Jerarning tiplar nazariyasi. Organik moddalarni tizimlashtirish va sinflash Jerarning urinar va tiplar nazariyasini yaratilishiga olib keldi. Jerarning o’sha paytdagi tushunchasiga ko’ra, molekula bir qancha atomdardan emas, balki yaxlit bir tizimdan iborat deb qabul qildi. Jerarning kimyoviy tiplar nazariyasi paydo bo’lishida Vyurs va Vilyamsonlarning ishlari asosiy bosqich sanaladi. 1852-yili Jerar o’zining "Organik kislota angidridlari haqida" maqolasida tiplar nazariyasini e’lon qildi. "Organik moddalar 3 yoki 4 tiplarga bo’linishi mumkin", — deb yozgan edi Jerar.
H2O tipi:
Bu nazariyaga ko’ra organik molekulaning bir qoldig’i radikal sifatida suvdagi vodorod joyini olib yangi modda hosil qiladi deb tushuntiradi. Jerarning 1839-yili yaratgan "qoldiqlar nazariyasi" kimyoviy tiplar nazariyasi tarkibiga singib ketdi. 1854-yili A. Kekule Jerarning H2O tipiga o’xshatib H2S tipini taklif etdi. Odlingdan keyin Kekule "Botqoqlik gazi" (CH4) tipini taklif etdi, 1857-58- yillarda asosiy va qo’shimcha tiplarni yaratib ularning farqini ko’rsatdi:
A) asosiy tip H H NH3 H2O
B) Qo’shimcha tip HCl PH3 H2S
Valentlik haqida ta’limot.Daltonning ta’limotiga ko’ra bir modda atomlari boshqa atomlar bilan bog’ hosil qiladi. Uning fikricha, bir modda atomlari o’zaro bog’ hosil qilishi mumkin emas. 1841-42-yillar Jerar "Juft qismlar qoidasini" yaratdi, ya’ni organik molekulada C atomlari soni 4 ga karralanadi, kislorod - ikkiga, bularning soni molekulada juft va toq bo’lishi mumkin, ammo H atomlari soni doimo juft bo’lishi kerak. 1849-yilda E. Frakland ruxning organik moddalar bilan birikmasini oldi, 1850-51-yillar davomida boshqa metallar hosilasini ham oldi. Bu ishlar kimyoda atomlar bir-biri bilan ma’lum tartibdagina "to’yinishi" mumkinligini ko’rsatdi. 1857- yili Kekule va Kolbe uglerod atomining 4 valentli ekanligini isbotladilar.
Kimyoviy tuzilish nazariyasi.Jerar va Loran ishlaridan keyin radikallar - birikmalarning oxirgi bo’lagi emas, ularni ham atomlarga ajratish mumkin degan xulosaga kelindi. 1859-61-yillar yozgan darsligida Kekule: "Kimyoviy o’zgarishlarni o’rganib formula tuzilishini aniqlash mumkin degan tushuncha juda qiziq molekuladagi atomlarning fazoviy tuzilishini qanday qilib qog’oz tekisligida ko’rsatish mumkin",- deydi. 1861-yili nemis tabiatshunoslarining syezdida Kekule o’zining fandagi tiplar nazariyasidan voz kechadi, moddalarning empirik formulalarga o’tish yo’li bilan ular tarkibini aniqlash mumkinligini e’lon qildi. O’sha paytda hech kimga tanish bo’lmagan shotland olimi A. Kuper (1831-1892-yy.) "Yangi kimyoviy tuzilish haqida" maqolasi bilan chiqib, element valentligi uning kimyoviy tabiatini belgilaydigan muhim xossasidir deb yozadi. Bu maqola ko’pgina olimlarning qarshi chiqishiga olib kelsa ham, Kekule "o’zining keng falsafiy ong darajasi, qo’rqmasligi va qat’iyati bilan" ko’pchilikni lol qoldirdi va kimyo fani haqidagi o’z dunyoqarashini o’zgartirib yubordi. A. Kuper o’shanda: "Jerarning tiplar nazariyasi hech narsani tushuntirib bermaydi, balki fan rivojlanishiga to’sqinlik qiladi"- deb yozgan edi.