Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sbaroitlami oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Didaktik tashxislashning maqsadi о‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlami uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotiar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalami aniqlash, voqealaming keying rivojini taxminlashni o'z ichiga oladi. O'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Qariyib 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish sohasida yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab mavzular bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda. IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo bo‘yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi.
O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha o‘quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy sharoitida o‘quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo‘llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi. Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) – boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 ва 8- sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi.
Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunday ekan, ta’lim sifatini baholash sohasidagi yangi xalqaro tadqiqot haqida xalq ta’limi tizimi xodimlari, o‘qituvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilar uchun ma’lumotlar yetkazib berish maqsadida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan «Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash» nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqildi.
Mazkur qo‘llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining topshiriqlaridan, ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash mezonlari keltirilgan. PIRLS dasturi 2001-yilda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA-International Association for the Evaluation Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat (Massachusets, AOSh) Boston kollejiga yuklatilgan. Shuningdek, tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi. Xalqaro baholash dasturi PIRLS (Progress In International Reading And Literacy Study) dunyoning turli mamlakatlari milliy ta’lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni qiyoslashga yo‘naltirilgan. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotlar 2001-yildan boshlab uzluksiz qatnashib kelayotgan davlatlarning 20 yil davomida erishgan yutuqlarini baholash imkonini beradi. Har besh yilda o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi. Mazkur dastur IEA tashkilotining 4- sinf o‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholaydigan TIMSS dasturini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro o‘quv markazi IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi. 2016-yildan boshlab qo‘shimcha tanlov asosida ePIRLS tizimi joriy qilingan bo‘lib, u o‘quvchilarning onlayn o‘qish savodxonligini baholashga mo‘ljallangan. Internet o‘quvchilar uchun ma’lumotlar olishning boshlang‘ich yo‘li hamda maktab fanlari doirasida izlanishlar olib borish uchun markaziy manba hisoblanadi. 2021-yilda o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqotlarida dasturning birinchi marta raqamli formatga (digital PIRLS, lekin shu bilan birga an’anaviy qog‘oz format bo‘ladi) o‘tishi hamda ePIRLS, 2016-yilda boshlangan internet muhitida boshqariladigan onlayn o‘qishni kompyuterda baholash ko‘zda tutilmoqda. PIRLS dasturida qatnashuvchi mamlakatlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Masalan, dasturda 2001-yilda 35 ta mamlakat qatnashgan bo‘lsa, 2006- yilda 40 ta, 2011-yilda 45 ta, 2016-yilda 50 ta mamlakat va navbatdagi 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda 60 ta mamlakatning ishtirok etishi rejalashtirilgan. 2016-yilda tadqiqotga Rossiya Federatsiyasining 42 ta hududidan 206 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 4577 ta boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jalb etilgan bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan. O‘qish savodxonligi o‘quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, PIRLS ta’lim sohasida olib borilayotgan siyosatning muvaffaqiyatga ta’sirini baholash uchun qimmatli vosita hisoblanadi. O‘qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. PIRLSning o‘qishdagi yutuqlarni baholash doiralari IEA tomonidan 1991- yilda o‘qish savodxonligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan foydalangan holda, ilk marotaba, 2001-yildagi tadqiqotlar uchun ishlab chiqilgan. Shundan buyon PIRLSning baholash doiralari tadqiqotning har bir davri uchun, shu jumladan, 2021-yildagi tadqiqot davri uchun ham yangilandi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta’rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir. O‘qish savodxonligining bu ko‘rinishi konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko‘plab o‘qish nazariyalarini aks ettiradi. O‘quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o‘quvchi va matn orasidagi muloqot orqali (shuning uchun ham bu jarayon interaktiv deyiladi) o‘quvchi ma’noni yaratadi (shuning uchun ham bu jarayon konstruktiv inglizcha «construct» - yaratmoq deyiladi). O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma’no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an’anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan davrda yashayapmiz. Albatta, amaliyotga joriy qilingan har bir yangilik, innovatsion loyihalar zamirida insonlar ish-faoliyatini yengillashtirish, mavjud muammolarni kamaytirish va zamon bilan hamnafas yashash maqsad qilinadi. Yakunlanayotgan yilda Xalq ta’limi sohasida o‘ziga xos burilish yasagan yangiliklardan biri elektron jurnal va kundalik tizimi joriy etilishi bo‘ldi.
Bugungi kunda ko‘plab sohalarda axborot texnologiyalari muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Bu O‘zbekiston ta’lim tizimini ham chetlab o‘tmadi. Maktablarda Kundalik raqamli ta’lim platformasining joriy etilishi ota-onalar va o‘qituvchilar orasida ham qiziqish, ham savollarni keltirib chiqardi.
Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarni majburiy mehnat, majburiy obuna, ortiqcha qog‘ozbozlik ishlaridan ozod etishga kirishganiga ancha bo‘ldi. “Kundalik” loyihasi mana shu ishlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi desak, adashmaymiz. Mazkur tizim o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-onalar, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari hamda ta’limni boshqarish organlari vakillari uchun yagona elektron ta’lim muhitini yaratadi. U orqali o‘qituvchilar jurnal to‘ldirish, hisobot ishlarida qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Ota-onalar istagan vaqtda farzandlarining baholari bilan tanishib borish imkoniga ega bo‘ladi. Tizim afzalliklaridan yana biri o‘quvchilarga qo‘yilayotgan baholarni o‘zgartirish holatlariga barham berilishidir. Bundan tashqari, jurnal bilan to‘liq va o‘z vaqtida ishlaydigan yoki ishlamaydigan o‘qituvchilar ham yuzaga chiqadi. Albatta, jarayon ishtirokchilarining fikrlari doim bir xil bo‘lmaydi.
Kundalik – oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar uchun raqamli taʼlim platformasidir. Ushbu tizim har bir o’qituvchining qulayligini o’ylagan holatda qulay usulda yaratilgan bo’lib, bunda tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarini rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnalda qayd etib borish, baholash va uy vazifalarini tekshirish, maxsus vositalardan foydalangan holda ota-onalar bilan onlayn aloqani oʻrnatish, maktabdagi muhim voqealar, oʻquvchilarning yutuqlari haqida maʼlumot berish kabi ishlarni bajarishlari mumkin. Shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga avtomatik tarzda statistik hisobotlarni shakllantirish uchun juda qulay tizim hisoblanadi.
Electron jurnal ta’lim soxasiga kirib kelishidan asosiy sabab, awal har bir o’qituvchining qo’l mehnatining hajmi anchaginani tashkil etar edi. Mana shunaqa qog’ozbozliklarni oldini olish maqsadida ham mamlakatimizning ta’lim soxasiga electron shakldagi jurnal kirib kelishiga bir turtki bo’ldi. Tizim oʻqituvchilarni qogʻoz ishlari, koʻplab hisobotlarni qoʻlda toʻldirish kabilardan xalos qildi va o’qituvchining vaqtni tejashga va oʻquvchilarga koʻproq eʼtibor qilishga yordam bermoqda.
Elektron jurnalning o‘qituvchilar uchun qulay tomonlari bisyor, masalan, bir o‘quvchi boshqa maktabga ko‘chayotganda reyting daftarchasini to‘ldirish, choraklik baholari va boshqa hujjatlarini hech qiyinchiliksiz topish imkoni bor. Chorak oxirida direktor o‘rinbosarlariga hisobot topshirish jarayonida sinf rahbarlarining ishi ham ancha yengillashdi
Kundalik oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun baholar va uy vazifalarini kecha-yu kunduz koʻrish imkoniyati ya’ni avval o’quvchi qaysi fandan nima vazifa berilganini esla olmay qiynalgan bo’lsa, hozirda bu muammo kundalikda bartaraf etilgan sababi o’quvchi xoxlagan vaqtida kundalik.com tizimiga o’z login va paroli yordamida kirib uy vazifasini ko’rish imkoniyati mavjud. Shu bilan bir qatorda samarali aloqa uchun xavfsiz tarmoq hisoblanadi ya’ni o’quvchi dars vaqtida mavzuni tushunmay qolgan va sinfdoshlaridan tortinib mavzuga doir savollari bilani ustoziga murojaat qila olmagan bo’lsa, o’zining savollarini o’qituvchiga tizim orqali bemalol yuborish imkoniyatini beradi va ushbu muloqotning xavfsizligi ta’minlangan bo’lib, begona shaxslarga ko’rinmaydi. Shu bilan bir qatorda asosiy qulayligi va xavfsizligi shundaki, har bir o’quvchi o’z baxosini faqatgina o’zi va unga biriktirilgan shaxs (ota-onasi yoki boshqa bir qarindoshi) ko’rish huquqiga ega bo’ladi.
Ota-onalar uchun taʼlim platformasida bolaning maktab hayoti haqida batafsil maʼlumotlar mavjud. Unda baholar va uy vazifalarini koʻrish, bolalar darslarga qanday borayotganligini bilib olish, oʻqituvchilar, maktab direktori va boshqa ota-onalar bilan oʻylantirgan mavzularni muhokama qilish mumkin. Ayni paytda ota-onalar uydan chiqishlari yoki ishdan chalgʻishlariga hojat yoʻq. Shunday qilib, ular oʻz farzandlarining oʻqish jarayonlarini yanada diqqat bilan kuzatib boradi va unda faol ishtirok etadi.
Kundalik tizimi har bir fan o’qituvchisidan juda kuchli ma’sulyatni talab qiladi, sababi o’qituvchi o’ziga biriktirilgan sinflariga o’z vaqtida uy vazifa bermasa yokida darsda javob bergan o’quvchilarni o’z vaqtida baxolab bormasa bu uning ko’rsatkich foizi pasayishiga olib keladi va bu o’zidan-o’zi maktabning ham ko’rsatkichi pasayishiga sabab bo’ladi. Bundan bilishimiz mumkinki, o’qituvchilarimizdan kuchli mas`ulyat va e’tiborni talab qiladi. Shu bilan bir qatorda eng muhim jihatlaridan biri, fan o’qituvchisi qo`ygan bahoni sinf rahbari o’zgartira olmaydi. Qog’oz jurnalda esa biz ba’zi hollarda shu muammolarga duch kelar edik. Elektron jurnal tufayli bu muammo ham o’z yechimini topdi.
Dostları ilə paylaş: |