O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə67/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   146
Укув кулланма 2022

Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy- psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir
a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoadagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Norasmiy (mikro) guruhlar umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina o‘zini jamoa tarzida namoyon etadi.
Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat asosida tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabalarni qaror toptirishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga o‘qituvchiik rahbarlikning yo‘lga qo‘yilishidir.
Demak, jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa faoliyati oldinga qo‘yilgan maqsadni ifoda etadi. Jamoa a’zolari o‘rtasida qaror topgan o‘zaro birlik va ularning o‘zaro munosabatlari jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, yetakchilarga bo‘ysunish, jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashga zamin yaratadi.
Jamoa va uni shakllantirish o‘qituvchilik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Muhim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan sub’yektlarning namuna ko‘rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo‘lib, u yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash mumkin.
Jamoa tomonidan hal etilishi ko‘zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi.

Ta’lim muassasasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in – bu muayyan guruhlar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Guruh jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan guruh jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, guruhlar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Muassasa jamoasi ikki muhim bo‘g‘in – o‘qituvchilar jamoasi hamda o‘quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O‘quv yurtlari jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.


  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin