1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
R.T. UMAROV, J.B. ORISHEV, O.O.KARIMOV
MATERIALSHUNOSLIK. KONSTRUKSION MATERIALLAR
MATERIALSHUNOSLIGI
(5112100-texnologiya ta`limi yo`nalishida tahsil oladigan talabalar uchun
laboratoriya-amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga doir uslubiy qo’llanma)
Jizzax – 2020
2
O`UK: 6П3.4
BBK: 34.2
U-47
UMAROV Rahim, ORISHEV Jamshid, Orif KARIMOV
“Materialshunoslik. Konstruksion materiallar materialshunosligi (laboratoriya
va amaliy mashg’ulotlar)” nomli uslubiy qo`llanma. Ma`sul muharrir: dots.
R.M. Yusupov. – Jizzax, 2020. 64 – б.
Ushbu uslubiy qo’llanma pedagogika institutlarining 5112100-texnologiya
ta`limi yo`nalishida tahsil oladigan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda
“Materialshunoslik. Konstruksion materiallar materialshunosligi” fanidan dastur
bo’yicha laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar keltirilgan
.
O`UK: 6П3.4
BBK: 34.2
U-47
Ma`sul muharrir: dots. R.M. Yusupov
Taqrizchilar: dots. B.X. O’razov
p. f. n. T.J. Ismoilov
Mazkur uslubiy qo`llanma Jizzax davlat pedagogika institutining 28 dekabr
2019 yildagi 5-sonli
kengash yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya
etilgan
.
3
KIRISH
Metall va metallmas materiallar insoniyatga juda qadim
zamonlardan ma’lum bo’lib, kishilik jamiyati moddiy madaniyatini
rivojlanishida g’oyat katta o’rin tutadi. Ma’lumki, har qanday mashina va
mexanizmning ko’pchilik detall va uzellari asosan metall va metallmas
materiallardan hamda ularning qotishmalaridan tayyorlanadi. Binobarin,
hozirgi kunda birorta soha yo’qki metall va metallmas materiallarlar
ishlatilmaydigan. Ayniqsa keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti
munosabati bilan sanoatning barcha tarmoqlari, og’ir sanoat va
mashinasozlik sanoati jadal rivojlanib bormoqda. Sanoatning rivojlanishi
arzon, puxta, ishlatilishi qulay bo’lgan yangidan-yangi materiallarni
yaratishni, shuningdek, materiallarning xossalarini yaxshi bilgan holda
ularni zaruriy yo’nalishda o’zgartirish texnologiyasini ishlab chiqishni
taqozo qilmoqda.
Bu vazifani hal etish uchun pedogogika oliy o’quv yurtlarining
Texnologiya ta’limi yo’nalishi talabalariga Materialshunoslik fanidan
puxta, chuqur va atroflicha bilim berish lozim. Bu esa shu sohaga doir
yangi va fan-texnikaning so’ngi yutuqlarini o’z ichiga olgan adabiyotlarni
yaratishni zaruriyat qilib qo’ymoqda. Yaratilgan mavjud adabiyotlarning
aksariyati qismi rus tilida, qolaversa texnika oliy o’quv yurtlariga
mo’ljallangan. Shularni e’tiborga olib uzoq yillik tajriba va Texnologiya
ta’limi yonalishi davlat ta’limi standarti talablaridan kelib chiqib ushbu
uslubiy qo’llanmani yaratishga jazm etdik.
Ushbu uslubiy qo’llanma pedogogika oliy o’quv yurtlarining
Texnologiya ta’limi yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib,
fan dasturida keltirilgan laboratoriya va amaliy mashg’ulot
matnlaridan iborat. Mashg’ulot matnlari ishning mavzusi, maqsadi,
ish uchun zaruriy jihozlar, ish yuzasidan umumiy ma’lu mot, ishning
bajarilish tartibi, ish yuzasidan hisobot va nazorat savollari
qismlaridan
tashkil
topgan.
