14.1.-rasm. CHuqurlik nasosi kurilmasining sxemasi
Tebratma dastgox mexanizmida elektrodvigatel 11 orkali krivoshitlar xarakatlanadi, krivoshiplar 10 va shatunlar 9 yordamida balansir 8 tebranma xarakatga keladi. Nasosning ishlari quyidagi usulda boradi.
Plunjerning yuqoriga xarakatida pastgi so’ruvchi to’siq (klapan) suyuqlik bosimi ta`sirida ochiladi va suyuqlik nasos cilindriga keladi. Bu vaqtda yuqoridagi xaydovchi to’siq yopik bo’ladi, unga nasos kompressor quvuri ichidagi suyuqlik ustunining bosimi ta`sir etadi.
Plunjer pastga xarakat qilganda pastgi so’ruvchi to’sik suyuqlik bosim ta`sirida yopiladi va xaydovchi to’siq ochiladi, shu tariqa cilindr ichidagi suyuqlik yuqoriga xarakatlanadi.
Plunjerni yuqoriga xarakatlanganida bir vaqtning o’zida suyuqlikni nasos tsilindri ichiga kirishi va uni nasos kompressori ichida ko’tarilishini ta`minlanadi, pastga xarakatlanganida esa cilindr ichidagi suyuqlik nasos kompressori ichiga o’tadi.
Chuqurlik nasoslari qurilmasini ishlashida bo’ladigan halokatlar;
- nasos kompressor quvurlar birikmasini quduqga tushib ketishi;
- quduqga chekka buyum ko’lashi natijasida nasos kompressor quvurining qisilishi;
- nasos shtangalari birikmasini uzilishi;
- chuqur nasosi xarakatlanganda suyuqlikni yuqoriga ko’tarilmasligi;
- tebratma dastgox balansirining sinishi;
- tebratma dastgox elektromotorni ishdan chiqishi;
Nasos kompressor quvur birikmasining quduq tubiga ko’llashi, chuqurlik nasosini almashtirish uchуn quvurlar birikmasini ko’tarish-tushirish vaqtida elevatorning nosozligi yoki mufta burama kertigining ochilishi natijasida vujudga keladi. Nasos kompressori quvuri birikmasini quduqdan olish uchun asosan metchik, ichki quvur tutgich va tashki quvur tutgichdan foydalaniladi. U yoki bu ko’rinishdagi quvur tutgichlardan foydalanish, uzilish joyining xalokatiga bog’lik. Masalan; uzilgan joyda mufta bo’lsa unda metchik qo’llaniladi, agar quvur burama kertik yoki tanasidan uzilgan bo’lsa unda Quvur tutgichlardan foydalaniladi. Halokatlarda metchik yoki Quvur tutgichdan foydalanganda ularning kojuxli saqlagich yordamida qo’llash lozim, ya`ni tutuvchi asbob uzilgan joyidan o’tib ketmasligi maqsadida. Agar nasos quvuri uzunligi xato xisoblanganda metchik yoki quvur ushlagich uzilgan joydan pastroqga saklagichlarsiz tushirilsa unda ularni qisilishi va ushlanish holatlari vujudga kelishi mumkin.
Quduqga chekka buyumlarni qo’lashi natijasida xam nasos kompressor quvurlari birikmasining ushlanishi vujudga kelishi mumkin. Asosan bunday halokatlar kolonnani ko’tarib tushirish natijasida bartaraflanadi, bunda neftning aylanma xarakati ta`minlanishi lozim.
Nasos shtangalari burama kertik birikmalari va shtanga tanasidan uzilishi mumkin, metalning charchashi natijasida. Qolib ketgan shtangalarni olish uchun asosan nasos kompressor quvuri birikmasi ko’tariladi.
Chukurlik nasosini ishdan chikishi so’ruvchi va xaydovchi to’siklarni emirilishi natijasida vujudga keladi va u dinamometrlash usuli bilan aniqlanadi.
Chukurlik nasoslarini ishlatishda tebratma dastgox balansirining sinish xalokati xam uchrab turadi va u eng og’ir xalokat xisoblanadi. Chunki uni ta`mirlash ko’p vaqt talab etadi, bu esa ko’p maxsulot olishning yuqotilishiga olib keladi. Bunday halokatlar tebratma dastgoxga qilinadigan profilaktik ishlarni o’z vaqtida bajarilmasligi sababli vujudga keladi. Asosan biriktirilgan joylarni qotirilmasligi, moylanmasligi xam bu turdagi halokatlarni keltirib chiqaradi.
Tebratma dastgoxni xarakatga keltiruvchi elektromotorning ishdan chiqishiga asosan ikki sabab mavjud:
- elektr tarmoqning ishdan chiqishi (qisqa tutashuv);
- balansir boshchasiga tushadigan ogirlikning ortishi.
Buni ta`mirlashda xam ko’p vaqt sarflanadi va bu esa o’z navbatida olinadigan maxsulotni kamayishiga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |