Ma`ruza-1. Qatlam energiyasi turlari va neft konlarini ishlatish rejimlari
Ma`ruza rejasi:
1.1. Neft va gaz uyumining energetik tavsifi.
1.2. Energiya turlari xarakteri va xususiyatlari.
1.3. Neft va gaz uyumining ishlash usullar.
1.4. Neft uymlarni ishlatish tarzlari
1.5.Ishlаtishning оqilоnа tizimi to’g’risidа tushunchа
1.6.Ishlatilayotgan ob`ektdan chiqarnlayotgan neft', gaz, suv o`zgarishi (dinamikasi)
1.7. Neft uyumlarini ishlatish bosqichlari.
Tayanch so`zlari Neft va gaz qudug’i, quduq tubi bosimi, tog’ jinslari, neft va gaz qatlami, uyum, zahira, qatlam, erigan gaz, gazlar qovushqoqligi, chekka suvlar, quduq usti, tog’ jinslarining, o`tkazuvchanligi, gaz do`ppisi, to`yinganlik bosimi, siqilgan gaz, neft zahirasi, qatlam bosimi, konning neft beraolishlik koeffitsienti, sizish tezligi, o`tkazuvchanlik, dinamik qovushqoqlik.
1.1. Neft va gaz uyumining energetik tavsifi. Neft yoki gazning quduqqa qarab oqimi qatlam bosimi va quduq tubi bosimi ayirmasi bilan bog’lik bo`ladi. Bosimlar ayirmasining miqdori quduqdan olinadigan suyuqlik yoki gaz miqdori, suyuqlik va tog’ jinslarining fizikaviy xususiyatlari va qatlam energiyasi turi bilan belgilanadi.
Neft yoki gaz qatlami va quduqlar yagona gidravlik tizimni tashkil etadi (albatta tektonik buzilish bilmagan shollarda).
Uyumdagi energiya zahirasi neft yoki gazning qatlamdan quduq tubiga oqimini ta`minlashga sarflanadi. Bu energiya zahirasi qatlam bosimi bilan bog’lik.
Qatlam energiyasi manbai sifatida qatlam suvlari tayziqi energiyasi ozod va bosim pasayishida neftdan ajraladigan erigan gaz energiyasi, sikilgan tog’ jinslari va suyuqliklar energiyasi va neftning og’irlik kuchi ta`siridagi energiyasi xizmat qiladi.
Uyumlarni ishlatish jarayonida qatlam energiyasi zahirasi qatlamdan neft va gaz harakatiga qarshilik qiluvchi kuchlarni engib o`tishga, suyuqlik va gazlarning ichki ishqalanishi, ularning tog’ jinslari bilan ishqalanishi va kapillyar kuchlarni engib o`tishga sarflanadi.
Ishqalanish kuchlari suyuqlik va gazlarning qovushqoqligi bilan bog’liq.
Neft yoki gaz bir vaqtning o`zida bir yoki bir necha qatlam energiyalarining ta`sirida harakat qilishi mumkin.
Uyumlarning ishlashi va ishlatilishi to`laligicha konlarning energetik hususiyatlari bilan belgilanadi.
endi yuqorida qayd qilib o`tilgan energiya turlari xarakteri va xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.