Mazkur
uslubiy
qo’llanmadan,
shuningdek, oliy texnika o’quv yurti talabalari, sohaga yaqin kasb
hunar kolleji va umumiy ta’lim maktablarining o’qituvchi hamda
o’quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
4
Laboratoriya-amaliy mashg’ulotlarida rioya qilinadigan sanitariya-
gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalari
Materialshunoslik bo’yicha
laboratoriya-amaliy
mashg’ulotlari
asosan maxsus kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlangan xonalarda olib
boriladi. Bu xonalarda texnologiya ta’limining har xil tashkiliy shakl va
metodlaridan foydalaniladi, texnik ma’lumotlar berish, tadqiqotchilik va
mehnat malakalarini shakllantirish ishlari amalga oshiriladi, texnik
bilimlar, mehnat usullari, bajariladigan ishlar nazorat qilinadi, estetik did
va mehnat madaniyati ko’nikmalari, mustaqil ishlash qoidalari
shakllantiriladi, shuningdek, xonada yuksak darajadagi mehnat intizomi va
mehnat muxofazasi talablariga rioya etish uchun yaxshi sharoitlar
yaratilishi lozim.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib fan xonalari quyidagi asosiy
sanitariya-gigiyenik va tashkiliy metodik talablarga javob berishi lozim:
- fan xonasi ta’limiy-pedogogik, sanitariya-gigienik va ishlab
chiqarish-texnik talablariga javob berishi kerak;
- xonalar texnikaning hozirgi zamon darajasiga, yuksak mehnat
madaniyatiga muvofiq jihozlanishi va ular faqat laboratoriya-amaliy
mashg’ulotlar talablarigagina emas, balki mustaqil ta’limni tashkil etish va
o’tkazish bo’yicha talablarga ham javob berishi lozim;
- laboratoriya - amaliy ishlarni bajarishda pedagogning talabalar
bilan umumiy guruhli, zvenoli va yakka tartibda olib boradigan
mashg’ulotlari uchun ham xonada sharoit yaratilgan bo’lishi lozim;
- har bir talabaga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan
ta’minlangan alohida ish o’rinlari ajratilgan bo’lishi lozim;
- xonada talabalar mashg’lot davomida eng qulay va xavfsiz
shug’ullanishiga sharoit yaratilgan bo’lishi kerak;
- xonada o’qituvchi uchun tegishli jihozlar, asboblar, moslamalar
bilan ta’minlangan va poldan 250-300 mm ko’tarilgan namunali ish o’rni
bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi;
- xona hajmli va tekis ko’rsatmali qo’llanmalar, shuningdek,
ta’limning texnik jihozlari bilan jihozlangan bo’lishi kerak;
5
- mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil qilish uchun asosiy xonaning yonida
qo’shimcha yordamchi xonalar (asbob-uskunalar va kerakli jihozlar
qo’yiladigan) bo’lishi kerak;
-tashqaridagi tovushlar, ishdan chalg’itadigan va mashg’ulotni
borish jarayoniga salbiy ta’sir qiladigan shovqin-suronlar xonaga
eshitilmasligi lozim;
- xonadagi yoritilganlik (tabiiy va sun’iy), havoning harorati va
mashg’ulot uchun har bir talabaga to’g’ri keladigan maydon me’yor
talablariga javob berishi lozim.
Laboratoriya-amaliy mashg’ulotlarni boshlashdan oldin talabalar
albatta mashg’ulotlarda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari
bilan tanishib chiqishi lozim. Bu qoidalarga rioya etmaslik mashg’ulotlar
davomida har xil ko’ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Quyida laboratoriya-amaliy mashg’lotlarini bajarish davomida rioya
qilinadigan ayrim xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqamiz:
-ish joyi toza va tartibli bo’lishi;
- talabalar mashg’ulot davomida xalatda bo’lishi, qizlar sochlarini
tartibga keltirib ro’mol ostiga o’rab olishi kerak;
-
laboratoriya-amaliy
ishlarini
boshlashdan
oldin
talabalar
mashg’ulotlarda foydalaniladigan zaruriy asbob-uskunalar bilan ishlash va
elektr asboblaridan foydalanish qoidalarini yaxshi o’rganib chiqishlari
lozim;
- mashg’ulotda foydalaniladigan asbob-uskunalarni o’qituvchining
yoki laborantning ruxsatisiz ishga tushurmasligi kerak;
- mashg’ulotda foydalaniladigan asbob-uskunalardagi nuqsonlarni
darhol o’qituvchi yoki laborantga aytish lozim;
- asbob-uskuna va moslamalar ish stoliga to’g’ri hamda tekis
turadigan qilib o’rnatilishi kerak;
- ish o’rinlarining tirnalishiga, chizilishiga va o’yilishiga,
shuningdek, sinishiga yo’l qo’yilmaslik kerak;
- mashg’ulotlarda foydalaniladigan asbob-uskunalarni ish stolining
ustiga tartib bilan joylashtirib qo’yish lozim;
6
- masg’ulot davomida ish o’rnida yig’ilib qolgan har xil keraksiz va
ishlashga xalaqit beradigan narsalarni hamda chiqitlarni yig’ishtirib
qo’yish lozim;
- stolning ustini qo’l bilan tozalamaslik, buning uchun shyotka yoki
latta bilan tozalash kerak;
- ish so’ngida asbob-uskunalarni artib tozalab tartib bilan ish o’rniga
joylashtirib qo’yish kerak;
- mashg’lotlar tugagandan keyin har bir talaba o’z ish o’rnini
yig’ishtirib tartibga solishi va o’qituvchiga xabar berishi kerak, shundan,
keyin o’qituvchining ruxsati bilan xonadan chiqishi lozim;
- mashg’ulot oxirida navbatchi talabalar xonani yig’ishtirib ketadi.
7
LABORATORIYA ISHI MAVZULARI
LABORATORIYA ISHI № 1
MAVZU: Metallarning kristallanish jarayonini o’rganish
Ishdan maqsad: Metall va qotishmalarning tuzilishlaridagi
kristallanish jarayonlarini o’rganish.
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: 1. Biologik mikroskop, 2.
Shisha plastinka, 2. Toza paxta, 3. Quyidagi tuzlarning eritmalari:
qo’rg’oshin neytron Pb(NO
3
)
2
, kaliy marganets K
2
Cr
2
O
7
, natriy xlor
NaCl, kaliy xlor KCl va h.k, 4.Tomizgich (pipetka).
Umumiy ma’lumot
Metallar yaltiroqlikka ega bo’lgan plastik moddalardir. Ular
o’zlaridan issiqlik va elektr tokini juda yaxshi o’tkazadi. Sof metallarning
elektr o’tkazuvchanligi, temperatura ko’tarilishi bilan pasayadi.
Temperatura pasaygan sari elektr o’tkazuvchanligi ortadigan,
issiqlikni yaxshi o’tkazadigan, bolg’alanuvchan va o’ziga xos yaltiroqlikka
ega bo’lgan elementlar metallar deb ataladi.
Metallarning elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi ularning kristall
panjarasida erkin elektronlar borligidandir. Metalldagi bog’lanish
elektrostatik kuchlar bilan amalga oshiriladi. Ionlar va erkin elektronlar
o’rtasida elektrostatik tortishish kuchlari hosil bo’ladi. Bu kuchlar ionlarni
bog’laydi, ya’ni atomlarning bir-birlarini tortish va itarish kuchlari o’zaro
muvozanatdaligi tufayli o’z shaklini saqlab turadi. Metall zarralari
orasidagi bunday bog’lanish metall bog’lanish deyiladi.
Metallar hajmi markazlashgan kub, yoqlari markazlashgan kub,
Dostları ilə paylaş: |