O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə78/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

14 - 361

209



Asosiy gimnastikada erkin mashqlar kombinatsiyalari shu turlardagi oddiy harakatlardan, gimnastika usulining talablariga binoan bajariladigan, texnik jihatdan murakkab bo'lmagan oddiy harakatlardan tuziladi.
Gimnastlarni dastlabki tayyorlash bosqichida erkin mashqlar sport yoki o'quv jarayonida bo'lishi mumkin. Sport mashg'ulot- laridagi mashqlar pastki toifali gimnastlar uchun belgilangan qat'iy tasnifiy dasturlardan iborat. Gimnastika sporti bilan shug'ullanishni endi boshlagan gimnastlar gigiyenik gimnastikaga yoki ishlab chiqarish gimnastikasiga xos bo'lgan mashqlardan tashkil topgan va maxsus ishlab chiqilgan kombinatsiyalarni bajarishda ham bel- lashishlari mumkin. Muayyan kombinatsiyalar yakka yoki guruhlarda bajarilishi mumkin. Guruhlar bilan bajariladigan erkin mashqlarda ijro sifati, harakat aniqligi, uyg'unligigina baholanmasdan, balki barcha ishtirokchilarning harakati bir-biriga moslashib bajarilishi ham baholanadi. «Umid nihollari» sport o'yinlarida umumta'lim maktablari o'quvchilarining o'z kompozitsiyalari bilan chiqishlari guruh mashqlariga misol bo'lishi mumkin.
Erkin mashqlar о'quv kombinatsiyalari
— bu mashg'ulotlarda harakat uyg'unligini rivojlantirish, navbatdagi murakkabroq mashq­larni o'zlashtirish uchun harakat bazasini yaratish, shug'ulla- nuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo'llanila- digan turli murakkablikdagi kichik kombinatsiyalardir.
Har bir mashg'ulotda o'qituvchi talabalarga, oddiy harakatlar to'plamini yangicha tuzilishda taqdim etishi mumkin. Shug'ulla- nuvchilar, odatda, 8, 16 yoki 32 hisobdan tashkil topgan o'quv kombinatsiyasini tez eslab qolishlari va uni butunligicha hamda texnik xatolarsiz bajarishlari kerak. Bir qator shunday mashg'ulotlar yor­damida gimnastlar juda ko'p turli harakatlarni o'zlashtirib qolmas- dan, ularni jipslashtirish usullarini ham o'rganadilar.
Sport yo'nalishiga ega bo'lgan mashg'ulotlarda o'quv kombi­natsiyalari turli tarkibdagi guruhlar elementlaridan tuzilishi kerak. Bu bo'lajak erkin dasturlar uchun «jamg'arma qismlar» bo'ladi.
Harakat «maktabi»ni o'zlashtirishda tezkorlik, chidamlilik, bo'g'inlar harakatchanligini, chaqqonlik va egiluvchanlikni tarbiya- lashda erkin mashqlarning ahamiyati kattadir. Gimnastlar mashq­larni jihozlarda bajarishdan ko'ra, oddiyroq va tabiiyroq sharoitda harakatning yo'nalishi va ko'lami, sur'ati, uyg'unligi, kuch berish darajasi, mashqlarni bajarganda gavda va uning qismlari holatining aniqligi, harakat sofligi, egiluvchanligi va ifodaliligi kabi tushun- chalar to'g'risida tasawur hosil qilishadi.

Erkin mashqlar turli jihozlar: to'plar, tayoqchalar, arg'amchi, yengil gantellar bilan bajariladi. Jihozlar bilan harakat qila bilish harakat uyg'unligini ham rivojlantiradi. Sport va o'quv kombi- natsiyalarining musiqa jo'rligida bajarilishi estetik tarbiyaning ajoyib vositasidir. Erkin mashqlarning mazmuni gimnastika mashqlarining boshqa turlariga nisbatan turli-tumandir. Bu faqat oddiy va murakkab harakatlarning juda ko'p bo'lishiga bog'liqbo'lmaydi, balki ularni amalda bir-biriga qo'shib bajarish imkoniyati cheksizligiga bog'liqdir. Misol uchun, qo'llar bilan eng oddiy harakatlar bajarish usulining juda ko'p xillari mavjud. Masalan, qo'l qismlarining harakatda qatnashish darajasiga qarab: panjalar bilan, bilaklar bilan, butun qo'l bilan; harakat shakliga qarab: ko'tarish, tushirish, aylanma harakatlar, bukish, yozish, burilishlar, qarsak chalish, to'lqinlar, ushlash, chalishtirishlar; yo'nalishiga qarab: bir tomonga qaratilgan, turli tomonlarga qaratilgan harakatlar, oldinga, orqaga, yon tomonga, oraliqyo'nalishlarda, simmetrik, asimmetrik harakatlar; harakatlanish ifodasiga qarab: bir vaqtda, turli vaqtda (birin-ketin, navbatma-navbat), bir tekisda (bir xil sur'atda), har xil tezlikda (tezlashtirib, sekinlashtirib), tez, sekin, ohista-mayin, keskin, kuch bilan, bo'shashtirib harakatlantirishlar.
Mazkur harakatlarni oyoq, bosh, gavda harakatlari bilan har xil qilib o'zgartirib yuborish, shuningdek, bu harakatlarni kombi- natsiyalashtirish imkoniyati katta.
Ertalabki badantarbiya va ishlab chiqarish gimnastikasining umumrivojlantiruvchi mashqlari — engashish, bir oyoqni bukib shaxdam qadam bosish, o'tirish, oyoqlar bilan siltanish, sakrash — harakatni qat'iy uslubda bajarishni talab qilmasligi bilan farq qiladi. Ularning har biri qisqa yo'nalishda ta'sir ko'rsatish maqsadida bir necha marta takrorlanadi. Bunday yakka harakatlar oddiy erkin mashqlar tarkibiga ham kiradi, biroq bunda ularning chiroyli bajarilishi va estetik tomonlari hisobga olinadi.
Erkin mashqlarning umumrivojlantiruvchi mashqlar to'plami- dan farqi shundaki, ularning barcha harakatlari yaxlit bir kombina- tsiyaga birlashtirilib qo'shib bajariladi va ularning gimnastika usuliga mos ravishda bajarish sifatiga qarab baholanadi.
12.2. Erkin mashqlar kompozitsiyasi
Kompozitsiya deganda, erkin mashqlarning barcha elementlari va qismlarining muayyan bir tarzda o'zaro birikishi, takrorlanishi, o'zaro bog'liqligi, shuningdek, ularni tuzish jarayoni ham tushu-



niladi. O'quv mashg'ulotlarini kompozitsiya qonuniyatini hisobga olib tuzish yosh murabbiy uchun yaxshi amaliyot hisoblanadi. Har bir talabaga yoki butun guruh uchun mashqlar to'plarni tuzayot- ganda kompozitsiyaning turli xillarini tuzib ko'rish imkoniyati bo'ladi. Harakatlar izchilligining muayyan qonuniyatlarini ifoda- lovchi, shuningdek, talabalarda mashqlar to'plamining turli-tuman bo'lishi to'g'risida tasawur hosil qildiruvchi o'quv kombinatsiyalari tuzish tavsiya qilinadi. Misol uchun, oddiy harakatlarni takrorlash, murakkablikning oshib borish qonunining ifodalanishini ko'rsatish mumkin.
D.h. cho'qqayib tayanish:

          1. Qo'llar yon tomonga.

          2. D.h.

          3. Tik turib, qo'llar yon tomonga.

          4. D.h.

          5. Tik turib, qo'llar yuqoriga.

          6. Qo'llar pastga.

          7. Sakrab, qo'llar yuqoriga a.t. (asosiy turish).

Harakat ko'lami va tezligining muntazam oshib borishi kompozitsiya qonuniyatining ifodasidir. Bir-biriga zid harakatlarning tanlanishi samarali bo'ladi. Shu qonuniyat hisobga olinsa, hatto eng oddiy harakatlar ham jozibali ko'rinadi.
Masalan, d.h. a.t. (asosiy turish).
1—2. Qo'llarni tashqariga yoy shaklida asta ko'tarish.

            1. Tez cho'qqayib tayanish.

            2. Cho'qqayib tayanish holatidan sakrab o'ng tomonga burilish, bosh oldinga engashtiriladi.

5—6. Bir oyoqni tez bukib, oldinga shaxdam qadam bosish, qo'llarni asta oldinga va yon tomonga uzatish.

              1. Chapga burilib, oyoqlarni kerib tik turish, qo'llar yon tomonga.

              2. Sakrab cho'qqayib tayanish.

Qarama-qarshilik qonuniyati tez va sekin harakatlar, yuqoriga, pastga, o'ngga, chapga siljish va h.k.larning takrorlanishiga asos- langan. Kuch harakatlaridan keskin bo'shashishga o'tish ham qa- rama-qarshilik hisoblanadi. Gimnastika erkin mashqlarining kom- pozitsiyasi majburiy dasturlar shaklida tuziladi: muayyan toifa talab- lariga binoan kombinatsiyaga kiritish zarur bo'lgan murakkab elementlarning soni belgilanadi. Keyin bu elementlar kompozitsiya qonuniyatlariga binoan oddiyroq harakatlar yordamida to'plamlarga qo'shiladi.

Kompozitsiyaning boshlanishi, o'rtasi va oxiri aniqlanadi, keyin alohida qismlari yagona to'plamga birlashtiriladi. Murabbiy erkin mashqlarni tuzishda gimnastlarning moyilligini, ularning kuchli tomonlarini va jismoniy tayyorgarlik sifatlarini hisobga olishi hamda talabalarni bir guruh bo'lib ijod qilishga jalb etishi kerak. Qizlar va ayollar uchun belgilangan mashqlar o'ta egiluvchanligi, serraqs harakatligi bilan erkaklarnikidan farq qilishi lozim. Bolalar uchun erkin mashqlarni mavzuga muvofiq (o'quvchilar uchun harbiy mavzu) tuzish tavsiya qilinadi.
Guruhlar uchun erkin mashqlar kompozitsiyasi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, bunda bir ishtirokchi bilan boshqa ishtirok- chilar harakatini qo'shib tuzishning yangi imkoniyatlari talab qili­nadi. Guruhni kolonna va sherengaga oddiy qayta saflashlar, orani ochish va yaqinlashtirishlar, burilishlar, qo'l harakatlari bilan qo'­shib bajarishtar guruh bo'lib bajariladigan oddiy kompozitsiya- larning mazmunini tashkil qilishi mumkin. Juftlab uch kishidan qilib taqsimlash, zich saf, aylana bo'ylab saflanishlar harakatlarni ko'rsatish yakka mashq qilishga nisbatan boshqa usullarni qo'llash imkonini beradi. Chunonchi, faqat guruh bo'lib bajarish, bajarila­digan kompozitsiyalarda «to'lqin»ni — bunga talabalarning harakatiga qay darajada izchillik bilan qo'shilayotganini ko'rsatish mumkin (masalan, zich safda yonda turuvchining harakatdan bir hisobga yoki ko'lamning ma'lum bir qismiga orqada qolib, oldinga engashish yoki o'tirib-turish va h.k.lar).
Har xil jinsdagi gimnastlar qatnashadigan guruhiy mashqlar bir-biridan «erkaklar» va «ayollar» harakatlari bo'yicha farq qiladigan, har xil tusdagi harakatlarni bir vaqtda bajarish tavsiya qilinadi. Bunday usulning variantlari har xil: erkaklar cho'qqayib o'tirishdan tik turishadi, ayollar o'tirishadi, erkaklar cho'qqayib o'tirishadi, ayollar muvozanat saqlashadi, erkaklar boshda tik turishadi, ayol­lar bir oyoqni bukib keng qadamlab, qo'llarni yon tomonga uzati- shadi va h.k. Guruhiy erkin mashqlar maktab bayramlari, jismoniy tarbiya ko'riklari va spartakiadalarida gimnastika chiqishlarining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu to'g'risida «Gimnastika chiqishlari» bobida batafsil bayon etilgan.
12.3. Erkin mashqlar bajarishni o'rgatish
Gimnastlarni boshlang'ich tayyorlashda erkin mashqlarni o'rgatish harakat «ta'limini» va ayrim murakkab elementlarni, shuningdek, o'quv va sport to'plamlarini o'zlashtirishdan iborat.



