O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


XIX asrning I yarmida kimyo fanining rivojlanishi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə48/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

XIX asrning I yarmida kimyo fanining rivojlanishi
J. Daltonning atomistik ta’limoti Yevropada tan olingandan so’ngra 1808- yilda J. Gey-Lyussak tomonidan hajmiy nisbatlar qonuni ochildi. 1811-yilga kelib italyan olimi A. Avogadro (1776-1856 yy.) Dalton ta’limoti va Gey-Lyussak kashfiyoti orasida qarama-qarshilik yo’qligini ko’rsatdi va o’zining gipotezasini yaratdi: "Bir xil sharoitdagi har xil gazlarning bir hajmi molekulalarining teng soni bilan ifodalanadi".
Kimyoviy atomistika rivojining tub burilish nuqtai shved olimi I.Ya. Berselius nomi bilan bevosita bog’langan, u Daltondan keyin atom-molekulyar ta’limot nazariyasiga eng katta hissa qo’shdi. Taxminan 1807-yildan boshlab Berselius har xil birikmalarning element tarkibini aniqlashga kirishdi. Yuzlab bajargan tahlillari natijasida tarkibning doimiylik qonuni isboti uchun shuncha dalillar keltirdiki, kimyogarlar bu qonunning to’g’riligini tan olishdi va natijada atom-molekulyar ta’limot ham shakllandi. Endi Berselius elementlar atom og’irliklarini Dyulong va Pti, Mitcherlix va Gey-Lyussak qonunlaridan foydalanib murakkab va yangi usullar bilan aniqlashga kirishdiki, bu usullardan Dalton xabardor emasdi, ammo o’z zamondoshlari kabi u ham Avogadro gipotezasini rad etgandi. 1826-yilda Berselius o’zi aniqlagan atom og’irliklari jadvalini e’lon qildi, ularning deyarli barchasi (ikki-uchta elementlardan tashqari) zamonaviy qiymatlarga to’g’ri keladi. Dalton aniqlagan atom og’irliklaridan bu qiymatlar farqi ularning yaxlit sonlar bilan ifodalanmaganidir.
Daltonning hisoblashlarida vodorodning atom og’irligi 1 deb qabul qilingan, shuning uchun ham barcha qolgan elementlarning qiymatlari butun sonlarda ifodalangan. 1813-1816-yillarda Dalton jadvali bilan tanishib chiqqdan ingliz kimyogari Uilyam Praut (1785-1850-yy) barcha elementlar ham vodoroddan tarkib topgan, faqat ulardagi vodorod atomlari soni har xil degan gipotezani ilgari surdi. Vodorodning atom og’irligi 1 ga teng bo’lsa, kislorodning atom og’irligi undan 15,9 marta katta chiqdi, ammo bundan kislorod tarkibida 15,9 ta vodorod bor degan xulosa chiqarish xato ekanliga ravshan bo’lsa kerak. XIX asrning 60- yillarida belgiyalik kimyogar Jan Serve Stas (1813-1991-yy.) va XX asr boshlarida amerikalik olim Teodor Uilyam Richard (1868-1928-yy.) elementlarning atom og’irliklarini Berseliusdan ham aniqroq topishdi. Har xil elementlarning atom og’irliklari orasida bir-biri bilan ancha murakkab bog’lanish borligini anglagan olimlar dastlab ma’lum standart qabul qilish lozim deb topdilar. Kislorodning atom massasini yaxlit son bilan ifolalash uchun uni 16,000 ga teng deb oldilar va bu standart XX asr o’rtalarigacha saqlandi. Kislorod­ning atom og’irligi yaxlitlanishi oqibatida vodorodning atom og’irligi 1,008 qiymat bilan ifodalanadigan bo’lib chiqdi.
Atom-molekulyar ta’limot qabul qilingach, endi birikmalarni muayyan atomlardan tarkib tongan molekulalar tarzida ifodalash imkoniyati tug’ildi. Tabiiyki, bu elementlar simvollarini kichkina xalqachalar bilan ifodalash va bu halqa ichiga biror belgi qo’yish dastlab Lalton tomonidan qabul qilindi. Bu belgilar soni cheklanganligi uchun Dalton elementlar nomining bosh harflarini qo’yishga kirishdi:
-vodorod (Hydrogen) -kislorod (Oxygen)
-azot(Azote) -uglerod (Carbon)
-oltingugurt(Sulphur) ©-mis (Copper)
-temir (iron) -qalay (Tin)
Bu davrning asosiy belgilari kimyoning eksperimental fan sifatida shakllanishi kuyidagi qonunlarning kashf etilishi bilan bevosita bog’liq sanaladi, bir qator miqdoriy qonunlar kimyoga rasional harakter berdilar:
1. Rixterning ekvivalentlar qonuni (1792-1802- yy.)
2. Prustning doimiy nisbatlar qonuni (1799-1806-yy.)
3. Daltonning karrali nisbatlar qonuni (1802-1808-yy.)
4. Gey-Lyussakning gazlar birikishining hajmiy nisbatlar qonuni (1805-1808-yy.)
5. Avogadro e’lon kdogan gazlarning molekulyar massalari bilan ularning zichliklari orasidagi proporsionallik qonuni (1819-y.)
6. Mitcherlixning izomorfizm qonuni (1818-1819-yy.)
7. Dyulong va Ptining solishtirma issiqlik sig’im haqidagi qonuni (1819-y.)
8. Faradeyning elektroliz qonuni (1830-y.)
9. Gessning termokimyoviy reaksiyalar qonuni (1840-y.)
10. Kannissaroning atomlar qonuni (1858-y.)
Endi kimyogar-olimlar har xil mineral, ruda, tuz, kislota, asos kabi anorganik moddalarning tahliliy o’zgarishiga e’tiborlarini qarata boshladilar. Tarkib haqidagi ta’limot "atom" va "molekula" tushunchalariga asoslanar edi. Bu tushunchalar atom-molekulyar nazariya yordamida shakllantiridi. Miqdorini tahlil qilish XIX asr boshida kimyoning keskin rivojlanish bosqichini belgilab berdi.
Bir qator yangi elementlar kashf etildi: 1803-yili - Seriy ( Berselius va Xizinger tomonidan), 1817-yili - Selen (Berselius), 1818-yili-Litiy ( Berselius shogirdi Alfredson tog’ jinsidan ajratdi), 1823-yili -Kremniy (Berselius erkin holda oldi), 1825-yili - Titan (Sefsrem va Berselius), 1816-1825-yillar- Tantal (Berselius), 1825- yili- Alyuminiy (Er­sted), 1828-yili -Toriy ( Berselius tomonidan ThSiO4 minerali tarkibidan ajratildi) , 1830-yili- Vanadiy (Sefstrem Berselius rahbarligida), 1844- yili - Ruteniy (Karl Klaus). 1848-yilda nemis olimi K Frezenius (1818-1897 yy.) Visbadenda birinchi bo’lib tahliliy kimyodan o’quv va ilmiy laboratoriyani yaratdi.
Yangi elementlarning ochilishi va atom massalarining aniqlanishi metallarni sinflashga turtki berdi. 1829-yili nemis olimi I.DyobersYkgr (1780-1849-yy.) o’zining "Elementar moddalarning o’xshashligiga qarab guruhlash" asarida elementlarning fizik-kimyoviy xossalari ularning atom massasiga bevosita bog’lik deb hisoblaydi. Xuddi shu o’xshashlikka qarab u elementlarning quyidagi triadalarni tuzdi:
Li Ca Cl S
Na Sr Br Se
K Ba I Te
Dyobereynerdan keyin elementlarni sinflash va tizimlashga ko’p urinishlar bo’ldi. 1857-yili nemis kimyogari E. Lensen 20 ta triadalar tuzdi. U birinchi marta noma’lum elementlar atom massasini aniqlashga urindi. 1864-yili U. Odling (1829-1921-yy.) elementlarni jadvalga qo’yib chiqdi. Bu jadvalda ham elementlar kimyoviy xossalariga ko’ra guruhlarga ajratildi. XIX asr 50-60- yillarida kimyoviy o’xshash elementlarni o’zaro solishtirish harakatlari bo’ldi. 1866- yilining birinchi martida ingliz olimi J.Nyulends (1837-1898 -yy.) London kimyogarlar jamiyatida o’z ma’ruzasi bilan chiqib, o’sha paytdagi 62 elementni Kannissaro atom massalari jadvalidan foydalanib ularni tizimlashtirdi va bunda ikkita prinsipga amal qildi: vodorodni raqamlash birdan boshlandi → N 56 . Atom massalari bir xil elementlar bir katakka qo’yildi (Co, Ni); (Ro, Ru); (Pt, Ir); (Ge, La). 1864- yilda nemis olimi Yu. Meyer (1830-1895- yy.) o’z jadvalini e’lon qiladi. Uning jadvalidagi 6 vertikal qatorda 44 element joylashtirildi. Buni izohlab, rus olimi L.A.Chugayev -"Davriy qonun mohiyati – elementlarXossalarining davriy takrorlanishi, ularning atom massalari ortib borishi tartibida qo’yish Meyerga butun begona edi", - deydi. Bu barcha ishlar o’sha paytdagi elementlarning xossalari haqida 1826- yilda Berselius e’lon qilgan natijalarga asoslandi. Atom massalarini solishtirish, kimyoviy xossalarning takrorlanishi va boshqa izlanishlar elementlarni tizimga solib, ma’lum sinflarga ajratish va davriy qonunni yaratilishiga asos bo’ladi. 1858- yili Italiya olimi S.Kannissaro (1826-1910- yy.) gaz moddalar massasini aniqlashda vodorod massasidan foydalanish mumkinligini ko’rsatdi, ammo bu formula 1856 -yilda rus olimi D.I. Mendeleyev tomoni­dan e’lon qilingan edi:

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin