Таrz (rejim) deb, neft va gazni qatlam bo’ylab quduqlar tubiga xarakatlantiruvchi va tabiy sharoitlar hamda qatlamga ta’sir ko’rsatish bo’iycha tadbirlar bilan bog’liq bo’lgan qatlam energiyasining ustun turini yuzaga kelish xarakteriga aytiladi.
U yoki bu tarzning xarakeri haqida vaqt maboynida neft debiti, qatlam bosimi, gaz omillarini o’zgarishi, chekka va ostki suvlarning siljishiga qarab hulosa chiqariladi. Uyumdan flyidlarni quduqlar tubiga siljishi va siqib chiqarilishi qatlam energiyasining asosiy manbalari bo’lgan tabiy kuchlar ta’sirida yuzaga keladi.
Ma'lumki, neft uyumlari muayan tarzlarda ishlaydi va o'sha tarzning barcha holatlarini o'z ishlash jarayonida boshidan kechiradi. Prof. M.A.Jdanovning ma'lumotlariga qaraganda neft uyumlari quyidagi ish tarzlariga mansub bo'ladi:
- Suv siquvi tarzi;
- Taranglik suv siquvi tarzi;
- Gaz tarzi (gaz do'ppisi tarzi);
- Erigan gaz tarzi;
- Gravatatsion tarz;
- Aralash tarzlar;
Suv siquvi tarzi - neft uyumi umumiy katta xajm va hududga ega bo'lgan gidrodinamik tizimdan iborat gidrogeologik havzaga mansub bo'ladi. Ushbu havzadagi holat aksariyat infiltratsion tarzga mansub bo'lib, uning ta'minot va bo'shanish hududlari mavjud. Aksariyat hollarda bu havza katta bosim va yuqori gidrodinamik darajaga ega bo'ladi va qazilgan quduqlar favvora usulda ishlaydi. Bu holat ko'p muddatga cho'zilishi mumkin. Quduqlarning debiti aksariyat hollarda yuqori bo'ladi. Ulardagi bosim farqi uncha katta bo'lmay, quduq to'xtatib qo'yilishi bilan qisqa muddat ichida undagi bosim dastlabki bosim darajasiga etib boradi yoki shunga yaqin bo'ladi. Bu hollarda quduqlardagi gaz omili vaqt o'tishi bilan deyarlik o'zgarmaydi. Uyumdan olinadigan neft miqdori unga qazilayotgan quduqlarning ishga tushuvi natijasida ko'paya boradi va quduqlar to'la qazib bo'lingach bir ko'rsatgichga ega bo'lib, shu darajada ancha muddat (bir necha yillar) davomida pasaymay turadi. Ma'lum muddatdan so'ng quduqlar mao'sulotida suv paydo bo'laboshlaydi. Aksariyat hollarda suv-neft chegarasi yaqinida joylashgan quduqlar suvlana boshlaydi va vaqt o'tishi bilan o'sha quduqlarning suvlanishi ortib hatto 90-100% gacha boradi, chunki bunday hollarda neft suv chegarasi uyum hududiga suv kirganligi uchun suriladi. Bunday tarzga mansub konlarda agarda kollektorlar yaxshi bo'lsa, neftning qovushqoqligi past bo'lsa, quduqlar zichligi ham yuqori bo'lsa (Ist-Texas koni, AQSh) neftberuvchanlik eng yuqori ko'rsatgichga yetishi mumkin (0,7-0,8). Agar uyum xilma-xil kollektorga mansub bo'lsa, neftning qovushqoqligi anchagina yuqori bo'lsa neftberuvchanlik bunday hollarda 0,3-0,4 darajasida qolishi mumkin, qolgan neftlarni sun'iy ta'sir etish yo'llari bilan olishga erishiladi.
Taranglik suv siquvi tarzi - neft uyumi umumiy katta hajmga ega bo'lgan gidrogeologik havzaga mansub, lekin uyum bilan bu gidrogeologik havzaning o'zaro bog'liqligi biroz cheklangan, bunga sabab sifatida gidrodinamik sistema bilan uyum o'rtasida katta uzilma mavjud bo'lib, u suvlarning harakatiga to'siq bo'lishi mumkin, ba'zi hollarda esa uyum atrofida kollektorning o'tkazuvchanlik xususiyati anchagina yomonlashib qolishi mumkin. Xuddi shu sabablarga binoan uyum bilan katta hajmga ega bo'lgan gidrodinamik tizim o'rtasida yaxshi erkin aloqa mavjud bo'lmay, bu aloqa ba'zan anchagina susaygan bo'lishi mumkin. Bunday holatda ishga tushirilgan uyumdagi quduqlar dastlab favvora usulida ishga tushib, ma'lum muddat o'tgach ulardagi favvora to'xtaydi. Qatlam bosimi anchagina yuqori ko'rsatgichga ega bo'lgani holda u to'xtovsiz pasaya boshlaydi. Ba'zi hollarda qatlam bosimi qatlam (uyum) ning to'yinganlik bosimidan ham pastga tushib ketishi mumkin. Bunda qatlamning ish tarzi erigan gaz tarziga ham o'tib ketishi mumkin. Ushbu holatga ega bo'lgan uyumlarda qatlamning energiyasi nafaqat uning chekkasidagi suvlar energiyasidan iborat, bu holda qatlam energiyasi undagi suv va tog' jinslarining tarangligi (siqilishdan bo'shashi) natijasida hosil bo'lgan energiya hisobiga ham bog'liqdir. Shuning uchun ham bunday tarz taranglik suv siquvi tarzi deb ataladi. Bunday uyumlarda mavjud suvlarning siqiluvchanlik koeffitsienti:
s =(4-5)10-5 1/at, neftlarning siqiluvchanlik koeffitsienti.
j =(7-140)* 10-5 1/at va qumtoshlarning siqiluvchanligi.
j=(1,4-1,7)*10-5 1/at ga tengligi qayd etilgandir.
qatlamning siqiluvchanlik koeffitsienti quyidagi ifoda bilan belgilanadi:
hq =m suyuq + j,
bu yerda: s- qatlamning siqiluvchanlik ko'rsatkichi,
m -qatlamning g'ovakligi, birning bo'lagi,
suyuq- suyuqlik (neft + suv) ning siqiluvchanligi,
j - tog' jinsi (qumtosh, oyaktosh va sh.k.) ning siqiqluvchanligi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslangan holda qatlam (uyum) ning taranglik zahiralarini hisoblash mumkin. Bunday uyumga joylashgan kondagi quduqlarning debiti ancha yuqori bo'lib vaqt o'tishi bilan pasayishi mumkin. Ular vaqt o'tishi bilan suvlanadi, lekin suv bosish darajasi unchalik jadal bo'lmaydi, chunki neft suv chegarasining surilishi ancha sekin sodir bo'ladi, uning qatlamning to'yinganlik bosimi darajasiga ham tushish holati uchraydi. Bunday tarziga ega bo'lgan konlarda ularning kollektorlik xususiyatlari yaxshi va neft suyuq bo'lsa neftberuvchanlik ko'rsatkichi 0,5-0,7 gacha bo'lishi mumkin. Agar kollektorning xilma xilligi yuqori bo'lsa hamda neft quyuq bo'lsa, neftberuvchanlik 0,25-0,35 atrofida qolib ketishi mumkin.
Bunday holatlarda albatta qatlamga sun'iy ta'sir qilish usullarini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Shunday tarzda ishlagan konlarga To'ymazi, Romashkino, J.Olamushuk, Anderson, Polvantosh va boshqa ko'plab konlar mansubdir.
Gaz do'ppisi tarzi - bu tarzda neft uyumi hududidagi asosiy harakatlantiruvchi kuch - bu gaz do'ppisida mujassam bo'lgan gazlarning bosim pasayishi tufayli kengayishi hisobiga hosil bo'luvchi kuchlardir. Bu holatda aksariyat suv neft chegarasi deyarlik surilmaydi (mabodo agar u surilsa gaz do'ppisi va suv siquvi tarzlaridan hosil bo'lgan aralash tarz bo'lgan bo'ladi). Bu tarz jarayonida qatlam bosimi bir me'yorda olingan neft miqdoriga mutanosib ravishda pasaya boradi. Shuning uchun bosim pasayishi hisobiga olinayotgan neft miqdori vaqt birligida deyarli o'zgarmas bo'lganligi uchun uyum zahiralarini hisoblash mumkin bo'ladi.
Neft quduqlari aksariyat hollarda favvora usulida ishlaydi, lekin vaqt o'tishi bilan bosim pasayib, qatlamdagi neftni favvora shaklida yuqoriga ko'tarib berolmasligi mumkin va natijada quduqdan suyuqlik otilib chiqishi to'xtaydi, uni nasoslar bilan chiqarish lozim bo'ladi.
Bu tarz sharoitida gaz do'ppisi yaqinida joylashgan quduqlar mahsulotida gaz miqdori oshib, u natijada gazga aylanadi. Bunday sharoitda quduqlarning suvlanishi ancha kech boshlanadi, chunki neft-suv chegarasi surilmaydi. Gaz omili ortib borishi mumkin, chunki bosim pasayishi bilan qatlam sharoitidagi gazlar ajralib chiqishi mumkin, lekin qatlamdagi bosim uning to'yinganlik bosimidan past ko'rsatgichga ega bo'ladi. Shuning uchun ham gaz do'ppisi hosil bo'lgan, chunki barcha neftdagi erigan gazlar yig'ilib, qalpoq hosil qilgan bo'ladi. Bunday uyumlarda quduqlar qatlamning kollektorlik xususiyatlariga hamda neftning fizik xossalariga qarab yuqori, o'rta hamda past debitli bo'lishi mumkin.
Neftberuvchanlik bunday tarzda har xil miqdorga ega bo'lishi mumkin.
Qulay sharoitlarda uning ko'rsatkichi 0,4-0,5 past ko'rsatgichlarda 0,2-0,3 atrofida bo'lishi mumkin. Shuni qayd qilish joizki, Farg'ona vodiysidagi Polvontosh koni VII gorizontda gaz do'ppisi, suv siquvi va gravatatsion tarzlardan mujassam bo'lgan oraliq tarz bo'lganligi uchun hamda quduqlar to'ri ancha zich bo'lganligi uchun yuqori neftberuvchanlikka erishilganligi ma'lum (0,7 dan yuqori). Bunday tarzda ishlaydigan konlar respublikamizda ko'plab topiladi.
Bunday tarzlarda ishlovchi konlarda (masalan, kirkuk-Iroq) suv neft chegarasiga suv haydash, gaz neft chegarasiga gaz haydash bilan kondagi neftlarni chiqarib olish va neftberuvchanlikning yuqori natijasiga erishish mumkin. Bunday konlar sirasiga yuqorida keltirilganlardan tashqari Bug'uruslan konlari ham kiradi.