Harakat «ta'limi» gimnastika mashg'ulotlarining butun boshlan- g'ich bosqichi davomida o'zlashtiriladi va u tana hamda tana a'zolarining asosiy holatini (tik turish, oyoqlarni kerib tik turish, tizzalarda turish, aralash tayanish, o'tirish, shaxdam qadamlar, engashish va h.k.lar), shuningdek, asosiy hamda oraliq yo'nalish- larda harakatlanish va siljishlarni puxta mashq qilishdan iborat. Asosiy diqqatni dastlabki va oxirgi holatga, bosh, panjalar, tovonlar hola­tini, gimnastikada qabul qilingan uslubga mos bajarilishiga qaratish kerak.
Odatda, harakat ta'limini o'zlashtirish ishi, asosan, mash- g'ulotning tayyorgarlik qismida olib boriladi. O'qituvchi mushaklar- ning chigilini yozish mashqida erkin mashq elementlarini kiritishi va badan qizitish xarakteridagi harakatlarni bajarishda ularning aniq va bir maromda bajarilishini kuzatib borishi kerak. Mashg'ulotlarning asosiy qismida erkin mashqlarning ancha murakkab elementlari, ko'pincha, akrobatika elementlari o'zlashtiriladi («Akrobatika mashqlari» bobiga qaralsin).
Oddiy o'quv kombinatsiyalarini mashg'ulotning tayyorgarlik qismida o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Dastawal, kombinatsiyaga kiruvchi alohida harakatlar badan qizdirish maqsadida ko'p marotaba takrorlanadi. Shundan keyin o'qituvchi shu harakatlardan tashkil topgan 4, 8, 16 hisobdan iborat erkin mashqlar birikma- larini tavsiya qiladi. Mashg'ulotlarning asosiy qismida ancha murak­kab elementlardan iborat o'quv kombinatsiyalari, shuningdek, dasturning tasnifi sport erkin mashqlari o'zlashtiriladi. Bunda harakatlar navbatini eslab qolish emas, balki elementlarning o'zini va ularning birikmalarini o'zlashtirish qiyinchilik tug'diradi. Erkin mashqlarning hamma qismlarini o'rganib olgandan keyin kombina- tsiya tuziladi. Erkin mashqlarni yaxlit mashq qilishda harakatlar texnikasi va ifodaliligini takomillashtirish maqsadida ularni qismlarga ajratib bajarish bilan birga qo'shib bajarish kerak.
Harakatlarni uyushtiruvchi, ularning to'liqligini, uyg'unligini va yaxlitligini ifodalovchi musiqaga alohida ahamiyat beriladi. Ko'proq audio-videotasvirlar qo'llaniladi (ayollar uchun vals, mazurka, polka; erkaklar uchun gavot, vals, marsh).
Mashqlarni o'rganishning oxirgi holatlarida tanaffus qilish maq­sadga muvofiqdir. Ular ayni vaqtda navbatdagi harakatlar uchun dastlabki holat bo'ladi. Tanaffus vaqtida gimnastlar gavda va uning a'zolari holatini aniqlab olishlari kerak.

Mashqlarni to'lig'icha va zarur sur'atda bajarish bilan o'zlash­tirish davri tugaydi. Mashg'ulotda erkin mashqlarni to'lig'icha takrorlash sonini o'qituvchi qo'yilgan vazifaga ko'ra belgilaydi va bunda muhim jismoniy sifatlardan biri — chidamlilikning tarbiya- lanishini qayd qilamiz.
13-bob. SAKRASHLAR 13.1. Sakrashlar ta'rifi va tasnifi
Sakrash mashqlari jismoniy tarbiya mashg'ulotlari bilan shug'ullanuvchilar organizmiga har tomonlama ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi muhim vositadir. Ular yordamida tezkorlik-kuch sifati tarbiyalanadi, to'siqlardan oshib o'tish amaliy tayyorgarligi shakllanadi, jasoratli, matonatli bo'lish va chaqqonlikni tarbiyalash vazifasi amalga oshiriladi. Yugurib kelib sakrashlar yurak, qon aylanish va nafas olish organlarining funksional holatini oshiradi.
Sakrash harakat apparatining juda uyg'unlashgan bo'lishini talab etuvchi mushaklarning tez va qisqa vaqt ichida qisqarishi hisobiga bajariladi. Harakatlarning turli-tuman va yuqori sur'atda bajarilishi sakrash mashqlari mashg'ulotlariga katta qiziqish uyg'otadi.
Gimnastika turlarida qo'llaniladigan mashqlar ikki guruhga bo'linadi: tayanmay (oddiy)
va tayanib sakrashlar.
Birinchi guruhga turgan joydan ikki va bir oyoqda sakrashlar, balandlikka, uzunlikka, balandlik (ko'tarma maydonchadan yoki gimnastika jihozlari)dan sakrashlar, uzoqlikka-balandlikka sak­rashlar, «darchadan» sakrashlar, depsinish «ko'prikcha»sidan sak­rashlar, arg'imchoq va boshqalardan sakrashlar kiradi.
Ikkinchi guruh jihozlariga «eshak», yog'och ot, plintga qo'llar bilan tayanib sakrashlar kiradi. Ularga uzunasiga yoki eniga qo'yilgan jihozning narigi, o'rta va yaqin qismiga depsinib, jihoz ustidan oshib o'tib bajariladigan sakrashlar kiradi. Bajarish usuli bo'yicha to'g'ri sakrashlar, yonlamasiga sakrashlar va to'ntarilib sakrashlaiga bo'linadi.
13.2. Tayanmay sakrashlar
Tayanmay (oddiy) sakrashlar to'rt bosqichdan iborat: yugurib kelish, bir yoki ikki oyoqda depsinish, uchish va yerga tushish. Oyoq bilan depsinish yerdan (poldan), yog'och «ko'prikcha» va depsinish «ko'prikcha»sidan bajarilishi mumkin. Sakrashning muhim qismlari: yugurib kelish va oyoq bilan depsinishdan iborat.



Yugurib kelishda tezlik asta-sekin oshirib boriladi, shu orqali gavdaning gorizontal tezlanishi ta'minlanadi va depsinish bilan birgalikda sakrash uchun sharoit yaratiladi. Tayanmay sakrashlarda yugurib kelish 7—9 yugurish qadamiga tengdir.
Depsinish oyoq bilan «ko'prikcha» yoki polga tegish vaqtidan boshlanadi. Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakraganda oyoq tovondan boshlab uchiga qo'yiladi va depsiniladi. Depsinuvchi oyoq va qo'llar oldinga-yuqoriga shiddat bilan uzatiladi. Turgan joydan balandlikka va uzunlikka sakrashda depsinish ikki oyoqda bajariladi.
Uchish hamma sakrashlarda sakrovchining gavda holati muvaffaqiyatli yerga tushishini ta'minlashi kerak.
Yerga tushish to'shakka yoki yerga oyoqlar bilan tegish paytidan boshlanadi va zarbni yumshatish hamda gavda harakatining tezligini o'z vaqtida kamaytirish bilan yakunlanadi.
Turgan joydan balandlikka sakrash:

                1. Planka yoki chizimchaga qarab turib, ikki oyoqda depsinib, oyoqlarni bukib sakrash.

                2. Yonboshlama turib, «qaychi» usulida sakrash.

                3. Shuning o'zini burilishlar bilan sakrab, bir yoki ikki oyoqda tushish.

                4. Turli to'siqlar: to'plab qo'yilgan to'shaklar, «eshak», yog'och ot, xoda va boshqalar ustidan sakrashlar.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin