O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix28.08.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#63313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
616d9864a3d01 MKMM lab.-amal.mash uslubiy qo\'lanmal.2020 (1)

korroziya deb ataladi (5.1-rasm, v). Korroziyaning bu turi nixoyatda 
xavflidir, chunki bunday korroziyalangan metallning mexanikaviy 
xossalari kuchli darajada pasaygan bo’lishiga qaramay, uning tashqi 
ko’rinishi deyarli o’zgarmay qoladi. Metallga agressiv muhit va 
mexanikaviy (statik va dinamik) kuchlanishlar bir vaqtda ta’sir etsa, bu 
metallda korrozion darzlar hosil bo’ladi.  
5.1-rasm. Korroziyalarning asosiy 
turlari 


34 
Metallarning korroziyalanishi natijasida ularning fizikaviy va mexanik 
xossalari pasayadi yoki butunlay yo’qolib ketishi mumkin. Korroziya 
hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari orasida ishqalanishni 
kuchaytiradi, asbob apparatlarning elektr xossalarini pasaytiradi. 
Metallarni tashqi muhit bilan aloqasi xarakteriga ko’ra korroziyani 
ximiyaviy va elektroximyaviy turlarga ajratiladi. 
Metallarning elektr o’tkazmaydigan muhit, masalan, quruq gazlar, 
suyuq dielektirik moddalar, surkov moylari, neft va boshqalar bilan 
ximiyaviy 
ta’sirlashuvi 
natijasida 
yemirilish 
jarayoni 
kimyoviy 
korroziyalanish deyiladi 
Metallarning elektr toki o’tkazadigan suyuq muhitda, ya’ni elektrolit 
eritmalarida yemirilish jarayoni elektrokimyoviy korroziya deb ataladi. 
Ishni bajarish tartibi:
1. Metallarning korroziyasi to’g’risida umumiy tushuncha. 
2. Korroziyaning asosiy turlarini o’rganish. 
3. Kimiyoviy korroziya haqida tushuncha bering. 
4. Elektrokimyoviy korroziya haqida tushuncha bering. 
5. Korroziyaga qarshi kurashish choralarini o’rganish.
Hisobotda bajarilgan ishdan maqsad, korroziyani aniqlashga doir sifat 
va miqdor analizlarini o’tkazish hamda ishlarni bajarish tartibi yoziladi.
Nazorat savollari: 
1. Metallarning korroziyasi to’g’risida umumiy tushuncha bering. 
2. Korroziyaning asosiy turlarini ayting. 
3. Kimiyoviy korroziya haqida tushuncha bering. 
4. Elektrokimyoviy korroziya haqida tushuncha bering. 
5. Korroziyaga qarshi kurashish choralarini ayting. 
AMALIY ISH № 6 
MAVZU: Ba’zi yog’och xillari, kesimlari, tashqi belgilari va tuzilishini 
o`rganish 
Ishdan maqsad: Xalq xo’jaligida konstruktsion materiallar sifatida 
qo’llaniladigan ba’zi yog’och xillari, kesimlari, tashqi belgilari va 
tuzilishini o`rganish. 


35 
Kеrаkli jihоzlаr vа аsbоb-uskunаlаr: Turli yog’оch nаmunаlаri, 
hаr хil fаnerlаr, yog’оch tоlаlik (DVP) vа qipig’lik (DSP) plitаlаr, pаrket 
vа pоl tахtаlаridan nаmunаlаr hаmdа plаkаtlаr. 
Umumiy ma’lumot: Ma’lumki har qanday yog’och materialining 
xom-ashyo bazasi daraxtlar hisoblanadi. O’sib turgan daraxt shartli 
ravishda uch qismga bo’linadi: Shox qismi; Tana qismi; Ildiz qismi. 
Ildiz qismi o’q tomiri, yon tomirlar va rishta tomirlaridan iborat 
bo’ladi.
6.1-rasm. Daraxt tanasining tuzilishi. 
Ishning bаjаrilish tаrtibi 
1. Daraxt qismlari va tuzilishini organish; 
2. Igna bargli daraxtlar (qarag’ay (sosna), qora qarag’ay (yel), oq 
qarag’ay (pixta), tilog’och (listvennitsa) va kedr) turlari, 
yog’ochliligi (yog’ochlikka yaroqliligi) xossalari va ishlatilishini 
o’rganish ; 
3. Yirik bargli daraxtlar (yillik xalqalari yaxshi ko’rinadigan va ozuqa 
yo’llari xalqa bo’ylab joylashgan daraxtlar (eman (dub), shumtol 
(yasen), elma (ilm), bujun (vyaz) kabilar)) yog’ochliligi, xossalari, 
ishlatilishi va turlarini o’rganish; 


36 
4. Mahalliy daraxtlar (mirza terak (topol piramidalniy), baqa terak 
(cherniy topol), yong’oq (orex), chinor (platan), nok (grusha), tol 
(iva), qayrag’och va h.k.) turlari, yog’ochliligi, xossalari, 
ishlatilishini o’rganish; 
5. Yog’ochlarning nuqsonlarini o’rganish; 
6. Hаr хil fаnerlаr, yog’оch tоlаlik (DVP) vа qipig’lik (DSP) plitаlаrni, 
pаrket vа pоl tахtаlаri mаteriаllаri tayyorlashni o’rganish; 
7. Yog’och mаteriаllаrni quritishni o’rganish; 
8. Yog’оch mаteriаllаrni chirishgа vа yonishgа qаrshi ishlаshni 
o’rganish; 
Hisоbоtdа ishning mаvzusi, ishning mаqsаdi, daraxt qismlari va 
tuzilishi; igna bargli daraxtlar turlari, xossalari va ishlatilishi; yirik bargli 
daraxtlar turlari, xossalari va ishlatilishi; mahalliy daraxtlar turlari, 
xossalari, ishlatilishi; yog’ochlarning nuqsonlari; hаr хil fаnerlаr, yog’оch 
tоlаlik (DVP) vа qipig’lik (DSP) plitаlаr, pаrket vа pоl tахtаlаri 
tayyorlash; yog’och mаteriаllаrni quritish; yog’оch mаteriаllаrini chirishgа 
vа yonishgа qаrshi ishlаsh to’g’risida qisqacha ma’lumotlar yozilgan 
bo’lishi lozim. 
Nаzоrаt sаvоllаri: 
1. Yog’och materialining xom-ashyo bazasi nima hisoblanadi? 
2. O’sib turgan daraxt shartli ravishda necha qismga bo’linadi? 
3. Daraxtning yog’och materiali yetkazib beradigan asosiy qismi 
qaysi? 
4. Igna bargli daraxtlarga qaysi daraxt turlari kiradi? 
5. Yirik bargli daraxtlarga qaysi daraxt turlari kiradi? 
6. Mahalliy daraxtlarga qaysi daraxt turlari kiradi? 
7. Yog’ochlarning qanday nuqsonlari bo’ladi? 
8. Fаnerlаr qanday tayyorlanadi?
9. Yog’оch tоlаlik (DVP) qanday tayyorlanadi?
10. Qipig’lik (DSP) plitаlаr qanday tayyorlanadi?
11. Yog’och mаteriаllаrni quritishda qanday usullardan 
foydalaniladi? 
12. Yog’оch mаteriаllаrni chirishgа vа yonishgа qаrshi ishlаsh 
qanday amalga oshiriladi? 


37 
AMALIY ISH № 7 
MAVZU: Plastmassalar va ularning tuzilishini o`rganish 
Ishdan maqsad: Plastmassalar va ularning tuzilishini o`rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar:.Plastmassa turlaridan 
namunalar. 
Umumiy ma’lumot: Tabiiy va sintetik polimerlar (smolalar, efirlar)
asosida olingan materiallarga plastmassa deyiladi. Plastmassalar eng 
muhim konstruksion materiallar hisoblanadi. Plastmassalardan issiqlik va 
bosim bilan ishlash asosida murakkab shaklli buyumlar olinadi. Undan 
zamonaviy mashinasozlikda keng qo’llaniladi. Bundan tashqari ulardan 
uy-ro’zg’or buyumlari ham ko’plab ishlab chiqariladi. Hosil qilingan 
buyum o’z shakli va olchamlarini termomexanik ta’sir to’xtagandan so’ng 
ham turg’un saqlaydi. Plastmassalar fizik, ximiyaviy, mexanik va 
texnologik xossalari hisobga olingan holda ishlatiladi. 
Plastmassalar yaxshi friksion va antifriksion xossalarga, ximiyaviy 
inert va korroziyabardosh, past issiqlik o’tkazuvchanlikka, yaxshi 
elektroizolyatsiyaga va eng muhimi, kichik zichlikka (0.015 – 2 g/sm
3

ega.
Elastiklik modulining past ekanligi uning kamchiligi hisoblanadi.
Polimer – katta molekulyar massali jismlar hisoblanib, metallmas 
materiallarning asosini tashkil etadi. 
Bir xil tuzilishli elementlar zvenolarning ko’p martalab takrorlanishi 
natijasida hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar – polimerlar deb 
ataladi. 


M → (M) n, 
bu yerda, M – monomer molekulasi (M) n – makromolekula, n – ta 
molekulyar zvenodan tashkil topganligi. 
Polimerlar 3 xil bo’ladi: 
1. Tabiiy (haqiqiy kauchuk, sellyuloza, oqsil, jun, tabiiy smolalar); 
2. Sun’iy (tabiiy polimerlarni qayta ishlash tufayli olingan); 
3. Sintetik (fenolformadelgidli va karbamidli smolalar, polietilen, 
polistirol, poliamid, epoksidli smolali). 


38 
Polimerlar tarkibiga ko’ra, makromolekulasi shakliga ko’ra, 
ximiyaviy tarkibi va tuzilishiga ko’ra, fazaviy holatiga ko’ra hamda 
issiqlik ta’siriga ko’ra turlarga bo’linadi. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Plastmassa bu qanday turdagi material? 
2.Polimerlarlarning turlarini aniqlash. 
3. Plstmassalar turlari bilan tanishish. 
4. Plastmassalarning tarkibiga ko`ra qanday turlari bor. 
5.Plastmassalar tarkibiga qanday qo`shimchalar qo`shiladi. 
Hisobotda ishning mavzusi, ishning maqsadi, plastmassalarning 
tuzilishlari haqida umumiy ma’lumot beradilar.
Nazorat savollari: 
1. Plastmassa deb nimaga aytiladi? 
2.Polimerlar necha turga bo`linadi. 
3. Plastmassalar qanday turlarga bo`linadi. 
4. Plastmassalarning tarkibiga ko`ra qanday turlari bor. 
5.Plastmassalar tarkibiga qanday qo`shimchalar qo`shiladi. 
AMALIY ISh № 8 
MAVZU: Rezina va qurilish materiallarining turlarini o`rganish. 
Ishdan maqsad: Rezina va qurilish materiallarining turlari bilan 
tanishish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Rezina va qurilish 
materiallarining na’munalar. 
Umumiy ma’lumot: Rezina – sintetik va tabiiy kauchukning 
ximiyaviy o’zgarishi (vulkanizatsiya qilingan) natijasida hosil bo’lgan 
mahsulotidir. Vulkanizatsiyalovchi moddalar bilan reaksiaga kirishgan 
kauchuklar ichki ximiyaviy o’zgarishga duch keladi va natijada rezina 
hosil bo’ladi. 
Vulkanizatsiyalovchi modda sifatida oltingugurt ishlatiladi. Agar 
vulkanizatsiya yuqori temperatura ta’sirida olib borilsa – issiqlayin 
vulkanizatsiya, aksincha esa sovuqlayin vulkanizatsiya deyiladi. 


39 
Oltingugurtning miqdori rezinaning elastikligiga ta’sir etadi. Masalan: 
1-3% oltingugurt bo’lgan rezina muloyim, 30% oltingugurt bo’lgan rezina 
esa qattiq hisoblanadi. 
Vulkanizatsiyalanmagan kauchukni organik eritgichlar (benzin, 
benzol) da eritib yelimlar olish mumkin. 
Umuman olganda, rezina turli komponentlar aralashmasidir. Shuning 
uchun ham uning xossasi komponentlarning miqdoriga bog’liq. Rezina
komponentlariga kauchuk, vulkanizatsiyalovchi modda, vulkanizatsiyani 
tezlatgichlar, faollashtirgichlar, to’ldirgichlar, ishqalanib yeyilishini 
kamaytiruvchi moddalar, yumshatgichlar va bo’yoqlar kiradi. 
To’ldirgichlar rezina buyumlarga kerakli fizik-mexanik xossalar 
berish uchun qo’shiladi. Ular kukunsimon yoki gazlama ko’rinishida 
bo’lishi mumkin (qurum, kaolin, marganets, korbanat, bo’r, talk). 
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Rezina turlari bilan tanishing. 
2. Shishalarning turlari bilan tanishin 
3. Yelimlovchi va lok-bo’yoq materiallar bilan tanishish 
4. Namunani o’rganish va kuzatishda olingan xulosa va tashqi ko’rinishi 
natijalari asosida hisobot yozing. 
Hisobotda ishining mavzusi, ishning maqsadi, rezina, shisha va 
yog`och materiallarining turlari to’g’risida qisqacha ma’lumotlar yozilgan 
bo’lishi lozim. 
Nazorat savollari: 
1. Rezina, shisha va lok-bo’yoq materiallarning olinishi hamda vazifasi.
2. Rezina, shisha va lok-bo’yoq materiallar tarkibiga ko’ra qanday turlarga 
bo`linadi? 
3. Rezina, shisha va lok-bo’yoq materiallarning qo’llanilish sohalari 
haqida to’xtating. 
4. Rezina, shisha va lok-bo’yoq materillaridan foydalanishda rioya 
qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari? 


40 
AMALIY ISH № 9 
MAVZU: Cho`yan va po`lar ishlab chiqarish metallurgiyasini 
o`rganish. 
Ishdan maqsad: Temir rudalari turlari, domna pechining tuzilishi va 
undan olinadigan mahsulotlar, cho`yan va po`lat ishlab chiqarish 
metallurgiyasi bilan tanishish. 
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Temir rudalari, 
metallurgiya sanoatida ishlatiladigan yoqilg’ilar, flyus va uning turlari, 
o’tga chidamli meteriallar, domna pechining tuzilishi va undan olinadigan 
mahsulotlar bilan tanishish bo’yicha yo’riqnoma (tarqatma materiallar), 
(rudalar) tog’ minerallaridan namunalar, domna pechining maketi va 
plakatlar. 
Umumiy ma’lumot: Tabiiy birikmalar (rudalar) dan metall ajratib 
olish metallurgiya sanoati deyiladi. Ruda - tog’ jinsi bo’lib uning 
tarkibidan kerakli metallni ajratib olish jarayoni, miqdori va sifati 
bo’yicha iqtisodiy samarali bo’lishi kerak. 
Yer qatlamida 200 dan ortiq turli temir rudasi borligi aniqlangan. 
Metallurgiya sanoatida ishlatiladigan asosiy temir rudalari quyidagi 
jadvalda keltirilgan(9.1-jadval).
Rudalarida temir oksidlari bilan birgalikda turli boshqa (bekorchi va 
zararli) moddalar va ximiyaviy elementlar ham uchraydi. Masalan, qum, 
gil, tuproq, kremniy (IV) – oksidi SiO
2
, alyuminiy oksid - Al
2
O
3
, kalsiy 
oksid – CaO, magniy oksid – MgO shuningdek, oz miqdorda S, P va 
boshqalar. 
№ 
Ruda nomi 
Ximiyaviy 
formulasi 
Temir miqdori %da 
Rangi 
Oksid 
tarkibida 
Rudalarda 
uchraydi 

Magnitit 
(magnitli 
temirtosh) 
Fe
3
O

72 % 
40-60 % 
qoramtir 
tusda 

Gematit (qizil 
Fe
2
O
3
70 % 
50-60 % 
qizildan 


41 
9.1-jadval 
Domna pechining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish uchun 
temir rudalarini pechga kiritishdan oldin begona jinslardan bir muncha 
tozalanadi va saralanadi. Rudalarni boyitishda quyidagi usullardan 
foydalaniladi, ya’ni maydalash va saralash, yuvish, elektromagnit usulida 
rudani boyitish, mayda rudalarni yiriklashtirish va o’rtalash.
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Metallurgiyaning asosiy xom-ashyosi - temir rudalari bilan 
tanishish; 
2. Domna pechining tuzilishi va undan olinadigan mahsulotlar bilan 
tanishish. 
3. Cho`yan ishlab chiqarish metallurgiyasi bilan tanishish. 
4. Po`lat ishlab chiqarish metallurgiyasi bilan tanishish. 
5. Konvetorlarda po’lat olish. 
6. Tomas pechlarida po’lat olish. 
7. Alanga regeneratorli pechlarda po’lat olish. 
8. Elektor pechlarda po’lat olish. 
Hisobotda amaliy ishning mavzusi, ishdan ko’zda tutilgan maqsad, 
metallurgiyada ishlatiladigan asosiy temir rudalari, domna pechining 
tuzilishi va undan olinadigan mahsulotlar, cho`yan va po`lat ishlab 
chiqarish metallurgiyasi bilan tanishish bo’yicha qisqacha ma’lumotlar 
yozilishi lozim. 
Nazorat savollari: 
1. Rudalar deb nimaga aytiladi? 
2. Metallurgiya sanoati deb nimaga aytiladi?
temirtosh) 
qoramtir 
tusgacha 

Qo’ng’ir 
temirtosh 
Fe
2
O
3
59,8 -63 % 
30-50 % 
qo’ng’ir 
jigarrang 

Siderit yoki 
shpatli temirtosh 
FeO
3
48,2 % 
30-40 % 
sarg’ish 
va 
kulrang 


42 
3. Asosiy temir rudalariga qaysi rudalar kiradi? 
4. Rudalarni boyitishda qaysi usullardan foydalaniladi? 
5. Domna pechi asosan qanday qismlardan tashkil topgan? 
6. Po`lat ishlab chiqarishning qanday usullari bor?
AMALIY ISH № 10 
MAVZU: Metallarga bosim bilan ishlash turlarini o’rganish 
Ishdan maqsad: Metallarni bosim bilan ishlash turlarini o`rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Plakat, bosim bilan 
ishlashga oid viderolik yoki animatsion dastur. 
Umumiy ma’lumot: Metallarga bosim ostida ishlov berish 
haqida umumiy tushunchalar. Bosim bilan ishlash deb metallarni sovuq 
yoki qizdirilgan holda tashqi kuch ta’sirida plastik deformatsiyalash 
hisobiga buyum va detallar hosil qilish jarayoniga aytiladi.
Bu uslub ham odamlarga qadimdan ma’lum bo’lib, eramizdan bir 
necha ming yil oldin metallarni (bronza, temir) bolg’alab nayza va ish 
qurollariga uchlik tayyorlaganlar. Hozirgi paytda qora metallarning 90 % 
ga yaqini va rangli metallarning 50 % dan ortig’iga bosim bilan ishlov 
beriladi. Metallarga bosim bilan ishlov berishning quyidagi asosiy turlari 
qo’llaniladi: 1.Prokatlash; 2. Bolg’alash; 3. Shtamplash; 4. Presslash; 5. 
Kiryalash (10.1-rasm). 
Metallarga bosim bilan ishlov berish kuch ta’sirida yemirilmay 
(yorilmay) o’z shaklini dastlabki holatiga qaytmaydigan tarzda 
o’zgartirishga asoslangan. Qalay, qo’rg’oshin, alyuminiy, latun kabi rangli 
metallarga sovuq holda bosim bilan ishlov beriladi. Po’latlarni esa 
plastikligini oshirish uchun ma’lum haroratgacha qizdirib, so’ngra bosim 
bilan ishlov beriladi. 


43 
10.1-rasm. Metallarni bosim bilan ishlash usullarining asosiy turlari: 
a - prokatlash; b - presslash; v - kiryalash; g - bolg’alash; d - hajmiy 
shtamplash; ye – list shtamplash. 
Ishni bajarish tartibi: 
1. Metallarga bosim ostida ishlov berish haqida aytib bering.
2. Sovuq holda bosim bilan ishlov berish jarayonini tushuntiring. 
3. Metallarni qizdirib ishlov berish to‘g‘risida tushuncha bering. 
4. Metallarni prokatlash nima? 
5. Metallarni bolg’alash va shtamplash to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
6. Metallarni preslash haqida tushuncha bering. 
Hisobotda amaliy ishning mavzusi, ishning maqsadi, bosim bilan 
ishlash va ularning turlari hamda bosim bilan ishlanganidan keyingi 
jarayon haqida umumiy ma’lumot beradilar.
Nazorat savollari: 
1. Metallarga bosim ostida ishlov berish haqida aytib bering.
2. Sovuq holda bosim bilan ishlov berish jarayonini tushuntiring. 
3. Metallarni qizdirib ishlov berish to‘g‘risida aytib bering. 
4. Metallarni prokatlash nima? 
5. Metallarni bolg’alash va shtamplash to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 


44 
AMALIY ISH № 11 
MAVZU: Metallarni elektr usulida payvandlashni o`rganish 
Ishdan maqsad: Detallarni elektr usulida payvandlashni o`rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Elektr payvandlashda 
ishlatiladigan asbob-uskuna va moslamalar, payvandlash va uning 
usullariga oid plakat, videolavha. 
Umumiy ma’lumot: Metall buyumlarni payvandlash usuli 
odamlarga juda qadimdan ma’lum, o’sha zamonlarda metall buyumlarni 
payvandlash uchun payvandlash joylarini yer o’chog’larda obdon qizdirib, 
keyin ularning birini qattiq taglikka qo’yib, uning ustiga ikkinchisini 
qo’yib bolg’a bilan zarblab biriktirganlar. Bu ibtidoiy, oddiy usulda sifatli, 
puxta birikmalar olinmasada, asrlar davomida qo’llanib kelindi. Bu 
usulning nazariy asosi faqat XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoatning 
turli tarmoqlari ildam rivojlanayotgan davriga kelib yaratila boshlandi. 
Bu borada rus olimi V.V. Petrovning (1768-1834 y.) xizmati g’oyat 
katta. U 1802 yilda elektr yoyning xususiyatini o’rganib, yoy issiqlig’ida 
metallarni payvandlash mumkinligi haqidagi fikrni bayon qildi. Elektr yoy 
xususiyati o’rganilgandan ancha yillar keyin, ya’ni 1881 yilda rus 
ixtirochisi N.N. Benardos (1841 - 1905 y.) metallarni ko’mir elektrod bilan 
elektr yoy yordamida payvandlash usulini ixtiro qildi va bu ixtirosi uchun 
unga ko’pgina mamlakatlarda patent berildi. Bu usul o’zgarmas tok 
manbai talab etib, payvandlashda chokka ko’mir elektrod atomlarining oz 
bo’lsada o’tishi, havo tarkibidagi kislorod, azot va boshqa gazlar o’tib, 
chok sifatiga putur yetkazishi, sifatli, puxta chok olishda ma’lum 
qiyinchiliklar tug’diradi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin