O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə104/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

O'rta maktab yoshi (10—15 yosh). O'rta maktab yoshidagi bolalar bilan asosiy gimnastika mashg'ulotlari o'tkazganda, ularning jismoniy rivojlanishi va o'sib borayotgan organizmini mustah- kamlash davom ettiriladi, axloqiy va irodaviy sifatlari tarbiyalanadi, asosiy harakat malakalari batafsil o'rganiladi, shuningdek, o'z harakatlarini vaqt birligida, fazoda va mushakka kuch berishiga qarab belgilash qobiliyati tarbiyalanadi.
O'g'il bolalar 12 yoshgacha, qizlar 11 yoshgacha ikkinchi bolalik davriga, 12—13 yoshdagi qizlar va 13—14 yoshdagi o'g'il bolalar esa o'smirlar qatoriga kiradilar.

O'rta maktab yoshidagi bolalarning o'sishi va rivojlanishi bir tekis bo'lmaydi. Ayniqsa, jinsiy balog'atga yetish davri (11 — 13 yosh)ning boshlanishi ajralib turadi, bu davrda organizmning barcha tarmoq- larida morfologik va funksional o'zgarishlar juda tez sodir bo'ladi. O'g'il va qiz bolalarning rivojlanishi turlicha davom etadi. Jinsiy balog'atga yetish davrida qizlar tosining og'irlashishi va o'g'il bola- lardan kuch, tezlik va chidamlilikda orqada qolishi aniqlangan. O'smirlar uchun umumiy jihat shundan iboratki, ula'rda tana og'ir­ligi tana uzunligiga nisbatan kam bo'ladi, tez o'sadigan bolalarda esa bu ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi.
Asab-mushak apparatining yuqori qo'zg'aluvchanligi hamda labilligi harakat tezligining jadal rivojlanishiga yordam beradi. 13—14 yoshdagi o'smirlarda mushak qisqarishining tezligi maksimal holatga yetadi. Shuning uchun ularda dinamik kuchni, tezlik va chaq- qonlikni (chaqqonlik harakat analizatorining yetilishi bilan bog'­liq) rivojlantirish kerak.
12 yoshdan keyin mushaklar cho'ziluvchanligining ancha oshishini hisobga olib, egiluvchanlikni ham rivojlantirish lozim. 11—13 yoshdagi bolalarda harakat malakalarining shakllanish jarayoni 8—9 yoshdagi bolalarga nisbatan ancha tezroq boradi, ular murakkab mashqlarni o'zlashtirishga qobil bo'lishadi.
10—11 yoshdagi bolalarga ham, ulardan yoshroq bolalarga bo'lgani singari mashqlarni qisqa va lo'nda tushuntirib berish kerak. Bu davrda ular harakatlarning xarakter xususiyatlarini tushunadigan va ularning detallarini ajrata oladigan bo'lishadi. Biroz harakat tajri- basiga ega bo'lgandan so'ng, bu yoshdagi bolalar tanish yoki o'x- shash mashqlarni o'qituvchining og'zaki tushuntirishi bilan, uni ba- jara oladigan bo'lishadi. Yangi mashqlarni o'rganishda esa ko'rsatish va tushuntirish kerak.
O'rganiladigan mashqlarni har bir darsda 6—8 martadan takrorlash zarur. Agar bolalar mashqlarni har bir urinishda 2—3 mar­tadan takrorlashsa, ularni tez o'zlashtira olishadi.
Asosiy usuliy ko'rsatma o'quv materialini qat'iy usul navbatida o'rganishdir. Bolalar o'quv materialini eng oddiy vayengil usullardan boshlab kichik-kichik qismlarga bo'lib, o'zlashtirib olishlari kerak.
Bolalarda turli harakat malakalari shakllanayotganda ularga o'z harakatlarini fazoda, vaqt birligida, kuchi yetish-yetmasligini baho- lashni ham o'rgatish kerak. Masalan, yurish va yugurish o'rgatilar ekan, bolalarga qadamlarni har xil uzunlikda hamda har xil maromda tashlab yurish va yugurishni o'rgatish lozim. Buning uchun ularni



har xil masofada qo'yilgan belgilar bo'ylab yurgizish va yugurtirish kerak. Bolalar belgilar bo'ylab yurish va yugurish topshiriqlarini muntazam bajarar ekanlar, qadamning uzunligini boshqarishga o'rganadilar, shu belgilar bo'ylab har xil tezlikda qadam qo'yib yugurishda esa harakat tezligini oshirish va sekinlatishni o'zlashtirib olishadi.
Uloqtirishni o'rgatishda, bolalarga to'pni turli masofaga uloq­tirish, to'p uloqtirgan masofani va to'p og'irligini aniqlash, shu­ningdek, bir xil masofaga har xil og'irlikdagi narsalarni uloqtirish vazifasi topshiriladi.
Bolalar to'g'ri tirmashib chiqishni texnik jihatdan o'zlashtirib qolmay, tirmashib chiqish tezligini aniqlashni ham o'rganishlari kerak. Bu yoshdagi qizlarning raqs harakatlariga moyilligini hisobga olgan holda bu harakatlardan oyoq, gavda mushaklarini, yurak- tomir va nafas olish tarmoqlarini mustahkamlash uchun foyda- lanish zarur.
O'rta maktab yoshidagi bolalarni harakat faoliyatlariga o'rgatish- ning o'ziga xos tomonlari bor. Bu yosh jinsiy balog'atga yetilish davriga to'g'ri keladi, bo'y va gavda og'irligining o'rtacha yillik o'sishining oshib borishi bilan ifodalanadi. Gavdaning tez o'sishi mushaklar, paylar, asab tolalari va qon tomirlarining cho'zilishiga olib keladi. Buning natijasida va ichki sekretsiya bezlari gormonlarining ta'siriga bog'liq bo'lgan bir qator boshqa omillarga ko'ra, o'smir- larning harakatlari ma'lum vaqtgacha noaniq hamda biroz nomuvofiq bo'ladi. Bunday o'smirlarning qomat tuzilishi buziladi. Bu holni, ayniqsa, tez o'sadigan, jismoniy mashqlar bilan munta­zam shug'ullanmagan bolalarda kuzatish mumkin. O'smirlar (o'g'il bolalar), odatda, mustaqillikka intiladilar, tezroq kuchli, chaqqon, jasur bo'lishga harakat qilib, bunda kattalarga o'xshashga intilgan holda o'z imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborishadi.
Ular mashqlarni tezroq bajarishga intilib, mashq bajarishning texnikaviy (detallariga) tomonlariga kamroq e'tibor berishadi. Bu hoi o'smirlarning ruhiy jihatlariga, shuningdek, mazkur yoshda bolalarda harakat malakalarining shakllanish xususiyatlariga bog'liqdir.
Agar nisbatan yengil harakat amallariga o'rgatishda malaka orttirishning birinchi bosqichi keyingi bosqichlariga nisbatan tez sodir bo'lsa, jismoniy sifatlarni, shuningdek, fazoda va vaqt birligida harakat aniqligini talab qiladigan murakkab mashqlarni o'zlash- tirishda (o'igatishning boshlang'ich davri boshqa davrlarga nisbatan) ancha sekin o'tadi.

O'z harakatlarini fazoda, vaqt birligida va shuningdek, mushak kuchiga qarab his eta olmaslik oqibatida malakalar xato o'zlashtiriladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, harakat funksiyasi 13—14 yoshli bolalarda tezroq rivojlanadi, shuning uchun ular koordinatsiyasi jihatidan murakkab harakat amallarini o'zlashtirishga qobiliyatli bo'ladilar, maktab bolalariga o'rganiladigan mashqlarning ikir-chikiri tushuntirilsa va tahlil qilib berilsa, ular bemalol tushuna olishadi. Mashqlarni o'rgatishda ko'rsatish usulidan ham foydalanish kerak.
O'smirlarni harakat malakalariga o'rgatishda mavjud barcha uslub va usullarni qo'llash mumkin. Algoritmik topshiriq berish usuli eng samaralidir (IV bobga qaralsin).

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin