O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə65/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146
Укув кулланма 2022

Nazorat uchun savollar:


      1. Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni va metodlarini aytib bering.

      2. Ilmiy dunyoqarash tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

      3. Sharq mutafakkirlarining shaxs dunyoqarashini shakllantirish borasida qarashlardan namunalar keltiring.

      4. Aqliy tarbiya mohiyati nimalardan iborat?

      5. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishda qanday o‘rin tutadi?

      6. O‘quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko‘ratadi?

  1. Fuqarolik tushunchasining mazmunini sharhlang.

  2. Estetik tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat?

  3. Jismoniy tarbiya qanday vazifalarni hal qilishga yordam beradi?



  1. MAVZU: O‘QUVCHILAR JAMOASI – PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI

Reja:


    1. Jamoa haqida tushuncha

    2. Shaxsning jamoada qaror topishi

    3. O’quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari

    4. O’quvchilar jamoasiga pedagogik rahbarlik. Shaxsning jamoada qaror topishi



Tayanch iboralar!


Jamoa, o‘quvchilar jamoasi, Jamoa belgilari, mustaqil fikrlovchi erkin shaxs, o‘quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari, sinf rahbarning vazifalari.


1.Jamoa tushunchasi mohiyati. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin