2-MA’RUZA
QATTIQ JISMLARNING KONTAKTI VA UNGA YuZA NOTEKISLIKLARI
PARAMETRLARINING TA’SIRI
Reja
1. Moysiz sirpanib ishqalanish.
2. Qattiq jismlar kontakti.
3. Ichki va tashqi ishqalanish.
Ishqalanish ikki bir-biriga nisbatan harakat qiluvchi jismlar orasida yog’lovchi
muhit bor yoki yo’qligiga qarab moyli, chegaraviy va quruq ishqalanishlarga
bo’linadi.
Quruq ishqalanish (Moysiz sirpanib ishqalanish) deb ikki bir-biriga nibatan nisbiy
xarakatlanuvchi jismlar orasida mutloqo moy bo’lmasdan ishqalanish aytiladi.
Moyli ishqalanish deb ikki ishqalanuvchi jism biri-biridan batamom moy muxitti
(qalinligi 0,1 mkm dan ko’p) bilan ajralib turgan holda sodir bo’ladigan ishqalanishga
aytiladi. CHegaraviy ishqalanishda ikki jism orasidagi moy qatlami qalinligi 0,1 mkm
bo’lishi kerak.
Ishqalanish ikki jismning bir-biriga nisbatan harakatlanish turiga ham qarab 2.1-
rasmda ko’rsatilgan turlarga bo’linadi.
2.1-rasm. Tashqi ishqalanish turlari sxemasi.
Qattiq jismlarning o’zaro tegishi natijasida va ularning harakati tufayli
ishqalanish sodir bo’ladi. Qattiq jismlar bir biri bilan qanday holatda qanday yuza
bilan tegishi, yuzalarning sifat ko’rsatkichlari xaqida tuxtalib o’tamiz.
Har qanday jismning ikkinchi jism bilan ishqalanishi natijasida ularning fizik-
mexanik xossalari hamda geometriyasi o’zgaradi. Shuning uchun biz yuzaning
mikrogeometri yasi xaqida ma’lum tasavvurga ega b o’lishimiz kerak. Har qanday
detalning yuzasi g’adir-budirlik, t o’l qinsimonlik kabi mikroog’ishdan iboratdir.
detallarning ishqalanishi asosan yuza g’adir-budirliklari hisobiga ke chadi. ya’ni
ishqalanish g’adir-budirliklar orasida b o’ladi.
Gadir-budirliklar o’z navbatida sub g’adir-budirlikdan iborat. G’adir-budirliklar
asosan metallarga ishlov berish natijasida yuzaga keladi. yuzalar keski chlar bilan
Ташқи ишқаланиш
Ҳаракатсиз
ишқаланиш
Ҳаракатдаги
ишқаланиш
Гир-гир айланиб
ишқаланиш
Сирпаниб
ишқаланиш
Думалаб
ишқаланиш
Мураккаб
ишқаланиш
ishlov berilganda 7 - 8 sinf g’adir-budirliklarga ega b o’ladi r q 80. jilvirlash
natijasida jilvirtosh o’lchamiga qarab 9 - 10 sinfga ega (0,16 – 0,18) b o’ladi.
Detallarning o’zaro tegishi, yuzalarning makronotekisliklaridan xosil b o’lgan t
o’l qinsimonlik uchlari va do’nglarda sodir b o’ladi.
Statik yuklanishda yuzalarni tegish jarayoni quyidagi cha sodir b o’ladi.
Yuza yuklanishni do’nglik uchlari bilan qabul qiladi. Bunda tutashish
maydonidan iborat bo’lgan zona joylashadi. Birin chi b o’lib tegish jarayoniga d
o’ngliklar yig’indisi katta b o’lgan yuza d o’ngliklari kirishadi. Yuklanish ortib
borishi bilan yuzalar ya qinlashib boradi va do’nglar yig’indisi kichik b o’lgan juft
ham tegishadi. Do’ngliklarning tegishish vaqtini har xil bo’lishi, ularning
kuchlanganlik holati va deformatsiyasini differentsiallaydi.
Do’ngliklar
quyidagicha
deformatsiyalanishi
mumkin:
qayishqoq;
puxtalanmagan qayish qoq elastik; puxtalangan qayishqoq elastikli.
Dastlabki yuklanishda notekislikning xaqiqiy qayishqoq deformatsiyalanishi
faqat elastik jismlarda b o’lishi mumkin (m-n: rezinada). Ko’p hollarda plastik
deforma tsi yadagi dastlabki yuklanish xa qi qiy tegish maydonini xosil qilishda
asosiy rol o’ynaydi.
Mikronotekislik do’ngliklarining plastik deformatsiyalanishi tegishdagi o’rta
bosimda boshlanadi. Xaqiqiy tegish maydonidagi chegaraviy o’rtacha bosim
qiymati materialning puxtalanganini hisobga olingan holda, plastik deformatsiya
jarayonida 2-3 marotabaga ortadi. Bu bosimda, kontur maydoni ostidagi material
plastik deforma tsi yalana boshlanadi. uni natijasida do’nglik to’tashayotgan
qismining maydon o’lchami ortib boradi yoki yangi tegish maydoni xosil b o’ladi.
Plastik deforma tsi ya natijasida do’nglarni butunlay kirishib ketishi kuzatilmaydi.
Xaqiqiy tegish maydoni yuklanishining ortishi, yuza g’adir-budirligining
kamayishi va cho’qqilarning yumoloqlanish radiuslarini ortishi bilan ortib boradi. Bu
maydon materialning qayishkoqlik tasnifini va oquvchanligini ortishi bilan, yana
yuza notekisligini ortishi bilan kamayib boradi. Ikki xil material yuzalarining
tegishida, xaqiqiy tegish maydoni yumshoq materialning fizik-mexanikaviy xossalari
va qattiq material yuzasining geometriyasidan aniqlanadi.
Har qanday jism o’zaro fa qat diskret holatda ( yakka- yakka nu qtalar or qali)
bir biriga tegadi, shuning u chun tegish yuzalari 3 xil turda b o’ladi.
1. Nominal tegish yuzasi. bunday tegish jismlarning tash qi shakllari or qali
amalga oshiriladi. nominal tegish yuzasi 100% deb qabul qilinadi va ao bilan
belgilanadi: ao q100%.
2. Kontur tegish yuzasi. Bunday tegish jismlarning t o’l qinsimon shakllari
hisobiga amalga oshadi: ak q (5 - 15) ao.
3. Xaqiqiy tegish yuzasi. Bu detalning g’adir-budirligi hisobiga sodir b o’ladi: ax
q (0, 01 - 0, 1) ao.
Mashina va mexenizmlardagi uzellarning ishi detallar tutash sirtlarining bir-
biriga nisbatan xarakatlanishiga bog’liq. Bu xarakat kup xollarda ishqalanish
kuvvatining foydasiz sarflanishiga va mashina detallarining yeyilishiga olib keladi.
Ishqalanishni tutash sirtlarda kechadigan kuplab murakkab jarayonlarga
bog’liqligi aniklangan.
Ishqalanish tabiatini tushuntirish uchun bir necha gipoteza va nazariy asoslar
mavjuddir.
Ishqalanishning mexanik nazariyasi eng muxim nazariyadir. Bu nazariya
asosida tutash sirtlar xarakatlanganda yuzaga keluvchi elementar notekisliklarning
kayishqok va kayishqok bulmagan mexanik uzaro ta’sirlarini tadkik kilish yotadi.
Frantsiyalik olim Amonton (1699y) tajribalar asosida ishqalanish kuchi (F)
yukning ogirligi (N)ga mutanosib bulib, jismlarning urinish yuzi o’lchamiga bog’liq
emasligini anikladi.
F=f*N
bu yerda:
F-ishqalanish kuchi, N;
f-ishqalanish koeffitsienti,
N-me’eridagi yuklanish, N.
Ishqalanishning molekulyar nazariyasi XVIII asrda paydo bulib, ingliz fizigi
Tompsonning ilmiy ishlarida (1929 y.) rivojlantirilgan. U ishqalanish xodisasini
sirtlar urtasida yuzaga keluvchi molekulyar uzaro ta’sir kuchlaridan kelib chikib
tushuntiradi.
Belorus Respublikasi FA ning muxbir a’zosi B.V. Deryagin (1943 y) mazkur
nazariyani tulik rivojlantirib, ishqalanish sababi ishqalanuvchi sirtlar yakinida
molekulyar kuch maydoni paydo bulishi va bunda jismlarning molekulyar ilashuvi
yuzaga kelishi bilan tushuntirilishini ko’rsatib berdi.
Bu xolda
F=f*S(P+P)
bunda
F-ishqalanish kuchi, N;
S-xakikiy tutashuv yuzasi, m;
R-molekulyar uzaro ta’sirlashuv solishtirma kuchi, N/m;
PqN/S-solishtirma bosim, H/m.
Ishqalanishning molekulyar-mexanik nazariyasi professor I.V. Kragelьskiy
tomonidan (1946 y) ishlab chikilgan va ishqalanish ikki yoklama tabiatga ega bulib,
sirtdagi ayrim chikiklarning bir-biriga botib kirishi bilan xam, ikki jismning
molekulyar tortishish kuchlari bilan xam bog’liq, degan taxminga asoslanadi.
Notekisliklar ancha kup bulganda mexanik omillar ustun keladi, chikiklar
tekislanganidan sung va juda sillik kilib ishlangan sirtlarda molekulyar omillar
kuprok namoyon buladi.
Ishqalanish kuchlarini aniklash uchun I.V.Kragelьskiy ushbu ifodadan
foydalanishni taklif etgan:
F=Fmex+Fmolqa*S+b*P,
bu yerda:
Fmex-mexanik ishqalanish kuchining tashkil etuvchisi,
Fmol-molekulyar ishqalanish kuchining tashkil etuvchisi, N;
P-solishtirma karshilik, H/m;
a,v-tajriba yordamida aniklanadigan koeffitsentlar.
Ishqalanishning energetik nazariyasini 1952 yilda fizik olim A.D. Dubinin
taklif etgan. U ishqalanish xakidagi ta’limning rivojlanish tarixi ishqalanuvchi
sirtlarga mexanik va molekulyar kuchlar ta’sir ko’rsatishi natijasida ishqalanish
kuchi paydo bulishi bilan bog’liqdir. SHu sababli ishqalanish kuch emas, balki
jarayon ekanligi ma’lum bulishiga karamay, ishqalanish tabiatini kuchlarning ta’sir
etish konunlari asosida ochib berishga intilishgan, deb ta’kidlaydi.
Ishqalanish va yeyilishning energetik nazariyasi shunday fizik-kiyoviy
xodisalarga asoslanadiki, ulardan ishqalanish jarayoni bitta buladi, ammo ular bilan
bog’liq xodisalar xar xil bulib, kupgina sharoitlarga bog’liq, degan xulosa kelib
chikadi.
Ishqalanish kuchi - bir jism tashki kuch ta’sirida boshka jism sirti buylab
xarakatlanganida yuza keladigan karshilik: mazkur tashki kuch ana shu jismlar
orasidagi umumiy chegaraga urinma buyicha yunalgan buladi.
Sirpalanish tezligi - sirpalanishda urinish nuktalaridagi jismlar tezliklari
orasidagi fark.
Ishqalanish sirti - jismning ishqalanishda katnashuvchi sirt.
Ishqalanish koeffitsienti - ikki jismning tinch xolatdagi eng katta ishqalanish
kuchining ana shu jismlarni bir-biriga sikib turuvchi me’yoridagi kuchga nisbati.
Ilashish koeffitsienti - ikki jismning tinch xolatdagi eng katta ishqalanish
kuchining jismlarni bir-biriga sikib turadigan, ishqalanish sirtlariga nisbatan
me’yorida bulgan kuchga nisbati.
Dumalashdagi ishqalanish kuchini aniklash uchun SH.O.Kulon kuyidagi
formulani taklif etgan:
F=K*N/R
bu yerda F-dumalashdagi ishqalanish kuchi,N;
N-me’yoridagi kuch, N;
R-dumalash radiusi,m;
K-dumalashdagi ishqalanish koeffitsienti.
Ishqalanish jarayonining jadalligini ifodalaydigan parametrlar sirpanishda eng
katta va dumalashda eng kichik buladi. Zamonaviy avtomobillar, traktorlar, kishlok
xujalik mashinalari va avtotraktor dvigatellarining barcha asosiy tutashmalari, odatda
majburiy yoki bosim ostida moylanadi. Moyni bosim ostida uzatish va uni filьtrlash
usuli transmissiyaning ishqalanuvchi uzellarida tobora kengrok kullanilmokda.
Dostları ilə paylaş: |