O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tasvirlash (illyustratsiya)



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə104/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   146
Укув кулланма 2022

Tasvirlash (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi.

Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.


Tasvirning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan ob’yekt mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’yektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
O‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim metodlaridan tubdan farq qiladi.

Ekskursiya bir vaqtning o‘zida mustaqil ta’lim turi ham sanaladi.


Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ko‘rgazmalilikning o‘quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan ob’yektlar barcha o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi; namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini

chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi; namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.


Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Amaliy ishlar metodi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi:

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin