285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
13.3. Tayanib sakrashlar Tayanib sakrashlarni bajarganda quyidagi bosqichlar qo'shimcha tarzda ko'zga tashlanadi:
qo'llar bilan tayanish oldidan uchish;
qo'llar bilan kuchli itarib yuborish, shunga ko'ra, sapchishda gavdaga qarama-qarshi harakat hosil bo'ladi, qo'llar bilan kuchli itarib yuborish gavdaning keskin harakati va yuqoriga ko'tarilishi bilan moslashuvi kerak;
d) qo'llar bilan kuchli itarib yuborishdan keyingi uchish, talabaning gavdasi holati bu yerda sakrashning xiliga qarab belgilanadi. Ko'pincha, sakrashning sifati butunlay shu bosqichning qanday bajarilishiga bog'liq bo'ladi. Gavdaning aniq qabul qilgan holati qancha vaqt saqlansa, tayanib sakrashni baholash shuncha yaxshi bo'ladi.
Tizzalarda tayanish holatiga sakrab, oyoqlarni kerib sakrab yerga tushish («eshak» eniga qo'yiladi). Tizzalaiga sakrab chiqqandan keyin tovonlarga o'tirib, qo'llar orqaga uzatiladi va gavda biroz oldinga engashtiriladi; shiddat bilan qo'llarni oldinga-yuqoriga siltab, tovonlardan tosni ko'tarib, jihozlardan depsiniladi va oyoqlarni kerib, kerishgan holda sakrab, yerga tushiladi.
О 'rgatish: a) polda tovonlarga o'tirgan holatdan qo'llarni yuqoriga siltash bilan bir vaqtda tizzalarda turib qolish;
b) yotib tayanish holatidan depsinib, oyoqlarni kerish va dastlabki holatga qaytish;
yotib tayanish holatidan oyoqlar bilan depsinib, oyoqlarni kerib, bukilib tayanib turish (oyoqlar to'g'ri tutiladi);
shuning o'zi, lekin qo'llar bilan kuchli itarilgan holda oyoqlarni kerib, tik turish holatiga o'tish;
ko'ndalang qo'yilgan oyoqlarni kerib sakrash.
Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish. Gimnastning ko'krak osti va tirsagi yuqorisidan ushlab turib, uni muhofaza qilish kerak.
Ko'ndalang qo'yilgan «eshak»dan oyoqlarni bukib sakrash. Keskin yugurib kelib «ko'prikcha»dan depsiniladi. Bunda oyoqlar bilan depsinish, qo'llarda kuchli itarilib yuborish bilan bir vaqtda bajarilishi kerak, «eshak»dan depsinish vaqtida oyoqlarni tos-son va tizza bo'g'inida bukib, ko'krakka yaqinlashtirish va tosni ko'tarish darkor. Uchish vaqtida gavda bukilgan bo'lishi kerak, so'ngra chaqqonlik bilan kerishilib, qo'llar yuqoriga — tashqariga yoziladi, shu holat yerga qo'nguncha saqlanishi lozim.
Sakrash mashqlarini o'rganishni boshida sakrash ko'ndalangiga va uzunasiga qo'yilgan eshak ustida o'rganiladi, keyinchalik uzunasiga qo'yilgan yog'och ot ustida o'rganiladi (177-rasm).
О 'rgatish: oyoqlarni oldinga bukib, turgan joyda yuqoriga sakrash;