O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə22/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Qo'llarni prujinasimon harakatlantirish —barcha bo'g'inlarni baravariga bukib, prujinasimon yaxlit harakat qilish turli yo'nalish- larda bajariladi.





qo'llar belda, oldinga engashib qo'llarni yonga uzatib chapga burilish (burilish engashishning oxirida bajariladi).
Engashish va burilish bir vaqtda bajarilsa, «bilan» bog'lovchisini qo'llash lozim. Agar harakat odatdagi usulda bajarilmasa, uni yozayotganda tasvirlab berish zarur. Masalan, qo'llarni oldinga yengil uzatish, panjalar bo'shashtirilgan.
Erkin mashqlarni yozish
. Erkin mashqlar muayyan izchillikda yozib boriladi.

      1. Mashq nomi (kimlar uchun mo'ljallangani).

      2. Musiqa jo'rligida. Masalan, Lepin musiqasi, yozishdan oldingi raqamlar hisobni bildiradi. Uning «Hamma narsani bajara olaman» degan ashulasi 2/4 o'lchovda.

      3. Dastlabki holat.

      4. Mashqlarning mazmuni musiqa asarining tuzilishiga binoan, nimchorak shaklida yoziladi. Majburiy mashqlarni yozganda (musobaqa uchun) yozuvdan o'ng tomonga belgi va birikmalarning nisbiy murakkabligi ko'rsatiladi (ballar yoki tabaqa guruhi) sanoq- lar oralig'ida bajariladigan harakat belgilanib, u hisoblar o'rtasiga yoki birinchi hisobdan oldin qo'yiladi. Masalan, d.h. qo'llarni bosh orqasida tutib, tik turish.

Gimnastika vositasi (tayoqcha) bilan bajariladigan mashqlar- dagi asosiy holatlar: tayoqcha pastda, tayoqcha ko'krakda, tayoq­cha oldinda-yuqorida, tayoqcha boshda, bosh ortida, ko'kraklardava boshq.
Tayoqcha bilan bajariladigan mashqlardagi nosimmetrik holatlarni mana bunday yozish qabul qilingan: tayoqcha yelka oldida, tayoqcha boshning ortida o'ng va boshqalar, tayoqcha bilan qo'l to'g'ri chiziq hosil qilib turmasa, unda holatlar: o'ng qo'l yon tomonga, tayoqcha yuqoriga qaratiladi, deb yoziladi. Tayoqcha tutishning boshqa usullari qo'shimcha ravishda ko'rsatiladi. Masalan, tayoqcha o'ng uchi ko'tarilib, yelka oldida yoki tayoqchaning o'ng uchi ko'tarilib ko'krakda tutish.
Arg'amchi bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy atamalar
Hakkalash —turgan joyida yoki harakatda salgina sakrab qo'yish; qo'shhakkalash— ikki marta prujinasimon hakkalash, birinchisi asosiy, ikkinchisi qo'shimcha.
Sirtmoqli hakkalash —o'ng oyoqdan chap oyoqqa hakkalash, ikki aylantirib hakkalash, oyoq almashlab hakkalash, arg'amchini sherigiga berib hakkalash va boshq.

Jihozlarda bajariladigan mashqlar atamalari
Tutish— jihozni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustidan tutish, ostidan tutish, turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish, tutish so'zi qisqartirish qoidasiga binoan tushirib qoldiriladi.
Osilish —jihozda shug'uUanuvchining yelkasi tutish nuqtasidan past bo'lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilish, bunda jihoz tananing bir muayyan qismi ko'pincha qo'l bilan tuti- ladi, aralash osilish —bunda gavdaning yana biron qismidan qo'shimcha tayanish uchun foydalaniladi.
Oddiy osilish: osilish, qo'llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va shu kabilar.
Aralash osilish: cho'qqayib osilish, turgan holatdan osilish, yotib osilish, turib osilish.
Tayanish —shug'uUanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqori bo'lgan holat. Tayanishlar oddiy va aralash bo'ladi. Oddiy tayanishlar: tayanish, bilaklarga tayanish, qo'llarga tayanish, bukilib qo'ltiqlarga tayanish, orqadan tayanish, burchakli tayanish.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin