Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko‘nikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni beradi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar bajariladi:
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik o‘yinlari, o‘quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko‘rik-tanlovlar, iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar, munozaralarni tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta’minlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.
Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi. “Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis olimi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘zRda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish Ijtimoiy-ekologik harakat g‘oyasi “O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi”da o‘z ifodasini topgan.
O‘quvchilarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr- muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong), atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
Dostları ilə paylaş: |