Kimyoda o’lchov ishlarining tantanasi XVIII asrning oxirida kimyoda juda katta eksperimental ishlarning natijalari yig’ildi, endi ularni yagona nazariya asosida tizimlashtirib chiqish kun tartibining dolzarb muammosiga aylandi. Ana shunday nazariyaning yaratuvchisi fransuz kimyogari Antuan-Loran Lavuazye (1743-1794-yy.) hisoblanadi. Kimyo bilan shug’ullanishining boshidanoq eksperimental ishlar muvaffaqiyatining asosiy negizi aniq o’lchov ekanligini tushunib yetdi. 1764-yilda gips mineralini o’rgangan Lavuazye uning tarkibidagi suv miqdorini qizdirish bilan aniqladi. Blek va Kavendishning ishlariga nisbatan u eksperiment ijrosida yangicha yondashdi va eski nazariyalarning o’rinsizligini, kimyo rivojidagi to’sqinlik qilishini birinchilardan anglab yetdi. XVIII asrda yonish jarayoni barcha kimyogarlarning fikrini band etgan edi. 60-yillarda e’lon qilingan ko’cha yoritish ishlari natijalariga ko’ra Lavuazye Oltin medalga sazovor bo’ldi. Boshqa kimyogarlar bilan hamkorlikda olmosni yopiq kamerada yoqib ko’rdi va uning yo’qolib ketishini qayd qilgach, idishdagi yonish mahsuloti sifatida karbonat angidiridi hosil bo’lishini isbotladi. Demak olmos ham tarkib jihatdan uglerod elementi va boshqa birikmalarga nisbatan ko’mirga yaqin ekanligi o’z-o’zidan ravshan bo’ldi. yopiq idishdagi metallarning qizdirish natijasida og’irligi ortishini Shtal flogistonning birikishi bilan tushuntirsa, Lavuaze ma’lum "bir narsa" metallga birikadi deb tushuntirdi. Agar idish ichidagi bu "bir narsa" havo bo’lib, u metall bilan birikkanda oksid hosil qilishini bilgan olim, reaksiyagacha va undan keyin idish, havo va metallar umumiy og’irligi o’zgarmaganini aniqladi. Agar idishdagi havo reaksiyaga kirishgan bo’lsa, retortani ochganda uning ichidagi vakuumni to’ldirish uchun havo oqimi kirishi kerak deb o’ylaydi olim. Haqiqatan ham retorta ochilganda uning ichidagi vakuumni reaksiyaga qatnashib kamaygan miqdordagi havo kirishini o’lchash yo’li bilan aniqladi. Lavuazyening bu kashfiyoti metallar va ma’danlar hosil bo’lishining yashi nazariyasini yaratishga nmkon yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra ma’danda metall gaz bilan birikkan. Pista ko’mir bilan ma’dan qizdirilganda uning tarkibilagi gazni ko’mir absorbilaydi va natijada karbonat angidridi bilan sof metall ajralib chiqadi.
Lavuazening birinchi e’lon qilgan ishlaridan biri 1769-yilda chiqqan "Suv tabiati haqida" maqolasi edi. Bu asar alkimyogarlarning suvni tuproqqa aylantirish mumkin degan gipotezasini tekshirish uchun bajarilgan ish bo’lib, olim yopiq idishda suvni 101 kun davomida qaynatadi va qayta kondensatlaydi. Tajribadan ilgari va so’ngra kolba, uning ichidagi suv og’irligini doimo o’lchab boradi va tajriba oxirida umumiy og’irlik o'zgarmaganligini isbotlaydi. Kolba ichidagi suvning loyqalanishini ko’rgan olim suvni, loyqani va idishni alohida tarozida tortib, suvning miqdori o’zgarmaganligini, kolbaning og’irligi esa quritib o’lchangan cho’kma miqdoricha kamayganligini aniqlaydi. Demak suv tuproqda aylanmadi, balki shisha idishning bir qismi suvda erib, yana qaytadan cho’kmaga tushdi.
1775-yilda havo, karbonat angidridi va suv tarkibini tula isbotladi va har xil moddalar yonishida hosil bo’ladigan gazlarni aniqladi. Flogiston nazariyasinig salbiy ta’sirini yengib, yonishning kislorodli nazariyasini yaratdi. Lavuazye 1774-1777-yillar davrida bajargan shplarida kislorodning yonish, oksidlanish jarayonlarida va hayvonlarning nafas olishdagi bevosita ahamiyatini ko’rsatdi. 1774-yilda Parijga kelgan Pristli Lavuazega o’zining "flogistonsiz havo" olganligini aytib beradi. Bu kashfiyotning ahamiyatini darrov anglagan olim 1775- yilda Fanlar Akademiyasida ma’ruza bilan chiqib, havo oddiy modda emas, balki ikki xil gazlarning aralashmasi deb tasdiqlaydi. Lavuazyening fikricha, havoning beshdan bir qismini Pristlining "flogistonsiz havosi" (kislorodning ochilishini Lavuazye Pristliga nisbatan o’ziga taalluqli kashfiyot deb hisoblaydi) tashkil etadi. Aynan ana shu miqdordagi havo komponenti zanglayotgan metall bilan yoki yonadigan jism bilan birikadi, xuddi shuningdeq tirik organizm hayoti uchun zarur sanaladi. Lavuazye bu gazni "kislorod" -kislota hosil qiluvchi deb atadi. Havoning beshdan to’rt qismini tashkil etgan ikkinchi gaz (Rezerford kashf etgan "flogistonli havo") alohida mustaqil modda va bu gaz yonish jarayonini so’ndirib, tirik organizmlarnimg yashashiga to’sqinlik qiladi. Lavuazye bu gazni "azot" - hayotni so’ndiruvchi deb atadi. Keyinroq azot lotincha nitrogen - selitra hosil qiluvchi deb qayta nomlandi. Bu so’z keng tarqalgan inglizcha nitrogen shaklida hozirgacha saqlanib qoldi.
Tirik to’qimalar va organizmlar ham uglerod va vodorod birikmalari bo’lib, ular nafas olganda kislorod bilan birikishini Lavuazye idrok etdi. Shunday qilib Lavuazye ilgari amalga oshirgan kuzatishlari natijasida xulosa chiqarib, bajargan tajribalari asosida nafas olish jarayonida havo tarkibidagi kislorodning nimaga sarflanishi, va boshqacharoq usul bilan o’lchash mumkinligini e’tirof etdi. Bu ishlari natijasida 1774-yildan boshlab qisman, 1777-yillan boshlab to’liq va ochiqchasiga flogiston nazariyasiga qarshi chiqdi.
Ilgari aytganimizdek 1783-yilda Kavendish tomonidan "yonuvchi gaz" ning xossalari o’rganilib, u yonganda suv bug’i hosil qilishini aniqlaydi. Bu tajriba haqida eshitgan Lavuazye Kavendish gazini vodorod ("suv hosil qiluvchi") deb atadi. Shunday qilib, o’z-o’zidan, havo kabi suv ham ikki elementdan iborat murakkab modda ekanligi isbotlandi.
Lavuazyening yangi kashfiyot va nazariyalari kimyoning rasionallash o’ziga olib keldi. Endi materiyaning abstrakt elementlari unsurlar haqidagi ta’limot inkor etilib uning urniga kimyogarlar tarozida tortish va hajmni o’lchash kabi amallarga band bo’lib, shu ishlardan eksperimental puxta tekshirilgan va nazariy muhokamalarga asoslangan xulosalarni chiqarishga o’rganishdi.
Kimyo fanining fundamental asoslarini yaratgan Lavuazye uning ustqurmasini shakllantirish bilan shug’ullandi. XVII asrning 80-yillarida Lui Bernar Giton de Morvo (1737-1816-yy.) Klod Lui Bertolle (1748-1822-yy.) va Antuan Fransua de Furkrua (1755-1809-yy.) kabi boshqa fransuz olimlari bilan hamkorlikda kimyoviy nomenklaturaning asosini yaratdi va uni 1787-yilda nashriyotdan chiqarib e’lon qildi. Har qaysi kimyogar birikmalarni o’zicha nomlab, kasbdoshlarini lol qoldiradigan davr o’tib, mantiqiy prinsiplarga asoslangan tizim ishlab chiqildi.
1789-yilda Lavuazye "Kimyo elementar kursi" ("Traite elementaire de chimic") asarida o’zi yaratgan nazariyaga asoslanib va ishlab chiqarilgan no-
menklaturadan foydalanib, o’sha payt kimyosi sohasida yig’ilgan barcha
yutuqlarni, bilimlar majmuasini tizimlashtirib chiqadi. Bu kitobda o’sha
paytda ma’lum bo’lgan barcha elementlar ro’yxati keltirilgan edi. Bundagi
33 elementlardan faqat ikkitasi haqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’lishi olimning o’z davriga nisbatan ilgarilab ketgani va katta yutug’idan nishona bo’lsa kerak. Bir necha o’n yillar o’tgandan keyingina yorug’lik va issiqlik material substansiya bo’lmasdan, energiya turlari ekanligi isbotlandi. Flogiston nazariyasi tarafdorlari, ayniqsa Pristli ishlarini tan olishmas va tanqid qilishar edi. Birinchilardan bo’lib Lavuazye ta’limotini shved olimi Bergman tan oladi. Shtal yurtdoshlari bo’lgan nemis olimlarining barchasi olimga qarshi bo’lishsa ham, Martin Genrix Klaprot (1743-1817-yy.) Lavuazye nazariyasining qo’llashi juda katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Uning o’zi ham 1789-yilda uran va sirkoniy elementlarini kashf etib bu ta’limotni boyitdi. Fransuz kimyogar-vatandoshlari Lavuazyeni ko’klarga ko’tarib maqtashadi. "Kimyo fransuzlarning fani, u Lavuazye tomonidan yaratilgan",- deydi fransuz olimi Sh. Vyurs (1817-1884). Lui Grimo (1835-1910) esa: "Hozirgi zamon kimyo fani Lavuazye tomonidan yaratilgan",-deydi. A.Lavuazyening ilmiy yutuqlarini 2 katta qismga bo’lish mumkin:
1. Flogiston nazariyasiga qarshi kurash (yonish, kuydirish, nafas olish jarayonlarining to’g’ri tushuntiriligani bu nazariyani puchga chiqardi).
2. Kimyoviy elementga va murakkab moddalarga to’g’ri ta’rif berish, kimyo reformasi - moddalar saqlanish qonunini tajriba yo’li bilan isbotlash.
A.Lavuazye hayotining so’nggi yillari ancha tashvishli va uning yakuni fojeali tugadi. 1789-yilda boshlangan fransuz revolyusiyasi olimni kimyo bo’yicha ilmiy ishlardan uzoqlashtirdi. Revolyusiyaning dastlabki yarimlarida iqtisodiy masalalar bilan shug’ullangan Lavuazye tezda revolyusiya haqida salbiy fikr bildiradi.
A.Lavuazye 1775-yilda Fransiyaning porox va selitra ishlari bo’yicha davlat boshqaruvchisi darajasiga erishgan edi. Arsenalga ko’chib o’tgan olim o’z mablag’lari hisobidan laboratoriya quradi va umrining oxirgi 15 yili davomida u yerda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi, har xil ilmiy komissiyalarda faol qatnashadi. 1771-yilda boy sudxo’r qizi Anna Mariya Pol’zga uylanadi, O’zi ham qaynatasidek shu ish bilan shug’ullanib, qarzdor fuqarolarning mulkini arzon-garovga olish va qimmat sotish natijasida boyib ketadi. Xalqning bunday foydaxo’rlarga juda katta nafrat ko’zi bilan qarashi uning olimlik sha’niga dog’ tushirgan edi. Royalistlar bilan yaxshi aloqasi borligini bilgan respublikachilar uni 1792-yilda ishdan bo’shatishadi. Shu yilning mart oyida Milliy majlis qaroriga ko’ra mollarini garovga qo’yib qarzlarini to’lash rasman ta’qiqlanadi, 1793-yil avgust oyida Parij FA yopiladi, oktyabr oyidan boshlab garovga mol-mulkini olib qarz berish tartibi ham bekor qilinadi. Shu tashkilotning barcha korchalonlari qatorida, erishgan yutuqdariga qaramasdan buyuk kashfiyotlar sohibi, ulug’ olim Lavuazye ham hibsga olindi va Revolyusion tribunalning qarori bilan 1794-yil 8-may kuni olim gilotinada qatl qiildi. Fransuz revolyusiyasi tarafdorlari uni sudxo’rlikda ayblab shunday qaror qilishdi. Tarix olim kasbdoshlari, birinchi navbatda u bilan maslakdosh bo’lgan buyuk fransuz revolyusionerlari Morvo, Bertolle va Furkrualarni hech qanday sabab va bahonalar bilan oqlamaydi. Ular juda katta obru-e’tiborga ega, ko’zga ko’ringan revolyutsionerlar aqlli bo’lsalar ham Lavuazyeni xalos etishga urinmadilar va uning taqdiri bilan qiziqmadilar. Lavuazyening qatl etilishi fan uchun qanday darajada yo’qotish bo’lganini hech kim tasavvur etolmaydi, bu endi faqat Ollohgagina ayondir.