Erigan gaz tarzi - bu tarzda neft quduqlar tubiga asosan neft tarkibida erigan gazning harakatlanishi tufayli o'sha harakati natijasida o'zi bilan neft tomchilarini birga olib ketishi hisobiga oqib keladi. Ko'rinib turibdiki, bu tarzda na chekka suvlari, na gaz do'ppisi neftning harakatiga ko'mak bermaydi. Bu holatda quvvat juda kam. Shuning uchun bu tarzda dastlabki quduqlar favvora bermaydi, quduqlardagi suyuqlik quduq ichida bo'ladi va chuqur nasoslar tushirish natijasida olinadi. Aksariyat erigan gaz tarzi taranglik suv siquvi tarzida uyum ma'lum bir muddat ishlagandan so'ng qatlam bosimi neftning to'yinganlik bosimiga etib kelgach, neft tarkibidagi gazlarning uning ichidan ajralib chiqishi natijasida hosil bo'lgan energiya hisobiga harakatga keladi. Qatlamning ishlash tarzi erigan gaz tarziga aylanadi. Bunday hollarda chekka suvlar biroz faolroq bo'lsa, aralash tarz hosil bo'ladi, agar ular juda passiv bo'lsa erigan gaz tarzining o'zi hosil bo'ladi va uning energiyasi tezlikda tugaydi. Shuning uchun ham bu tarzdagi neftberuvchanlik koeffitsienti juda past bo'ladi. Agar kollektorlik xususiyatlari qatlamda yaxshi bo'lsa hamda neft ancha suyuq va qazilgan quduqlar zichligi ancha yuqori bo'lsa, neftberuvchanlik koeffitsienti 0,3 atrofida bo'lishi mumkin, aks holda u koeffitsient 0,15-0,2 atrofida bo'ladi.
Bunday tarzda ishlovchi hollar (uyumlar)da albatta qatlamdan neft chiqarishning boshqa mavjud usullari qo'llanadi. Chunonchi, qatlamda neftlar quyuq bo'lsa, qatlam sharoitida neftni yoqish (qatlam ichra yonish) yaxshi natijalar beradi. Undan tashqari qatlamga suv haydash va boshqa usullar ham qo'llanishi maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizdagi ko'pgina konlardagi ish tarzi erigan gaz tarziga mansub bo'lib, ularni qazib olishda yetarli tajriba to'plangandir. Bunday konlar sirasiga Apsheron koni ham (Maykop hududi) kiradi.
Gravitatsion tarz - bu tarzda qatlamning harakatlantirish kuchi faqat uning gravitatsion (yer tortish) kuchi bo'lib, suyuqlik past tomoniga qarab oqishiga asoslangandir. Bunday harakatda neft uyumiga na suv va na gaz ko'mak bermaydi. Shu sababli bu tarzdagi uyum eng past darajadagi neftberuvchanlik koeffitsientiga ega bo'ladi, chunki qatlamdagi neft faqat past tomonga qarab gravitatsion kuch evaziga oqib tusha boshlagani hisobiga mahsulot olinadi. Bu holatda aksariyat qatlam bo'ylab gorizontal yoki qatlam yotishiga parallel quduqlar qazish maqsadga muvofiq bo'lib, uning past qismidan yig'ilgan neftni olish imkoni bo'ladi.
Bunday qatlamlarda shaxta usuli bilan neft chiqarish usulidan ham foydalanish mumkin. Bunday uyumlarda neft beruvchanlik 0,1-0,15 dan ortmaydi. Bu uyumlarda neft chiqarishning sun'iy usullarini qo'llash ham ancha murakkabdir. Sharoitning taqozosiga qarab ish yuritilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday uyumlar misolida Udmurt avtonom respublikasi hududidagi Uxta konida shaxta usuli bilan neft chiqarish ishlari yo'lga qo'yilganligi ma'lum. Bunday tarzda ishlovchi konlar avval boshqa tarzda ishlagan bo'lib, uning oxirgi ishlash davrida ushbu tarzga o'tib qolganligi aksariyat hollarda kuzatiladi.
Aralash tarzlari – bu tarzda bir vaqtning o’zida erigan gaz tarsi, taranglik va suv siquvi energiylari namoyonlanadi. Bu tarzni ko’pincha gazlangan neftni (neft aralashmasi + ozod gaz) suv bilan siqib chiqarishdek ko’riladi, qachonki Pqt n dan kichik bo’lganda.Bosim neftlilik konturida Pnk ≥ Pn bo’ladi.
Bunday tarzning afzalligi – ikki tomonlama suyuqlik oqimi; neft qatlamiga bir vaqtning o’zida SNK va GNK bostirib keladi.