Nazorat uchun savollar:
Ta’limning tashkiliy shakllari rivojlanishini ta’riflab bering.
Ta’limning individual shakli qanday afzalliklarga ega?
Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yiladi?
Noan’anaviy darslar deganda nimani tushunasiz?
Fan to‘garaklarini tashkil etilishi qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
Darsga tayyorgarlik qanday bosqichlarda kechadi?
13-mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari.
Reja:
“Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati
Ta’lim metodlarining tasnifi
Ta’limning zamonaviy vositalari
Ta’limni tashxis etish
Tayanch iboralar!
Metod, usul, metodika, ta’lim metodlari, usullari, Ta’lim metodlarining klassifikatsiyasi, ta’lim vositalari, Ta’lim olganlikni tashxis etish, baxolash, tekshirish.
“Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati. “Metod” so‘zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo‘li” kabi ma’nolarni anglatadi. Falsafa lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish yo‘llari” deya sharhlangan.
“Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Aksariyat mualliflar “Ta’lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, birinchidan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, ikknchidan, ta’lim faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ta’lim metodlari
Motivatsiyali
Rivojlantiruvchi
Tashkiliy
Ta’limiy
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
“Ta’lim metodi” tushunchasi bilan birga ko‘p hollarda “metodik usul” (sinonimlari
– pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Ta’lim faoliyatida qo‘llaniladigan usullarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |