O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’limi vazirligi


Ta‘lim- tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arb qomusiy olim,pedagoglarining o‘rni



Yüklə 114,21 Kb.
səhifə3/11
tarix02.01.2022
ölçüsü114,21 Kb.
#41707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ABU ALI INB SINO

Ta‘lim- tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arb qomusiy olim,pedagoglarining o‘rni.

O’quvchi shaxsining ta`lim jarayonidagi o’rni, faoliyati Ta`lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o’ziga xos ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya`ni, ta`limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.

O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinida bo’lishi mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda  nutqdan foydalanish kiradi.

Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.

Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo’lish va o’quv materialini anglab etish talab etadi. Pedagogik jarayonda o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma`nosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.

O’quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to’la tushungan holda o’zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o’zini o’zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O’zini o’zi nazorat qilishda o’quvchilar ular qo’llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak.

Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o’quv  harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta`lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini analiz qilish amalga oshirish o’qituvchining shunga o’xshash o’rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o’quvchilarni o’z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o’zaro nazoratni tashkil etish, o’rnatilgan mezonlar asosida o’z faoliyati natijalarini o’zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.

 Bilimlarni o’zlashtirish jarayonining tuzilishi. O’quvchilar o’quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o’rganib olish uchun bilimlarni o’zlashtirish jarayoni tuzilishini  yaxshi tasavvur etish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o’quv materialini anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash.

Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma`lumki, idrok etish aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni bo’lib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda o’quvchilarga mavzuni, ya`ni, ularning nimani o’rganishlari (masalani qo’yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o’quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo’lgan tajribalarni o’tkazishdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich o’quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o’rganish haqida etarlicha tasavvurga ega bo’lganida va o’quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi.

Ikkinchi bosqich – o’quv materialini anglab etish. U ma`lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to’plamini o’rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o’rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o’quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo’shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko’rsatsin. O’quvchi o’quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o’rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.

Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o’zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida  saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko’proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo’ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O’qituvchi o’quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko’chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o’quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o’quv malakalari va ko’nikmalari shakllantirilgan bo’ladi.

To’rtinchi bosqich bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo’llashdan iborat bo’ladi. Bilimlarini qo’llash o’rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko’rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o’quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab er maydonidagi ishlar bo’lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko’rinishi quyidagichadir:

Bilimlarni egallash bosqichlari

    bilimlarini qo’llash Mustahkamlash anglab etish idrok etish Ta`limning gnoseologik asoslari. O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta`lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq.



Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o’rganish, logiya –fan, ta`limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta`limot.

Ijtimoiy taraqqiyot tarixida  insonning atrof-muhitni  bilishi umumiy  tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma`lum. Ana shu yondoshishlar o’quv jarayonini qurish va ta`lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.

Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob`ektlarining harakatlari hamda  erdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni echishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.

Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob`ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.

Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.

Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma`lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat`iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:

1)        fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;

2)        ushbu tamoyil va ma`lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya`ni,  mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;

3)        xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek,  haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.

Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma`lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.

Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta`limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish  asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining  tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta`sirini kuzatish asosida aniqlagan.

Chex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda ta`lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta`limning tabiiyligi g’oyasi ta`lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta`kidlaydi.

YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog’liqligi haqidagi g’oyasi – g’arb olimlarining ta`lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining  o’quv jarayoniga ta`sirini ko’rsatib berishga urinishlaridan biridir.

XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta`lim mohiyatini ochib berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta`lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak.

Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta`lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.

Ekzistentsializm ratsional bilishni rad etadi, ta`lim fandan ko’ra san`atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi.

Ta`lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm  pedagogikasi” yoki progressivizm AQSHda alohida rivojlandi. Uning etakchisi Djon D’yui mazkur ta`limotni ifodalashda pragmatizmning  falsafiy g’oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob`ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob`ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.

D.D’yui fikricha, bilish va bilim inson o’z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni  engish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning  boshlanish yo’li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.

“Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj.D’yuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vil’gelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish.

Bugungi kunda ham ta`lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha yondoshishlar mavjud. Xususan:

1. Sotsiologik yondoshish. Unga ko’ra ta`limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga etkazishdan iborat. O’quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo’lgan bilimlarni  o’rganadilar. Ta`limning mazmuni o’quvchilaring ajdodlar tajribasini o’zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy  qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta`limga bunday yondashish ijtimoiy jarayon hisoblanadi.

Boshqa bir yondashishni  xususiy pedagogik yoki didaktik yondashish deb atash mumkin. Bu yondashish yaxlit  ta`lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quv  materialini o’rganishni, uni anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo’llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko’ra ta`lim mazmuni o’quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.

Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo’lini quyidagicha formula asosida ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan amaliyotga. Ta`lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik  yondashish bilimlarni o’zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g’oyalarga tayanadi. Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo’gotskiyning (1896-1934 yillar) ta`limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo’lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog’liq. Unga ko’ra, ta`lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to’la shakllanmagan, lekin o’quv jarayonini qurishga asos bo’la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo’ladi.

Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so’zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g’oyalar asosida ta`lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishga olib keladi.

XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi. Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta`limotdir. Bu ta`limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta`limot ta`lim jarayoni inson ongining borliqni  aks ettira olishiga imkon berishi zarur degan g’oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g’oyasiga ko’ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.

Dialektik yondoshishga binoan ta`lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklarini quyidagilar sanaladi:

1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o’quvchi o’zlashtirgan bilimlar hajmi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta`lim  jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta`lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o’rta  va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta`lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini  izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo’ymoqda.

2. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’rganishning amaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o’rganishning o’quvchi egallab olishi kerak bo’lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o’quvchining intellektual rivojlanishi sur`ati va darajasiga bog’liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o’quv materiali  aqliy rivojlanishning turli ko’rsatkichlariga namoyon etishi mumkin.

3. O’quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko’zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo’lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi. XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta`lim muammolarini ham o’rganishda  MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko’zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta`limot bo’lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan.


Yüklə 114,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin