O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə54/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146
Укув кулланма 2022

Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari


Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-
hodisalarning ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo‘lib, quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanishi mumkin: 1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
2. Mavjud ilmiy bilimlarni o‘zlashtirib olish jarayoni. 3. Fikrlash ko‘nikmasiga egalik.
4. Bilimlarni egallashga bo‘lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga kelib, uning negizida ilmiy qarash va e’tiqod yotadi.
Ilmiy qarash (yunoncha “idea” – g‘oya, tasavvur va tushunchalar yig‘indisi) muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o‘zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish ularda ixtirochilik ko‘nikmalarini shakllantirishga zamin yaratadi.
Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurni rivojlantiradi. Ilmiy tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisa va jarayonlarga ilmiy yondashuvni anglatadi.
E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin