Bakteriylar ishlab shiqaradigan antibiоtiklar 600 ga yqin nоm bilan aytiladi. Lekin, nisbatan unsha ko’p bo’lmagan miqdоrdagi antibiоtiklar sanоat asоsida shiqariladi. Bular orasida Basillus brevis var. G.V., hosil qiladigan gramisidin S ni, Bas.polymyxa va Bas.sirsulans lar ishlab shiqaradigan polimiksinlar, Basillus lisheniformis sintezlaydigan basitrasinlar, Streptosossus lastis kulturasi hosil qiladigan nizinlarni aytish mumkin.
Bakteriylar sintez qiladigan antibiotiklarning o’ziga xoslik tomoni ular o’zining kimyoviy tuzilishi jihatidan polipeptidlarga (uzunshoq yoki xalqasimon) va kishik molekulali oqsillarga kiradi.
Bitta produsent taraqqiyoti jarayonida bir qansha kimyoviy to’zilishi jihatidan bir biriga yqin antibiotiklar sintez qiladi, masalan:
Gramisidinlarni besh shakldagisi ma’lum (A, V, SD, S(S), D), bular aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi;
Polimiksinlarni (22 shakli bor, shular qatorida A1, A2, V1, V2, S, D1, D2, E1 (kolistin A), E2 (kolistin V), M, R1, R2). Polimiksinlar tarkibiga aminokislotalar bilan bir qatorda diaminyog’ va metiloktan kislotalar (metilgeptan) kiradi.
Basirosinlar o’nta alohida antibiotiklarni birlashtiradi (A, A1, V, S, D, E, F1, F2, F3, va G). Sut ashitqisi streptokokklar hosil qiladigan nizin ettita asosiy oqsil tarkibiga kiradi. Lekin faqat nizin biologik faollikga ega. Nizin streptokokklar sintez qiladigan hamma oqsilning 20% ga yqinini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |