O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə36/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

R. Boyl faoliyati
Havoning xossalari irlandiyalik olim Robert Boylni ham diqqatini o’ziga qaratdi. Gerike nasosiga nisbatan mukammalroq nasos yasagan Boyl dastlab idishdan havoni so’rib olish, keyin esa uni bosim ostida idishga yig’ish tajribasini amalga oshirdi. Ish davomida havoning hajmi bosimga teskari proporsional ekanligini tushundi. Hajm va bosim orasi­dagi bunday teskari mutanosiblik 1662-yilda e’lon qilindi va Boyl qonuni deb ataldi. Fransiyalik fizik Edm Mariott (1620-1684-yy.) Boyl ishlaridan bexabar holda, 1676-yilda bosim va hajm orasidagi tajribani amalga oshirdi va bunda haroratning o’zgarmas ekanligini alohida ta’kidladi. Shuning uchun ham kontinental Yevropada Boyl qonunini ko’pincha Mariott qonuni deb yuritishadi.
Boyl qonuni moddalarning o’zgarishini aniqlashda eng birinchi o’lchash usullaridan edi. 1660-yili R. Boyl gazlarni biror idishga yig’ish mumkin emas degan tushunchani rad etdi. Havoning tarkibini, boshqa gazlarni o’rganishda pnevmatik vanna, sifonlar kabi apparatlar muhim rol o’ynadi. Gazlar alohida ajratilib, germetik idishlarda yig’ilishi mumkin bo’ldi. Boyl tajribalari atom ta’limoti tarafdorlarini qiziqtirdi. Boylning o’zi ham fransuz faylasufi Pyer Gassendi (1592-1655-yy.) ta’limotidan ta’sirlanib atomistik nazariyaning tarafdori edi.
Ammo olimlar qattiq va suyuq jismlar bilan ishlaganlarida atomlarning mavjudligini tushuntirish uchun qiynalishar, havo va boshqa gazlar bilan ishlash ancha oson edi, ammo “atom” so’zining asl ma’nosi va mohiyati tushunarli emasdi. Boyl ilmiy faoliyati davrida ilmiy adabiyotlarda “alkimyo” va “al-kimyogar” terminlari deyarli yo’qola boshladi. Boyl 1661-yilda yozgan “Ximik-skeptik” (The Skeptikal Chymist) asarida Boyl beshta asosiy savollarni ajratdi va kitobining har bir bobini shu savollarga bag’ishladi. Bu savollar quyidagicha:
1. Olov barcha jismlar uchun “universal analizator” bo’lishi mumkinmi?
2. Qizdirish (kalsinatsiyalash) reaksiyasi mahsulotlari haqiqatdan ham elementmi yoki dastlabki moddalarmi?
3. Element yoki dastlabki moddalar deb hisoblangan birikmalarning soni uch, to’rt, beshta (yunon faylasuflari materiya boshlang’ich unsurlari so­ni ko’zda tutilmoqda) bilan chegaralanadimi yoki boshqachami?
4. “Tuz”, “oltingugurt”, “simob” kabi nomlar bilan ataluvchi elementlar haqiqatdan ham aslida bormi yoki yo’qmi?
5. Real elementlar yoki materiyaning boshlang’ich unsurlari sanalgan moddalar bormi?
Kitobning oxirgi 6-bobida Boyl o’z nazariyasini tushuntiradi va “element” terminiga munosabatini bildiradi. XVII asrda ishlagan olimlar orasida qanday birikmalarni element deb hisoblash mumkin, degan savolga jismlarning parchalanish jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar deb javob berishadi. Chunonchi, Van Gelmont o’simliklar va hayvonot dunyosi materiallarini olov ta’sirida hosil bo’ladigan real element deb suvni hisoblaydi. Olimlar hali bu davrda kislotalar ta’sirida birikmalarning parchalanish hodisasini bilishmasdi, ayrimlari qatronlash (distillash), sublimatlash jarayonlari mahsulotlarini ham real elementlar deb o’rganishardi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin