedrasining yig’ilishida tasdiqlangan. 27 avgust 2014 yil,
bayonnoma № 1
Ma’ruzalar matni Namangan muhandislik - texnologiya instituti o’quv-uslubiy
kengashida muhokama kilingan va cho’ etishga ruxsat etilgan 31 avgust 2014 yil,
bayonnoma № 1
1-MA’RUZA
ISHQALANISH VA YEYILISH TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Reja
1.Tribotexnika fanining rivojlanish tarixi.
2. Amonton, Kulon va Yeylerning ishqalanish to’g’risidagi qonunlari.
3.Ishqalanish va yeyilish jarayonining asosiy atamalari.
Ishqalanish tabiatning ajoyib xodisasidir. U insoniyatga issiqlik va olov berdi,
tormoz sistemasi tufayli tez yurib ketayotgan poezd va avtomobilni kiska vakt
ichida to’xtatish, kimeviy reaktsiyani minglarcha marotaba tezlashtirish, odam
ovozini plastinkaga yozib olish, g’ijjak ovozlarini eshitish imkonini va boshqa ko’p
narsalarni berdi.
Ishqalanish - deyarli xar kanday mexanizm ishlaganida albatta sodir bo’ladigan
jarayon. Texnikada u ikki xil axamiyatga ega: ijobiy va salbiy. Podshipniklar, tishli
uzatmalar, porshenli tizimlarda ishqalanish sirtlarining yeyilishiga, kuvvatni isrof
bo’lishiga olib keladi. Foydalanayotgan energiyaning 30-40% ishqalanishga sarf
buladi. SHuning uchun bu o’rinda ishqalanish zararli omil hisoblanadi. Tormozlar va
ilashish muftalarida esa ishqalanish foydalidir, shu bois bu o’rinda yeyilishning
ruxsat etilgan chekli qiymatlaridan chiqib ketmagan holda uni ma’lum kiymatgacha
oshirishga xarakat kilinadi. Ishqalanishning natijasi yeyilish xodisasidir. Olimlarning
olib borgan izlanishlari shuni ko’rsatmokdaki mashina va mexanizmlarning ishlash
qobiliyatini 80-90 % ga sabab ishqalanish hisobiga yeyilishdir.
Ishqalanish tabiatini o’rganishni birinchi bor qadim zamonlarda Aristotelь
boshlagan edi. Uningcha, har-bir real jismning siljishida u tashqi qarshilikka duchor
bo’ladiku, bu qarshilikning miqdori uning vazniga (og’irligiga) bog’liqdir. Ammo
Aristotelь inertsiya xodisasini bilmas edi. CHunki u jismning o’ziga bog’liq bo’lgan
qarshilik bilan jism xarakatidan hosil bo’lgan tashqi muxit qarshiligining farqiga
yetolmagan edi.
Keyinroq Leonardo da Vinchi ishqalanish sabablarini chuqurroq o’rganib,
o’zining bu sohaga ulkan xissalarini qo’shdi. U davrda olimlar va ixtirochilar
o’rtasida abadiy dvigatelь yasash to’g’risidagi tortishuvlar eng avjiga chiqqan vaqt
edi. Leonardo da Vinchi abadiy dvigatelь yasash mumkin emasligiga ishqalanish
jarayoni yo’l qo’ymasligini isbotlab berdi va ishqalanish kuchi qo’yidagi omillarga:
-ishqalanish yuzalarining materialiga;
-ishqalanish yuzalariga ishlov berishning sifatiga;
-ishqalanish koeffitsienti yuk (nagruzka)ning qiymatiga to’g’ri proportsional
ekanligini isbotlab berdi. Ishqalanish kuchi miqdorini kamaytirish uchun ishqalanish
yuzalari oralig’iga rolik yoki sharik qo’yish kerakligini aniqlab berdi.
Ishqalanuvchi
uzellarning
tuzilishini
ish
sharoitiga
moslashtirish
mexanizmlarning ishlash samaradorligini belgilaydi va friktsion tuzilmaning
chidamliligi
xamda
ishonchliligini
oshirish
imkonini
beradi.
Ishqalanish
materiallarini tadkik kilish soxasida tuplangan tajriba va mashina detallarining
ishqalanishi, yeyilishi xamda moylanishiga oid nazariy ishlar maxsus texnik fan -
tribologiya fanini yaratish imkonini berdi.
Tribologiya - yunoncha so’z bulib «Tribos» - «Ishqalanish» - «Logos» - «Fan»
ya’ni - «Ishqalanish va yeyilish» xakidagi fan demakdir.
Tribotexnika - qattik jismlar bir biriga nisbatan xarakatlanganida ularning ta’sir
ko’rsatuvi xaqidagi fan bo’lib mashina va mexanizmlardagi ishqalanish, yeyilish va
moylashga oid butun masalalar majmuini o’z ichiga oladi. Keyingi yillarda
tribotexnikada yangi bo’limlar tribokimyo, tribofizika va tribomexanika bulimlari
rivojlanmokda.
Tribokimyo - o’zaro urinuvchi sirtlarning kimeviy aktiv muxit bilan
ta’sirlashuvini o’rganadi. U ishqalanishdagi yemirilish muammolarini, tanlama
ko’chirishning kimyoviy asoslarini va ishqalanishda metall va polimerlarning yoki
moylash materialining parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan kimyoviy aktiv
moddalarning detallar sirtiga ta’sirini tekshiradi.
Tribofizika - o’zaro urinuvchi sirtlarning, xarakatlangan vaqtdagi o’zaro
ta’sirlashuvi jihatlarini o’rganadi.
Tribomexanika - o’zaro urinuvchi sirlarning o’zaro ta’sirlashish mexanikasini
o’rganadi. U energiyaning, impulьsning tarqalishini, ishqalanishdagi mexanik
o’xshashlikni, reaktsion tebranishlarni, reversiv ishqalanishni, gidrodinamika
tenglamalari va boshqalarni ishqalanish, yeyilish hamda moylash masalalariga
bog’lab o’rganadi.
Tribotexnikaga oid ko’pgina atamalar standartlashtirilgan. GOST-23.
Ishqalanish sabablarini o’rganishda Leonardo da Vinchi o’zini katta hissasini q
o’shgandir. U birinchi bo’lib ishqalanish koeffitsienti tushunchasini kiritdi. Bunda
ishqalanish kuchi ishqalanaetgan yuzalar materialiga, ularning yuza tozaligiga
bog’likligini, yuklanishga to’g’ri proportsionalligini aniqlagan. Buni bartaraf qilish
uchun yuzalar orasiga roliklar qo’yish yoki yog’lashni tavsiya etgan.
Galiley tomonidan qilingan yangilik, ya’ni inertsiya qonuni va jismni massasi
xaqidagi tushun chalarni o chilishi mexanikada katta o’zgarish sodir qildi. Galiley,
jism he ch qanday qarshiliksiz bo’shliqda, doimiy bir xil tashqi kuch ta’sirida doimo
bir xil tezlanishda harakatlanishini isbotladi. Bu esa, inertsiya va tezlikni
o’zgarishidan xosil bo’ladigan harakat qarshiligidan, tashqi ishqalanish kuchlaridan
xosil bo’ladigan tashqi muhit qarshiligini farqlash imkonini berdi.
1699 yilda fransuz olimi Amonton birinchi bo’lib ishqalanish kuchining
yuklanishga chiziqli bog’liqligini, ya’ni ishqalanish kuchi yuklamaga (yukka) to’g’ri
proportsional ekanligini sharhladi:
Dostları ilə paylaş: |