Aralash tayanish: o'ng oyoqqa cho'qqayib tayanib, chap oyoqni orqaga uzatish yoki orqaga uzatib oyoq uchini qo'yish, gavdani bukib qo'llarga tayanib yotib, chap oyoqni orqaga uzatish va shu kabilar.
O'tirish —jihozda o'tirgan holat. O'tirishning quyidagi turlari bor: qo'shpoyalarda oyoqlarni kerib o'tirish, sonda o'tirish va boshq.
Vositalar bilan bajariladigan mashqlarning boshlanishini quyidagi atamalar bilan ta'riflash mumkin: sakrab, yugurib kelib, osilib turib, tayanib turib, qo'llarda tayanib o'tirish va shu kabilar.
Ко'tarilish— osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanish- dan yuqoriroq tayanishga o'tish. Ko'tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuch bilan ko'tarilish, kuchlanib ko'tarilish, bir oyoqni siltab to'ntarilib ko'tarilish, oyoqda ko'tarilish, har ikki oyoqda ko'tarilish, gavdani rostlab ko'tarilish va boshq.
Pastga tashlanish —ko'tarilishga teskari harakat. Asta-sekin tashlanishning pastga tushishi.
Aylanish— gimnastikada tayanishdan boshlab, jihoz o'qi atro- fida aylanma harakatlanish. Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga aylanish, tayanishdan oldinga yoki orqaga aylanish, katta aylanish.
Burilish —gavdaning tik o'qi atrofida harakatlanishi. Burilishning quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga siltanib burilish, oyoqni osmonga ko'tarib turib burilish va boshq.
Oyoqni osmonga uzatib turish— sportchining tanasining biron qismiga tayanib, oyoqlarini yuqoriga uzatgan tik holat. Bunday turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qo'llarda, bir qo'lda va boshq. Uni ijro etish usullari: kuchanib, siltanib, bukilib, keri- shib va shu kabilar.
Tebranish —aylanish o'qiga nisbatan erkin harakatlanish, ijro usullari: kuch bilan, bukilib, sakrab bajarish. Bir necha bor siltanish — tebranish deyiladi.
Yoysimon tebranish— tayanishdan yoysimon harakat qilib osi- lishga o'tish.
Uchish —shug'ullanuvchining asbob bilan birgalikda tebranma harakat qilishi. Bir necha bor uchish uchib turish deyiladi.
Qo7orasidan aylanish— muayyan holatdan yelka bo'g'inini buraltirib, gavdaning yotiq o'qi atrofida aylanish. Bunday aylanish yo'nalishiga qarab oldinga va orqaga bo'lishi mumkin. Zarurat bo'lsa, qanday tebranish yordamida bajarilishi ko'rsatiladi, siltanish harakatlarini belgilash uchun quyidagi atamalar ishlatiladi:
O'tkazish— oyoqni vositalar ustidan harakatlantirish.
Aylanish— oyoqni yaxlit harakatlantirish, aylanishning quyidagi turlari bo'ladi: o'ng oyoqda aylanish, o'ng oyoqdan chapga aylanish, chapdan orqaga aylanish, o'ngdan orqaga aylanish, burffib aylanish va boshq. Oyoqlarni bukmay jipslashtirib bajariladigan aylanish, ko'ndalang aylanish, kerishib aylanish va shu kabilar.
Chalishtirish— oyoqlarni bir-birining o'rniga qarama-qarshi o'tkazish. Bunday oddiy o'tkazishni qisqa qilib chalishtirish deyiladi. Chalishtirishning turlari esa kerakli aniqlik kiritib ataladi. Masalan, oyoqlarni bukib chalishtirish, teskari chalishtirish, burilib chalishtirish va boshq.
Kirish —jihoz yonida dastlabki holatda turgan gimnastning tayanch qo'li atrofida aylana yasab burilib, dastaklarga tayanib qolishini ko'rsatuvchi atama. Bu mashq bir oyoqda aylana yasab bajarilishi ham mumkin.
O'tish— ijrochining jihozlarda qo'llarni ko'chirib tutib, o'ng yoki chap tomonga siljishi.
Dostları ilə paylaş: |