O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Estetik tarbiyaning mazmuni. Estetik tarbiya



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə61/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146
Укув кулланма 2022

Estetik tarbiyaning mazmuni. Estetik tarbiya “badiiy tarbiya” sifatida ham qo‘llaniladi. Estetik tarbiya keng ma’noga ega bo‘lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki, hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va san’atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg‘ularni shakllantirishni nazarda tutadi.

Estetik tarbiya vazifalari quyidagilardan iboratdir:





Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari


Kishilar go‘zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun
hayajonlanish, qayg‘urish, darg‘azab bo‘lish, quvonish, zavqlanish kabi his-tuyg‘ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go‘zal hodisani idrok qilganidan zavq-shavqqa to‘ladi.
Nafosat haqidagi tushunchalarni o‘zlashtirib olish, ajaoyib san’at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o‘z fikr-mulohazalarini to‘g‘ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi.
Estetik did o‘z tabiatiga ko‘ra shaxsga xos bo‘lgan psixologik hodisadir. Ammo shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi bo‘lganligi uchun u go‘zallikni baholash mezonlarini puxta o‘zlashtira oladi. Estetik did shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’yektiv nafosat o‘lchovi bo‘lib, go‘zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda sub’yektiv yondashuvni ifodalaydigan did sanaladi. Xullas, maktab o‘quvchilari o‘rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Estetik tarbiya shaxsda go‘zallikni his qilish tuyg‘usini shakllanishiga yordam beradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo‘lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Estetik tarbiya axloqiy tarbiyani samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Estetikadan rohatlanishda faqat san’at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o‘rin tutadi.
Estetik bilimlar tanlovi, viktorina, bayram, ko‘rgazma va hokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini turli xil badiiy-ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar.
Estetik tarbiya shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda nafosat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalarga ega. Estetik tarbiyasi shaxsning estetik madaniyatini egallashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Jamiyat va ayrim shaxsning estetik madaniyati tushunchalari mavjud. Jamiyatning estetik madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanish tarixi jarayonida to‘plangan moddiy va ma’naviy qadriyatlari mazmuni tushuniladi. O‘quvchi shaxsining estetik madaniyati uning jamiyat madaniy me’rosini faol, ijodiy o‘zlashtirishi natijasida hosil bo‘ladi. Shaxsning go‘zallik bilan o‘zaro munosabati, shuningdek, shaxsning ayrim sifatlarini o‘zaro ta’siri natijasida estetik madaniyati doimo o‘zgarib turadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin